Tadbirkorlik g‘oyasi
— bu odam (bir nechta shaxs)ning yoki
tashkilotning o‘z atrofida (bozorda, ular yashaydigan jamoa)
aniqlangan bir
muammoni original usulda yechish yoki anglangan ehtiyojlarni qondirish
zaruratiga javob reaksiyasidir.
Tadbirkorlik g‘oyasi
— bu odamning o‘z oldiga
qo‘ygan maqsadiga
eltuvchi fikrlar jamlanmasidir, ya’ni strategiyani amalga
oshirishdagi taktik harakatlarning yig‘indisi bo‘lib hisoblanadi. Hayotda har bir
kishining qandaydir maqsadi bo‘ladi. Insonlar ko‘proq
yaxshi yashashni, maqbul
joylarda ishlashni va badavlat bo‘lishni orzu qilishadi. Maqsadlarga erishishda,
asosan, boylik ham muhim ahamiyat kasb etganligi bois
har bir kishi turli xil
faoliyat yuritish bilan unga erishishga harakat qiladi. Insonni o‘z maqsadiga
erishishida eng maqbul yo‘lni tanlay bilishi (o‘qituvchi, muhandis, sotuvchi) ham
tadbirkorlikning bir ko‘rinishidir. Chunki bu bilan u o‘ziga eng qulay bo‘lgan
daromad topish yo‘lini izlaydi. Buni insonning hayotda o‘z yo‘lini tanlay bilishi
bilan bog‘lash mumkin. Shuning uchun tadbirkorlik —
bu aynan savdodagi
faoliyat emas, balki davlatning soliq yukini kamaytirish yo‘li orqali soliq
to‘lovchilar sonini yanada ko‘paytirishga erishishi,
korxona rahbari xodimlar
holatiga qarab, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirishi natijasida samaradorlikni
oshirishi, «Spark» rusumli avtomashinaning egasi mashinani gazlashtirishi kabilar
ham o‘z kasb sohasidagi tadbirkorlik shakli bo‘lib hisoblanadi. Inson qaysi sohada
bo‘lmasin, yaxshi natijaga erishishi uchun, avvalo, unda g‘oya bo‘lishi lozim.
Yaxshi tadbirkorlik g‘oyasi — bu muvaffaqiyatli korxona tashkil etishning muhim
tarkibiy qismi, aniqrog‘i, dastlabki bosqichi. Yaxshi tadbirkorlik g‘oyalari, odatda,
o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi.
Aksincha, ular mashaqqatli mehnat, tinimsiz
harakatlar va, hattoki, tadbirkor tomonidan g‘oyalarni
yaratishda, ochilayotgan
imkoniyatlarni aniqlash va baholashda ijodkorlik namoyish etilishining natijasidir.
Har bir ishning asosida g‘oya yotadi. Yaxshi tadbirkorlik g‘oyasi
muvaffaqiyatli biznes tuzish va keyingi raqobatbardoshlikda juda muhim
hisoblanadi. Yaxshi g‘oyalarni izlash — tadbirkorning
orzulari va ijodiy
salohiyatini real gullab-yashnaydigan biznesga tatbiq etish yo‘lidagi dastlabki
qadam.
Dostları ilə paylaş: