O‘qitish materiallar I to‘plami mutaxassislikka kirish o‘qitish materiallar



Yüklə 13,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/199
tarix30.09.2023
ölçüsü13,91 Mb.
#150571
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   199
Biznes asoslari fanidan OMT F. Xakkulova

 
Kt
 

Ishlab 
chiqarishdagi 
ishchilarning 
ish 
haqi 
hisoblandi 

Boshqaruv xodimlariga ish 
haqi hisoblandi 

Ish haidan daromad solig`I 
ushlandi 

JBPT summasi hisoblandi 

Kasaba uyushma ajratmasi 
hisoblandi 

Ishchilarga 
ish 
haqi 
kassadan berildi 
25.Mavzu:Tadbirkorlik faoliyatida elektron davlat xizmatlaridan foydalanish 
Reja: 
1.Elektron kredit olish tartibi (Jismoniy shaxs uchun)
2. “Oilakredit”- oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish portali. 
3. Elektron kredit olish tartibi (Yuridik shaxs uchun)
4.Jismony shaxs bilan yuridik shaxsning elektron kredit olishdagi farqlar. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2021 yil 27 martdagi «Oilaviy 
tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha 


chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori qabul qilinib, ushbu hujjatga ko‘ra, 2021 yil 1 
apreldan aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, 
yoshlar va xotin-qizlarni daromadli mehnat bilan band qilishga yo‘naltirilgan 
dasturlari doirasida kredit olish uchun arizalari Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish 
dasturlari yagona elektron platformasi orqali qabul qilinadi. Qarorda shuningdek, 
o‘zini o‘zi band qiladigan fuqarolarga kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona 
qurish va shu kabilar uchun zaruriy xomashyo, ehtiyot qism hamda qurilish 
mollarini sotib olish maqsadida 5 mln so‘mgacha kredit naqd pulda berilishi nazar 
tutilgan. “Oilakredit”- oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish portaliga kirish uchun 
internet brauzerining izlash qatoriga https://oilakredit.uz/ manzili kiritiladi va 
“Enter” tugmasi bosiladi. Portalning bosh menyusi yordamida undagi ma’lumotlar 
bilan tanishish mumkin. Mamlakatimizda 2021 yil 27 mart kuni «Oilaviy 
tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida» Prezident qarori (PQ-5041-son) qabul qilingan edi. 
Unga ko‘ra, 2021 yil 1 apreldan aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining kredit olish 
uchun arizalari Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron 
platformasi oilakredit.uz/ orqali amalga oshiriladi. Bundan ko‘zlangan maqsad, 
oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasidagi loyihalarni moliyalashtirishda shaffof 
mexanizmni 
yaratish, 
fuqarolarga 
kredit 
ajratilishida 
ortiqcha 
ovoragarchiliklarning oldini olish, qaror qabul qilish tizimining har bir bosqichini 
nazorat qilish, sektorlar va tijorat banklarining dasturdagi faoliyatini baholash 
hamda fuqarolarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.
Mazkur qarorga ko‘ra:

aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining kredit olish uchun arizalari Oilaviy 
tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari yagona elektron platformasi orqali qabul 
qilinadi;

kredit olishga talabgorlarga «Agrobank» ATB, AT «Xalk banki» va 
«Mikrokreditbank» ATBlar orasidan birini ixtiyoriy tanlab, barcha dasturlar 
doirasida imtiyozli kredit olish boʻyicha murojaat etish imkoniyati yaratiladi; 

kredit oluvchi tanlagan mahsulot yetkazib beruvchi (ish bajaruvchi) 
tashkilot tomonidan mahsulotlar yetkazib berilgandan (ishlar bajarilganidan) soʻng, 
kredit mablagʻlari ta’minotchiga ajratib beriladi;

oʻzini oʻzi band qiladigan fuqarolarga ayrim turdagi faoliyatni amalga 
oshirish (kasanachilik, hunarmandchilik, issiqxona qurish va shu kabilar uchun 
zaruriy xom ashyo, ehtiyot qism hamda qurilish mollarini sotib olish) maqsadida 5 
mln soʻmgacha miqdorida kredit mablagʻlari naqd pulda berilishi mumkin;Oilaviy 
tadbirkorlik markazlari tomonidan ijobiy xulosa berilgan arizalar bir ish kunida 
mas’ul bank tomonidan skoring tizimi orqali tekshiriladi va skoring natijalariga 
ko‘ra moliyalashtiriladi. Tadbirkorlar o‘z arizalari holatidan, qay bosqichda 
ekanligidan xabardor bo‘lib turishlari uchun har bir bosqich natijasi murojaatchiga 
SMS-xabarnoma shaklida yuboriladi. Ushbu yagona elektron platforma orqali 
tadbirkorlik tashabbusiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarga 33 mln.so‘mgacha, 
yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarga belgilangan tartibda ro‘yxatdan 
o‘tgan kichik tadbirkorlik sub’ektlariga 225 mln.so‘mgacha onlayn kredit olish 


imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, ushbu platformada ta’minotchi korxonalarga 
mahsulot va hizmatlarni sotish istagidagi barcha tadbirkorlik sub’ektlari uchun 
ochiq elektron savdo maydoni, ya’ni “Marketplace” tizimi yulga qo‘yilgan. Bu 
tizim orqali kerakli xom ashyo va mahsulotlarni onlayn savdo orqali sotib olish 
mumkin 

Yüklə 13,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   199




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin