Nаzоrаt sаvоllаri .
1. Kichik biznеs vа tаdbirkоrlik tushunchаlаri, ulаrning mоhiyati vа
mаzmunini tushuntirib bеring.
2. Kichik biznеs vа tаdbirkоrlik fаоliyatining iqtisоdiy аsоslаri nimаlаrdаn
ibоrаt?
3. Kichik biznеs vа tаdbirkоrlik muhiti vа ungа tа’sir etuvchi оmillаr.
4. Kichik biznеs vа tаdbirkоrlik fаоliyatini rivоjlаntirishning mаqsаdi vа
vаzifаlаri nimаlаrdаn ibоrаt?
5. Kichik biznеs vа tаdbirkоrlikni iqtisоdiyotdа tutgаn o‘rni qаndаy?
6. O‘zbеkistоndа kichik biznеs vа tаdbirkоrlik fаоliyatini rivоjlаntirish
yo‘nаlishlаri hаqidа gаpirib bеring.
5.Mavzu:Оilаviy tаdbirkоrlik Reja: 1. Оilаviy tаdbirkоrlik mаzmuni vа mоhiyati.
2. Оilаviy tаdbirkоrlik shаkllаri vа хususiyatlаri.
3. Оilаviy kоrхоnа vа uning хususiyatlаri.
Oilaviy
tadbirkorlik
mazmuni
va
mohiyati.
Yakka
tartibdagi
tadbirkorlikning ayrim kamchiliklarini oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanish
orqali hal etishingiz mumkin.
Oilaviy tadbirkorlik – oila a’zolari va ularning yaqin qarindoshlari
tomonidan tashkil etiladigan tadbirkorlik faoliyatidir. O‘z faoliyatingizni oilaviy
tadbirkorlik shaklida tashkil etish siz uchun maqbul tanlov hisoblanadi. Chunki,
oilaviy tadbirkorlikni tashkil etish orqali o‘zingiz yashab turgan hududda faoliyat
yuritishingiz hamda ishlab chiqarilgan mahsulotni shu joyning o‘zida sotishingiz
mumkin. Bunda siz o‘z turar joyingizni yashash uchun mo‘ljallanmagan joyga
aylantirishingiz shart emas. Shuningdek, siz tadbirkorlik faoliyatini o‘z uyingizda
tashkil etsangiz, elektr energiyasi, suv ta’minoti, kanalizatsiya, gaz ta’minoti va
issiqlik ta’minoti kabi kommunal xizmatlar haqini aholi uchun belgilangan
tariflarda to‘lashingiz mumkin. Bu esa, boshqa shakldagi korxonalarga nisbatan
yengillik va katta imtiyoz demakdir.