9-NI Mavzu: Sifat –so`z turkumi
O`quv materiali: Qishda (320-mashq)
Maqsad: O’quvchilarning to`liq qayta hikoyalash asosida rasm mazmunini yozma ifodalay bilish ko`nikmasini va savodxonligini aniqlash va kompetensiyalarini tekshirish.
Nazorat shakli: Insho
Reja: Qish faslida tabiatning ko‘rinishi.
Bolalar tabiat quchog‘ida.
Qish zavqi.
Tekshirilishi lozim bo‘lgan BKM elementlari: Bilim:
-matnda gaplarning mazmunan bog`lanishini;
-gapda so`zlarning mazmunan bog`lanishini;
-gapning bosh bo`laklarini;
-gapning ikkinchi darajali bo`laklarini;
-sifat so`z turkumini.
Ko`nikma:
-rasmdagi holatlarni to`liq ko`ra bilish va ularni zarur so`zlar va sifatlar asosida ifodalash;
- rasmdan foydalanib reja asosida tuzgan hikoyasini to’liq bayon etish;
- fikrini yozma ifodalashda gaplarni to’g’ri tuzish;
-gaplarda tinish belgilarini to`g`ri ishlatish;
-fikr ifodasida so`zlardan o`rinli foydalanish;
-gapda so`zlarni to`g`ri bog`lash;
- rejaga muvofiq fikrni xatboshidan yozish.
Malaka:
-reja va uning qismlarini to`g`ri joylashtirish;
-insho matnini husnixat bilan yozish.
10-NI Mavzu: Son – so`z turkumi
O`quv materiali: Sovuq sharbat ichmang Maqsad: O`quvchilarning son haqidagi bilim, ko`nikma va malakalarini aniqlash va kompetensiyalarini tekshirish.
Nazorat shakli: Saylanma diktant
Topshiriq: Sonlarni o`zi bog`langan so`z bilan yozing. Qavs ishida sonning ma`no turini yozing.
Sovuq sharbat ichmang Ikki o`rtoq - Shuhrat bilan Jasur dam olish kuni istirohat bog`iga bordi. Ular bir soat chamasi bog`ni tomosha qilishdi. U yoqdan bu yoqqa chopib o`ynashdi.
Shuhrat juda terlab ketdi. U yugurgancha borib ikki piyola muzdek sharbat olib ichdi.
Kechqurun Shuhratning hamma a`zosi titray boshladi. Keyin isitmasi chiqdi. Onasi tez yordam chaqirdi.Shifokor dori berdi.Shuhrat bir-ikki kun yotdi. Uchinchi kun maktabiga bordi. U o`rtoqlariga muzdek sharbat ichmaslikni maslahat berdi.