O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar



Yüklə 13,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə168/199
tarix30.09.2023
ölçüsü13,91 Mb.
#150571
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   199
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova

Yuridik shaxslar uchun
“Oilakredit”- oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish 
portaliga kirish uchun internet brauzerining izlash qatoriga https://oilakredit.uz/ 
manzili kiritiladi va “Enter” tugmasi bosiladi. Portalning bosh menyusi yordamida 
undagi ma’lumotlar bilan tanishish mumkin. Ariza berish tizimiga o‘tish portalning 
quyi qismida joylashgan “Ariza to‘ldirish” tugmasini bosish orqali amalga 
oshiriladi. Ushbu amal bajarilganda “Ariza beruvchining shaxsiy ma’lumotlarini 
kiritish” oynasi ochiladi. Yuridik shaxs uchun. 1.1.1. Ariza beruvchi haqida 
umumiy ma’lumotlarni kiritish 1. Ariza beruvchi turi tanlanadi – “Yuridik shaxs” 
(rasmda 2 raqami bilan ko‘rsatilgan); 2. Arizachi beruvchining STIR raqami 
kiritiladi; STIR - Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami 9 raqamdan iborat 
bo‘ladi. (rasmda 3 raqami bilan ko‘rsatilgan). 3. Guvohnoma sanasi kiritiladi. 
(rasmda 4 raqami bilan ko‘rsatilgan). 4. Yuridik shaxs (tashkilotning) nomi va 
uning manzili avtomatik tarzda tizim tomonidan olinadi (rasmda 5 va 6 raqamlar 
bilan ko‘rsatilgan); 5. Qonun doirasida shaxsga doir ma’lumotlardan foydalanishga 
ruxsat beriladi (rasmda 7 raqami bilan ko‘rsatilgan); Diqqat! Barcha ma’lumotlar 
kiritilgach tizim bilan ishlashni davom ettirish uchun shaxsga doir ma’lumotlardan 
foydalanish va ishlov berishga ruxsat berilishi shart. Agar shaxsga doir 
ma’lumotlarga ishlov berishga ruxsat berilmasa, tizimning keyingi bo‘limlari bilan 
ishlashga o‘tib bo‘lmaydi. 6. Barcha ma’lumotlar maydonlari to‘ldirilgach “Davom 
ettirish” tugmachasini bosib (rasmda 8 raqami bilan ko‘rsatilgan) keyingi, 
“Yashash manzili” bo‘limiga o‘tiladi. Arizachining yashash manzili haqidagi 
ma’lumotlarni kiritish. Ushbu bo‘limda ariza beruvchining yuridik manziliga doir 
ma’lumotlar kiritiladi. 1. Manzil berilgan ro‘yxatdan tanlanadi. Ro‘yxat 
sichqoncha (klaviatura) yordamida maydonchaning o‘ng tomonidagi ko‘rsatkich 
(strelka) belgisiga bosish orqali ochiladi. “Yuridik manzildan” – ariza 
beruvchining yuridik manzili varianti tanlanganda viloyat nomi tizim tomonidan 
ariza beruvchining yuridik manzili bo‘yicha chiqariladi, ro‘yxat ochilmaydi. 
Tuman, mahalla va ko‘cha nomlarini ariza beruvchining o‘zi to‘ldiradi. “Boshqa 
manzildan” – masalan ariza beruvchining Toshkent shahrida yashab turgan manzili 
ko‘rsatiladi. 2. Bu holda ro‘yxatdan yashaydigan viloyat, tuman, mahalla va ko‘cha 
tanlanadi (kiritiladi). 3. Uy raqami qo‘ldan kiritiladi. Agar ariza beruvchining 
ko‘chasi nomi ro‘yxatda bo‘lmasa “Ko‘cha” maydonchasidagi ro‘yxatdan 
“Boshqa” varianti tanlanadi va qo‘shimcha ravishda ochilgan “Ko‘cha nomini 
kiritish” oynasiga ko‘cha nomi va undan keyin uy raqami qo‘ldan kiritiladi. 4. 
“To‘liq manzil” kiritilgan ma’lumotlar asosida tizim tomonidan avtomatik tarzda 
shakllantiriladi. 5. Barcha ma’lumotlar kiritilgach va tekshirilgach telefon raqami 
kodi bilan kiritiladi va “Davom ettirish” tugmasi bosiladi. Telefon raqamiga 
Arizachiga shaxsiy ma’lumotlarni tasdiqlash uchun tizim tomonidan kod 
jo‘natiladi. “Tasdiqlash kodi” maydoniga telefonga kelgan kodni kiritib, “Davom 


ettirish” tugmachasini bosish orqali keyingi bosqichga o‘tiladi. 1.1.2. Tadbirkorlik 
faoliyatini tashkil qilish va kutiladigan xarajatlarni kiritish
1. Ro‘yxatdan moliyalashtiruvchi bank tanlanadi;
2. Ro‘yxatdan moliyalashtiruvchi bank filiali tanlanadi;
3. Ro‘yxatdan faoliyat yo‘nalishi tanlanadi;
4. Ro‘yxatdan faoliyat maqsadi tanlanadi;
5. Ro‘yxatdan faoliyat dasturi tanlanadi;
6. Kredit hajmi avtomatik tarzda belgilanadi;
7. Qaytarish muddati avtomatik tarzda belgilanadi.
Kredit mablag‘i hisobidan qilinadigan xarajatlar quyidagi tartibda kiritiladi:
1. Xarajat turi, o‘lchov birligi ro‘yxatdan tanlanadi.
2. Miqdori, bahosi strelkalar yordamida yoki qo‘ldan kiritiladi
3. Summasi avtomatik tarzda hisoblanadi.
4. Ma’lumotlarni o‘chirish “O‘chirish” tugmasi yordamida amalga 
oshiriladi. Ma’lumotlar tekshirib ko‘rilib “Davom ettirish” tugmasi bosiladi. 
Faoliyat davomida kutiladigan daromadlar.
1. Faoliyat davomida kutiladigan daromadlar turi, o‘lchov birligi ro‘yxatdan 
tanlab kiritiladi;
2. Kutiladigan daromad miqdori va summasi ro‘yxatdan tanlab kiritiladi 
yoki qo‘ldan kiritish mumkin. Kutiladigan daromad miqdori ko‘rsatkichlari yillar 
bo‘yicha (jadvalda oylar bo‘yicha taqsimlangan – 1-12 oy birinchi yil, 13-24 
ikkinchi yil va h.k.) kiritiladi. Kiritilgan ma’lumotlarni o‘chirish uchun “O‘chirish” 
ustunidagi korzinka belgisidan foydalaniladi. Agar kiritiladigan ma’lumot 
ro‘yxatda bo‘lmasa “Boshqa” varianti tanlanib ma’lumot qo‘ldan kiritiladi. 1.1.3. 
Yaratiladigan ish o‘rinlari. Ma’lumot kiritish tartibi oldingi bo‘limlardagidek. 1. 
Yaratiladigan lavozim turi ro‘yxatdan tanlanadi. 2. Yaratiladigan lavozimlar soni, 
oylik ish haqi miqdorini ro‘yxatdan tanlash yoki qo‘ldan kiritish mumkin. 3. 
Yaratiladigan yangi ish o‘rinlari ham yillar (jadvalda yillar oylar soni bilan 
ko‘rsatilgan) bo‘yicha kiritiladi. Keyingi yillarga faqat yangidan yaratiladigan ish 
o‘rinlari va ularning oylik ish haqidagi ma’lumotlargina kiritiladi. 4. Kiritilgan 
ma’lumotlarni o‘chirish uchun “O‘chirish” ustunidagi korzinka belgisidan 
foydalaniladi. Agar kiritiladigan ma’lumot ro‘yxatda bo‘lmasa “Boshqa” varianti 
tanlanib ma’lumot qo‘ldan kiritiladi. Garov ta’minoti Garov ta’minotida “3-shaxs 
kafilligi”, “Sug‘urta polisi”, “Avtotransport”, “Ko‘chmas mulk”, “TFQQD 
jamg‘armasi kafilligi”, “Boshqa ta’minot turi”ning soni va summasini schetchik 
yordamida (strelkalar) yoki qo‘ldan kiritiladi. Ularning umumiy soni va summasi 
avtomatik tarzda hisoblanadi. Diqqat! Jadvalda berilgan barcha ustunlarning 
to‘ldirishi shart emas. Ariza beruvchi garov ta’minotiga taklif qilayotganlargina 
haqida ma’lumot kiritiladi. Bu jadvalning barcha ustunlarini to‘ldirmay yoki 
“nomigagina” to‘ldirib ketish mumkin emas. Arizaning ijobiy hal qilinishi uchun 
imkon qadar to‘liq va batafsil ma’lumot berish lozim. Ariza beruvchi tomonidan 
berilgan ma’lumotlar tizim tomonidan Hokim yordamchisiga va sektor rahbariga 
yo‘naltiriladi. Ular tomonidan ma’lumotlar tahlil qilinadi, shu jumladan Hokim 
yordamchisi ma’lumotlarni joyiga borib o‘rganadi. Zarurat bo‘lganda 
ma’lumotlarni to‘ldirishni, o‘zgartirishni so‘rashlari mumkin. Shundan keyingina 


imtiyozli kredit ajratish to‘g‘risida xulosa va tavsiya shakllantiriladi. 1.1.8. 
Moliyaviy ko‘rsatkichlar Moliyaviy ko‘rsatkichlar tizim tomonidan avvalgi 
bo‘limlarda kiritilgan ma’lumotlar asosida avtomatik tarzda, yillar bo‘yicha 
shakllantiriladi. “Boshqa xarajatlar” bundan istisno. Agar yuqoridagi bo‘limlarda 
biror turdagi xarajatlar kiritish ko‘zda tutilmaganligi sababli kiritilmay qolgan 
bo‘lsa uning parametrlari jadvalga qo‘ldan kiritiladi. Loyihaning barcha 
ko‘rsatkichlari kiritib bo‘lingandan keyin, arizachi loyihaning mohiyati, 
samaradorligi va boshqalarni ko‘rsatish uchun yuqorida ko‘rsatilmay qolgan 
jihatlarini qo‘shimcha ma’lumot tarzida kiritish va qo‘shimcha fayllarni yuklash 
imkoniyati mavjud. Barcha ma’lumotlar shakllantirilgach “Ma’lumotlarni saqlash” 
tugmasi bosilganda keyingi, arizani tasdiqlash jarayoniga o‘tiladi. 1.1.9. Arizani 
tasdiqlash Barcha ma’lumotlar shakllantirilgach “Ma’lumotlarni saqlash” tugmasi 
bosilganda tayyorlangan ariza matni va u bilan bog‘liq barcha hisob-kitoblar 
ochiladi (ma’lumotlarning davomi keyingi betlarda beriladi). Arizani ushbu 
oynaning yuqori o‘ng tomonida joylashgan tugmalar yordamida *.pdf shaklida 
yuklab olish yoki chop qilish, to‘liq ekran rejimida ko‘rish mumkin. 
Shakllantirilgan ariza. Ariza beruvchi ma’lumotlarni yana bir bor diqqat bilan 
ko‘rib chiqadi va telefoniga kelgan tasdiqlash kodini kiritish orqali arizani 
tasdiqlaydi. Ariza telefonga kelgan kod orqali tasdiqlangach, uni bekor qilish 
imkoniyati mavjud. Buning uchun “Bekor qilish” tugmasidan foydalaniladi. 
Buning uchun telefon raqami deb ko‘rsatilgan joyga telefon raqamini yana bir 
marta kiritish talab qilinadi. Arizani tasdiqlashni bekor qilish. Ariza tayyorlashning 
yakuniy ko‘rinishi. Shu bilan arizani shakllantirish jarayoni yakunlanadi. 

Yüklə 13,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin