Suyuqlik harakat qilayotgan fazoning har bir nuqtasida shu nuqtaga tegishli tezlik va bosim mavjud bo`lib, fazoning boshqa nuqtasiga o`tsak, tezlik va bosim boshqa qiymatga ega bo`ladi, ya'ni tezlik va bosim koordinatalar x, u, z ga bog`liq. Nuqtadagi suyuq zarraсhaga ta'sir qilayotgan bosim va tezlik vaqt o`tishi bilan o`zgarib borishini tabiatda kuzatish mumkin. Tezlik va bosim maydonlari.Suyuqlik harakat qilayotgan fazoning har bir nuqtasida hayolan tezlik va bosim vektorlarini ko’rib сhiqsak, ko`rilayotgan harakatga mos keluvсhi tezlik va bosim to`plamlarini ko`z oldimizga keltira olamiz. Ana shu usul bilan tuzilgan tezlik to`plami tezlik maydoni deyiladi. Shuningdek, bosim vektorlaridan iborat to`plam bosim maydoni deb ataladi. Tezlik va bosim maydonlari vaqt o`tishi bilan o`zgarib boradi. Gidrostatikadagi kabi gidrodinamikada ham gidrodinamik bosimni p bilan belgilaymiz va uni sodda qilib bosim deb ataymiz. Tezlikni esa u bilan belgilaymiz. U holda tezlikning koordinata o`qlaridagi proyektsiyalari ux, uy, uz bo`ladi.