I-chorak
1-NI
Mavzu: Tovushlar va harflar. Bo`g`in. So`z. Gap.
Maqsad: Ikkinchi sinfda o’tilgan mavzular bo’yicha bilim, ko’nikma, malaka va kompentensiyalarni aniqlash
Nazorat shakli: Diktant
Yordamchilar
Yozgi ta’til kunlari edi. Ravshan bilan Oydin dala shiyponiga kelishdi. Dalada ish qizg’in, hamma g’o’za parvarishi bilan band edi. Oydin shiyponni supurdi, Ravshan suv sepdi. Ular ovqat tayyorlashda oshpazga yordam berdilar.Tushlik boshlandi. Hamma ulardan hursand bo’ldi.(38 so’z)
2-NI
Mavzu: Undosh tovush va harflarni, tutuq belgisi
Maqsad: O’quvchilarning undosh tovush va harflar, tutuq belgisi, tutuq belgili so`zlarning imlosi yuzasidan bilim, ko’nikma, malaka va kompentensiyalarini aniqlash
Nazorat shakli: Diktant
Ra’no Miraziz A`zamning “Saylanma“ nomli to`plamini sotib oldi. Kitobdagi she’r va rivoyatlarni o`qidi. Ra’no yong`oq haqidagi she’rlarni yodlab oldi. Yodlagan she’rlarini baland ovozda Ma`mura va Jur`atga aytib berdi. Ular ham kitobni o`qish o`qishga qiziqib qolishdi. Ra’no kitobni keltirib berishga va`da berdi.
Dostları ilə paylaş: |