1. Оilаviy tаdbirkоrlik mаzmuni vа mоhiyati.
2. Оilаviy tаdbirkоrlik shаkllаri vа хususiyatlаri.
3. Оilаviy kоrхоnа vа uning хususiyatlаri.
6.Mavzu:Yoshlаr tаdbirkоrligi va klasterlar
Reja:
1.Yoshlаr tаdbirkоrligining аhаmiyati vа zаrurligi.
2.Yoshlаr tаdbirkоrligining rivоjlаntirish tаdbirlаri.
3.Yoshlаr tаdbirkоrligi klаstеrlаri.
4.Klаstеrlаr fаоliyatining mоliyalаshtirish mаnbаlаri.
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish chora-tadbirlari
. Tadbirkorlik
faoliyati bilan, yoshidan qat’iy nazar, muomala layoqatiga ega bo‘lgan barcha
fuqarolar shug‘ullanishi mumkin. Biroq, shu bilan birga, davlat imkon qadar
yoshlarning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishini rag‘batlantirish va qo‘llab-
quvvatlashga harakat qiladi. Chunki yoshlar jamiyatning katta kuch va g‘ayrat
sarflashga qodir, harakatchan, barcha yangi hodisalarni tez qabul qiluvchi va
o‘zlashtiruvchi faol qismi hisoblanadi. Yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish
mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlar bandligini ta’minlash, yangi
ish o‘rinlari tashkil etishga imkon yaratadi. Shuningdek, tadbirkor yoshlar safining
kengayishi milliy iqtisodiyotni innovatsion rivojlanish yo‘lidan borishini
ta’minlaydi. Bu esa yosh, tashabbuskor, yangicha fikrlaydigan tadbirkorlar
avlodini shakllantirishni taqozo etadi.
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishda
Prezidentimizning «Ta’lim
muassasalari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasidagi
qo‘shimcha choratadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni va «O‘zbekiston Respublikasida
yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori muhim o‘rin tutadi. Yoshlar tadbirkorligi ko‘lamini
yanada kengaytirish borasida quyidagi chora-tadbirlar majmuyi amalga oshiriladi:
– yoshlar o‘rtasida tadbirkorlik faoliyatini ommalashtirish; – ularni tadbirkorlikka
ommaviy jalb etish; – biznes yuritish malakasini shakllantirish; – biznes
g‘oyalarini moliyalashtirish; – bozordagi faoliyatini olib borishda har jihatdan
ko‘maklashish.
Dostları ilə paylaş: