Tadbirkorlik o‘z faoliyatidan to‘lanadigan soliq va ajratmalar orqali davlat byudjeti
daromadlarini ham ta’minlaydi. Byudjet mablag‘lari qanchalik ko‘p bo‘lsa, jamiyat
a’zolariga xizmat qiluvchi shart-sharoitlar (uy-joylar, yo‘llar, tibbiyot
muassasalari, o‘quv maskanlari va boshqalar)ni yanada
yaxshilash imkoni paydo
bo‘ladi. Demak, tadbirkorlikning ahamiyati uning har bir shaxs, jamiyat va
davlatning imkoniyatlarini kengaytirishi orqali namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra,
mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyati davlat tomonidan
muhofaza qilinadi va
qo‘llab-quvvatlanadi.
Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni xohlagan barcha fuqarolar
tadbirkor bo‘lishi mumkin. Biroq buning uchun fuqaro muomala layoqatiga ega
bo‘lishi, ya’ni o‘n sakkiz yoshga to‘lgan bo‘lishi lozim.
Dostları ilə paylaş: