O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar



Yüklə 13,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə176/199
tarix30.09.2023
ölçüsü13,91 Mb.
#150571
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   199
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova

II.Kalendar yilida
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan 
daromadi 100 mln. so‘mdan oshgan biroq 1 mlrd. so‘mdan oshmaydigan yakka 
tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni (avvalgi yagona soliq 
to‘lovi) to‘lashga o‘tkaziladi.
Bunday tadbirkorlar ham ikki xil usulda soliqlarni to‘lashni tanlashi 
mumkin: 
1. Kalendar yilida realizatsiya tushumi 100 mln. so‘mdan oshganda, oshgan 
summadan aylanmadan olinadigan soliqni to‘lashi;
2. Kalendar yilida realizasiya tushumi 100 mln. so‘mdan oshganda, 
aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash o‘rniga ixtiyoriy tarzda qo‘shilgan qiymat 
solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashni tanlashi mumkin.
III. Kalendar yilida
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan 
daromadi 1 mlrd. so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qo‘shilgan qiymat 
solig‘i va foyda solig‘ini yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga 
o‘tadi. 
 


Qаt’iy bеlgilаngаn miqdоrdаgi sоliqni to‘lаsh Yakkа tаdbirkоrlаr 
fаоliyatning bir nеchа turi bilаn shug‘llаnishi mumkin bo‘lib, O‘zbеkistоn 
Rеspublikаsi Sоliq kоdеksining 375-mоddаsidа yakkа tаrtibdаgi tаdbirkоrlаr 
fаоliyatning bir nеchа turi bilаn shug‘ullаngаnidа qаt’iy bеlgilаngаn sоliqni to‘lаsh 
tаrtibi bеlgilаb qo‘yilgаn. Ungа ko‘rа; T/r Realizatsiya tushumlari miqdori Soliq 
turi Soliq stavkasi Soliqlarni to‘lash tartibi 1. 100 mln. so‘mgacha Daromad solig‘i 
12 % yoki qat’iy miqdordagi summada Soliqlarni yillik daromadi to‘g‘risidagi 
deklaratsiya asosida yoki qat’iy belgilangan miqdordagi summada to‘lashni 
tanlashi mumkin. 2. 100 mln.so‘mdan 1 mlrd. so‘mgacha Aylanmadan soliq yoki 
QQS va Foyda solig‘i 4 % yoki 15 % 100 mln. so‘mdan oshgan summadan 
aylanmadan soliqni to‘lashga o‘tadi yoki QQS va foyda solig‘ini to‘lashga 
ixtiyoriy o‘tishi mumkin 3. 1 mlrd. so‘mdan ortiq QQS va Foyda solig‘i 15 % QQS 
va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi yoki foyda solig‘ini soddalashtirilgan tartibda 
to‘lashni tanlashi mumkin. Sоliq to‘lоvchining kаlеndаr оyidа ishlаgаn kunlаri 
sоnidаn qаt’in nаzаr, qаt’iy bеlgilаngаn sоliq tаdbirkоrlik fаоliyatining turi vа 
sоliq to‘lоvchining fаоliyatni аmаlgа оshirish jоyigа qаrаb bеlgilаngаn stаvkаlаr 
bo‘yichа to‘lаnаdi. Fаоliyatning bir nеchа turi bilаn shug‘ullаnuvchi sоliq 
to‘lоvchilаr qаt’iy bеlgilаngаn sоliqni fаоliyatning hаr bir turi uchun mаzkur 
turdаgi fаоliyatgа nisbаtаn bеlgilаngаn stаvkаlаr bo‘yichа аlоhidа-аlоhidа 
to‘lаydilаr. Qаt’iy bеlgilаngаn sоliqni hisоblаb chiqаrish sоliq bo‘yichа hisоbgа 
оlish jоyidаgi dаvlаt sоliq хizmаti оrgаnlаri tоmоnidаn аmаlgа оshirilаdi.

Yüklə 13,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin