O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar


O‘zini o‘zi band qilishning quyidagi foydali jihatlari bo‘lib



Yüklə 13,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/199
tarix30.09.2023
ölçüsü13,91 Mb.
#150571
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   199
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova

O‘zini o‘zi band qilishning quyidagi foydali jihatlari bo‘lib
:
1. Uydan ishlashning qonuniy imkoniyati. O‘zini o‘zi band qilganlar soliq 
tekshiruvlari, jarimalar va noqonuniy tadbirkorlik faoliyati bo‘yicha ayblovlardan 
qo‘rqmasliklari mumkin.
2. Tasdiqlangan ish staji va pensiya. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning ish staji 
ketaveradi, shuning uchun keksalikda kafolatlangan pensiya ta’minoti bilan 
ta’minlanadi.
3. Rasmiy daromad. Iste’mol kreditlari, imtiyozli qarzlar olish, shuningdek, soliq 
imtiyozlarini qo‘llash mumkin.
4. Minimal soliq. Daromad solig‘i yoki boshqa yig‘imlar yo‘q. Bir yilda BHMning 
1 baravari miqdorida ijtimoiy soliq to‘lash kifoya.
5. O‘ziga o‘zi xo‘jayin. O‘zini o‘zi band qiluvchilar uchun mehnat shartnomasi, 
rahbar va qat’iy ish jadvali yo‘q. Sevimli ish bilan xohlagan vaqtda shug‘ullanish 
va bundan qonuniy daromad olish mumkin.
6. Mijozlar bazasini kengaytirish. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar yuridik 
shaxslardan pul o‘tkazish yo‘li bilan to‘lovlarni qabul qilish uchun bankda 
osongina hisob raqam ochishlari mumkin. Bundan tashqari, davlat ro‘yxatidan 
o‘tkazilganlik sheriklar orasida ishonchni uyg‘otadi.


7. Minimal hujjatlar. O‘zini o‘zi band qilganlar yakka tartibdagi tadbirkorlar 
singari buxgalteriya hisobini yuritish, hisobot yuborish yoki soliq deklaratsiyasini 
topshirishlari shart emas. Daromad va xarajatlarni ixtiyoriy ravishda Soliq 
ilovasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatib borishlari mumkin.
O‘zini o‘zi band qiluvchilar hech qanday sug‘urta va boshqa yig‘imlarni 
to‘lamaydilar. Muhim: o‘zini o‘zi band qilganlarning ruxsat berilgan faoliyat 
turlari ro‘yxatidagi faoliyatdan olingan daromadlarigina jismoniy shaxslarning 
daromad solig‘i to‘lashdan ozod qilinadi. Agarda daromad boshqa faoliyat turidan 
olingan bo‘lsa, ulardan jismoniy shaxslarning daromad solig‘i to‘lash kerak 
bo‘ladi. Tovar yoki xizmatlar uchun to‘lovlarni qanday ko‘rinishda qabul qilish 
mumkin? O‘zini o‘zi band qilganlar to‘lovlarni har qanday ko‘rinishda: naqd, 
terminal yoki bank o‘tkazmalari orqali qabul qilishlari mumkin. Terminalni 
bankdan ijaraga olish mumkin. Bankda hisob raqami ochish va yuridik shaxslar 
bilan pul o‘tkazish yo‘li bilan ishlash mumkin. O‘zini o‘zi band qilganlarda oylik 
yoki yillik daromad bo‘yicha hech qanday cheklovlar mavjud emas.
O‘zini o‘zi band qilish maqomini qanday olish mumkin?
O‘zini o‘zi band qilish uchun to‘lov yo‘q. Buning uchun ikki yo‘l bilan ro‘yxatdan 
o‘tish mumkin:

Tuman soliq inspeksiyasiga murojaat qilinsa, xodim anketa to‘ldiradi;

soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti yoki davlat soliq qo‘mitasining
Soliq mobil ilovasi orqali mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tishi mumkin. 
Cheklanmagan muddatga ro‘yxatdan o‘tiladi. Anketalar to‘ldirilganidan keyin 
o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida QRkodli 
ma’lumotnoma beriladi. Shu yerning o‘zidan ijtimoiy soliqni ham to‘lash mumkin, 
buning uchun plastik kartochkasi hisob raqami va amal qilish muddatini kiritish 
kifoya.
O‘zini o‘zi band qiladigan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagilarni 
amalga oshiring:

Davlat soliq qo‘mitasining “Soliq” mobil ilovasini yuklang va o‘rnatib oling;

O‘zini o‘zi band qilish bo‘limiga o‘ting;

JShShIR (PINFL) raqamini (pasportdagi 14 raqam) va telefon raqamingizni 
kiriting;

Telefon raqamingizga kelgan tasdiqlash kodini kiriting va tasdiqlash tugmasini 
bosing;

Faoliyat turini qo‘shing;

Faoliyat joyini tanlang va ro‘yxatdan o‘tish tugmasini bosing;

QR kodingizni yuklab oling.

O‘zini o‘zi band qilganlarga nima mumkin, nima mumkin emas? O‘zini o‘zi 
band qilganlar quyidagilarni qilishlari mumkin:

ro‘yxatdagi bir yoki bir nechta faoliyat turlari bilan shug‘ullanish;

ishni faqat mustaqil ravishda bajarish;

naqd, terminal va pul o‘tkazmasi orqali to‘lovni qabul qilish;

jismoniy va yuridik shaxslar bilan faqat bir martalik ish yoki xizmatlarni bajarish 
uchun ishlash;



mijoz bilan og‘zaki yoki yozma shartnoma tuzish; 

chet ellik buyurtmachilar bilan shartnoma tuzmasdan ishlash

norezidentlardan chet el valyutasida ishlar uchun to‘lovni qabul qilish. 
Quyidagilar o‘zini o‘zi band qilganlarga mumkin emas: ruxsat berilgan faoliyat 
turlari ro‘yxatida ko‘rsatilmagan faoliyat bilan shug‘ullanish; yakka tartibdagi 
tadbirkor bo‘lish; o‘z faoliyat turi bo‘yicha kimningdir qo‘lida ishlash; xodimlar 
yollash; jismoniy va yuridik shaxslarga katta hajmli ish yoki xizmatni uzoq muddat 
davomida ko‘rsatish. O‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shartnoma asosida 
tashkilotlar (yuridik shaxslar)ga bir martalik xizmatlar ko‘rsatishi mumkin. 
Ko‘rsatilgan xizmat evaziga to‘langan haq hisobidan soliq to‘lanmaydi. O‘zini o‘zi 
band qiladigan shaxslar “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida kreditlar olishi 
mumkin. Ushbu dastur doirasida kreditlar
Agrobank, Mikrokreditbank, Xalqbanki tomonidan ajratiladi. Kreditning asosiy 
shartlari:

Summasi: - ta’minotsiz BHMning 150 barobarigacha, - ta’minot bilan BHMning 
1000 barobarigacha, (bunda, bankdan hisobraqam ochish zarur);

Muddati: 3 yil, 6 oy imtiyozli davr bilan 

Foizi: 14% (Markaziy bankning asosiy 
stavkasi miqdorida) Zarur hujjatlar:

Ariza; 

Pasport nusxasi;

Hududlarni 
ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish 
bo‘yicha 
sektor 
rahbari 
tavsiyanomasi; 

Tuman oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazi 
xulosasi;

Mahsulot yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnoma.
Agar o‘zini o‘zi band qilgan shaxs mehnat faoliyatini tugatmoqchi bo‘lsa, 
oldindan davlat soliq xizmati organiga faoliyatni to‘xtatish to‘g‘risidagi 
bildirishnomani «SOLIQ» maxsus mobil ilovasi yoki shaxsiy kabinet orqali 
yuborishi lozim. Demak, ushbu ishlar nafaqat yoshlar va xotin qizlar balki aholini 
tadbirkorlikka o‘rgatish, kasbiy malakasini oshirish orqali kambag‘allikni 
kamaytirishga va axolining uz uzini bandligi ta’minlash xamda iktisodiy 
yuksalishga qaratilgandir. 
Nazxorat savollari: 
1.Oʻzini oʻzi band qilish faoliyati va uning imkoniyatlari. . 
2.Oʻz oʻzini band qilish faoliyat yoʻnalishlari.
3.Oʻzini oʻzi band qilish faoliyatini roʻyxatdan oʻtkazish tartibi.

Yüklə 13,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin