Risklarni baholash va kamaytirish Investitsiya loyihalarini ishlab chiqishda aniqlanuvchi, hisobga olinuvchi risklarni tahlil qilish va ularni loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlaridagi boshqarish tizimining bosqichlari quyidagicha: 1. Risklarni boshqarishni rejalashtirish sharoitida uni bartaraf etishning
yo‘llari va choralari.
2. Risklarni tasniflash.
3. Risklarni sifatli baholash.
4. Risklarni miqdoriy baholash.
5. Risklarni rejalashtirish (aniqlash) va ularni hal etish uslublarini tanlash.
6. Risklarning monitoringini olib borish. Loyiha risklarini boshqarishning
yuqoridagi barcha bosqichlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqlikka ega. Har bir
bosqich har bir loyihada bir marta bajariladi. Investitsiya loyihalarining amalga
oshiriladigan tarmoq xususiyatiga qarab yuqorida tilga olingan bosqichlar qisman
o‘zgarib turishi mumkin. Masalan, elektroenergetika, transport, neft va neftni qayta
ishlash tarmoqlari va shu kabi davlat ahamiyatiga ega boshqa tarmoqlar
iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga nisbatan qat’iy yuqori ahamiyat kasb etuvchi
davlat tomonidan nazorat qilib boriluvchi tarmoqlar hisoblanadi. Risklarni
boshqarishni rejalashtirish. Risklarni boshqarishni rejalashtirish deganda aniq
loyiha bo‘yicha boshqarishni rejalashtirish va qabul qilish yuzasidan qarorlarni
qabul qilish jarayoni tushuniladi. Shuningdek mazkur jarayon o‘z ichiga loyiha
risklarini boshqarish jarayonini kadrlar bilan ta’minlashni tashkil etishni ham
qamrab olishi lozim.
Nazorat savollari: 1. Tаdbirkоrlik mаdаniyati nima?
2. Ishbilarmonlik madaniyati tarkibi nimalardan iborat?
3. Хоdimlаrni bоshqаrishda tadbirkorning vazifalari.
4. Risklarni baholash va kamaytirish yo‘llarini tusuntirib bering.