13-NI
Maqsad: O‘quvchilarning mavzu yuzasidan egallagan bilim, ko‘nikma, malaka va kompetensiyalarini aniqlash
Nazorat shakli: Yozma ish
Quyidagi kompetensiyalarni aniqlanadi.
I variant
1. Bo‘lishlarni bajaring: (haqiqiy va kompleks sonlar ustida amallarni bajarish kompetensiyasini shakllantirish)
600 : 30 800 : 200 270 : 30
2. Sekundlarda ifodalang: 1 min 15 s, 2 min, 2 min 20 s, 3 min 35 s, 5 min 45 s. (haqiqiy va kompleks sonlar ustida amallarni bajarish kompetensiyasini shakllantirish)
3. Kunduzi oddiy soatning kichik mili 3 dan biroz o‘tganini, katta mili esa 4 ni ko‘rsatmoqda. Shu vaqtni raqamli soat qanday ko‘rsatadi?
4. Amallarni bajaring: (haqiqiy va kompleks sonlar ustida amallarni bajarish kompetensiyasini shakllantirish)
540 : 60 + 800 : 400 900 : 30 – 630 : 90
5. 12 sm uzunlikdagi kesma chizing va uni butun kesma deb nomlang. Butun kesmadan 2 marta, 3 marta va 4 marta qisqa bo‘lgan kesmalar chizing. Hosil bo‘lgan bu kesmalar butun kesmaga nisbatan qanday nomlanadi?
6. Tikuvchilik firmasida bir kunda 750 ta ko‘ylak, undan 25 marta kam kastum, kastumdan 50 marta ortiq paypoq tikildi. Tikuvchilik firmasida bir kunda nechta paypoq tikilgan? (mantiqiy tahlil vamatematik bilimlarini amaliyotda qo‘llay olish kompetensiyasini shakllantirish)
II variant
1. Bo‘lishlarni bajaring: (haqiqiy va kompleks sonlar ustida amallarni bajarish ompetensiyasini shakllantirish)
400 : 20 600 : 300 320 : 40
2. Sekundlarda ifodalang: 1 min 45 s, 2 min 35 s, 3 min, 3 min 15 s, 6 min 35 s.
3. Kunduzi oddiy soatning kichik mili 2 ga yaqin qolganini, katta mili esa 9 ni ko‘rsatmoqda. Shu vaqtni raqamli soat qanday ko‘rsatadi? (mantiqiy tahlil va amaliyotda qo‘llay olish kompetensiyasini shakllantirish)
4. Amallarni bajaring: (haqiqiy va kompleks sonlar ustida amallarni bajarish kompetensiyasini shakllantirish)
480 : 40 + 600 : 200 800 : 80 – 560 : 70
5. 8 sm uzunlikdagi kesma chizing va uni butun kesma deb nomlang. Butun kesmadan 2 marta va 4 marta qisqa bo‘lgan kesmalar chizing. Hosil bo‘lgan bu kesmalar butun kesmaga nisbatan qanday nomlanadi?
6. Do‘konda bir kunda 250 kg un, undan 5 marta kam guruch, guruchdan 10 marta ortiq go‘sht sotildi. Do‘konda bir kunda necha kilogramm go‘sht sotilgan? (mantiqiy tahlil va amaliyotda qo‘llay olish kompetensiyasini shakllantirish)
Dostları ilə paylaş: |