• Boshlayotgan ishingiz sizning qiziqishlaringizga bog‘liq bo‘lgani
yoki ularning
davomchisi bo‘lgan bilimlaringiz saviyasiga mos kelgani yaxshi.
Biznes-reja – tadbirkorlik faoliyatini boshlashdan avval uning tavsifi, faoliyat
davri, ko‘zda tutilayotgan sarf-xarajat va kutilayotgan foyda kabi muhim jihatlari
bayon etilgan tashkiliy-iqtisodiy tavsifdagi hujjat. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki,
biznes-reja har qanday tadbirkorlik faoliyati uchun muhim va zarurdir. Agar
tadbirkor o‘z faoliyatini biznes-rejasiz boshlasa, mo‘ljallangan maqsadga erisha
olmasligi mumkin. Biznes-reja tadbirkorlik faoliyatining xaritasi hisoblanib, uning
aniq maqsadi, yo‘nalishlari va asosiy bosqichlarini belgilab beradi.
Tadbirkorlik
faoliyati boshlanganidan keyin olingan natijalar reja bilan solishtirib boriladi,
mavjud muammolar aniqlanadi. Aks holda, tadbirkorlik faoliyatini boshqarish
qiyinlashib ketadi.
Biznes-reja tuzish uning
ishtirokchilaridan katta bilim, faoliyatga oid
ma’lumotlar, yangi texnologiyalar va bozorlarni bilishni talab etadi. Biznes-reja
tuzishda barcha jihatlarni e’tiborga olmaslik yoki ayrim kamchiliklarni yashirish
hisob-kitob ishlarini chalkashtiradi. Bu esa korxona faoliyatini
izdan chiqarishi
yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shu sababli biznes-reja tuzishda malakali
mutaxassislar, masalan, huquqshunoslar, iqtisodchilar,
buxgalterlar, texnologlar
xizmatlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Nazorat savollari:
1.Tаdbirkоrlik g‘оyasi, uning tаvsifi, mаzmuni.
2.Tаdbirkоrlik g‘оyasi mаnbаlаri.
3. Biznеs-rеjаning mоhiyati, mаzmuni.
9.Mavzu:Biznes-rejani ishlab chiqish.
Reja: 1.Tadbirkorlikda biznes rejaning ahamiyati.
2.Tadbirkorlikni biznes rejaga asoslanib tashkil etish.
3.Biznes rejaning vazifasi.
Oldingi mavzulardan ma’lum bo‘ldiki, tadbirkorlik faoliyati muayyan
darajada tavakkalchilik, risk bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra,
tadbirkordan biron-bir
xo‘jalik qarori qabul qilish, masalan, bankdan kredit olish, asbob-uskuna, moddiy
resurslarni sotib olishdan oldin uni har tomonlama, puxta o‘ylab ko‘rish, tegishli
hisob-kitob ishlarini amalga oshirish talab etiladi. Odatda, bunday hisob-kitob
qilish, ma’lum chora-tadbirlarni amalga oshirish ketma-ketligini
belgilab olish
jarayoni biznesni rejalashtirish deb ataladi. Biznesni rejalashtirish natijasida
tayyorlangan tashkiliy-iqtisodiy tavsifdagi hujjat biznes-reja deb nomlanadi.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, biznes-reja har qanday tadbirkorlik faoliyati
uchun muhim va zarurdir. Agar tadbirkor o‘z faoliyatini biznesrejasiz boshlasa,
mo‘ljallangan maqsadga erisha olmasligi mumkin.
Biznes-reja tadbirkorlik
faoliyatining xaritasi hisoblanib, uning aniq maqsadi, yo‘nalishlari va asosiy
bosqichlarini belgilab beradi. Tadbirkorlik faoliyati boshlanganidan keyin olingan
natijalar reja bilan solishtirib boriladi, mavjud muammolar aniqlanadi. Aks holda,
tadbirkorlik faoliyatini boshqarish qiyinlashib ketadi.
Biznes-reja tuzish uning
ishtirokchilaridan katta bilim, faoliyatga oid ma’lumotlar, yangi texnologiyalar va
bozorlarni bilishni talab etadi. Biznes-reja tuzishda barcha jihatlarni e’tiborga
olmaslik yoki ayrim kam chiliklarni yashirish hisob-kitob ishlarini chalkashtiradi.
Bu esa korxona faoliyatini izdan chiqarishi yoki salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Shu sababli biznes-reja tuzishda malakali mutaxassislar, masalan, huquqshunoslar,
iqtisodchilar, buxgalterlar, texnologlar xizmatlaridan foydalanish maqsadga
muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: