O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar



Yüklə 13,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/199
tarix30.09.2023
ölçüsü13,91 Mb.
#150571
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   199
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova

To‘g‘ri soliqlar
to‘g‘ridan to‘g‘ri daromadga va mol mulkka qaratiladi- 
soliqqa tortishning bevosita shakli.
Egri soliqlar
– tovarning bahosida to‘lanadigan yoki tarifga kiritiladigan 
tovarlar va xizmatlardan olinadi- soliqqa tortishning bilvosita shakli. Tovar va 
xizmatlarning ularni sotishda soliq summаlarini olib, ularni davlatga o‘tkazadi. 
To‘g‘ri soliqlarga tortishda mablag‘larning safarbar qilinishi yangi qiymatni 
taqsimlash payitida boshlanadi. Davlat daromad olingan paytdayoq uning bir 
qismiga o‘z huquqlarini da’vo qiladi. Soliq to‘lovchining daromadi va uning mol 
mulkining qiumati to‘g‘ri soliqlar ob’yekti bo‘ladi. Soliqqa tortishning bu shakli 
egri soliqlarga nisbatan birmuncha progressivdir, chunki u soliq to‘lovchining 
daromadliligini , oilaviy ahvolini hisobga oladi, soliq daromadni olish bosqichida 
undiriladi. Bundan tashqari , to‘g‘ri soliqlarga tortishda soliq to‘lovchi o‘z 
solig‘ining summasini aniq biladi. Egri soliqlar bahoga yoki tarifga ustama sifatida 
belgilanadigan tovarlar va xizmatlardan olinadigan soliqlardir. Egri soliqlarga 
tortishda davlat tovar yoki xizmatlarning sotilishi payitida ushbu qiymatning bir 
qismiga o‘z huquqlarini da’vo qilish bilan aslida yangi qiymatning 
taqsimlanishining ishtirokchisi bo‘lib qoladi. Egri soliqlar to‘g‘ri soliqlardan farqli 
ravishda , to‘lovchining daromadi yoki mol mulki bilan bevosita bogliq bo‘lmaydi. 
Tovarlar odatda, shaxsiy iste’mol tovarlari, shuningdek, xizmat ko‘rsatish 
sohasining ( sartaroshhonalar, hammomlar, kimyoviy tozalash xizmatlari) pullik 
aylanmasi, tomosha ko‘rsatadigan va transport korxonalarining pattalari va shu 
kabilar soliqqa tortish ob’yekti bo‘ladi. Egri soliqlarga tortiladigan tovarlar va 
xizmatlar soni muntazam kengayib bormoqda. Xaridor – iste’molchi egri 
soliqlarning to‘livchisi bo‘ladi. Tovarning sohibi yoki xizmatlar ko‘rsatadigan 
shaxs aslida soliqni yig‘uvchi hisoblanadi.

Yüklə 13,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin