Termiz davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix06.06.2020
ölçüsü1,46 Mb.
#31769
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
iqtisodiy xavfsizlik


O’ZBEKISTON  RESPUBLIKASI  
OLIY  VA O’RTA  MAXSUS  TA’LIM  VAZIRLIGI 
 
 
TERMIZ  DAVLAT  UNIVERSITETI 
 
 
 
Iqtisodiyot  fakulteti 
 
Iqtisodiyot  kafedrasi 
 
«IQTISODIY XAVFSIZLIK» 
 
fanidan 
 
MA’RUZA MATNLARI TO’PLAMI
 
 
 
 
Bakalavriatning 5230100-«Iqtisodiyot» ta’lim yo’nalishi  uchun 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
T e r m i z  -  2014

 

 
KIRISH 
 
Taraqqiyotning  hozirgi  bosqichida  mamlakatlarning  iqtisodiy  xavfsizligi 
muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Negaki,  iqtisodiyotning  xavfsizligi  holati  turli  ijtimoiy-
iqtisodiy qarorlar qabul qilishda   orientir  bo’lib xizmat  qiladi. 
Iqtisodiy  tizimdagi    har  qanday  o’zgarishlar  turli  xavf-xatar  va  tahdidlarning 
namoyon  bo’lishi  bilan  birga  kechadi.  SHuning  uchun  ham  mamlakat  iqtisodiy 
xavfsizligini  ta’minlash,  unga  bo’ladigan  turli  tahdidlarning  oldini  olish  masalasi 
yuzaga  keladi. 
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.  Karimovning  «O’zbekiston  XXI  asr 
bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot  kafolatlari» 
asarining  muqaddimasida  “xavfsizlik”,  “barqarorlik”  va  “sobitqadam  rivojlanish” 
kabi  tushunchalar  do’stlik  va    hamkorlikning  ramzi  ekanligi  va  “aynan  ana  shu 
tushunchalar  har  bir  mamlakatning,  har  bir  xalqning  tinchligi,  farovonligi,  ravnaqi 
uchun  mustahkam  poydevor”
1
  yaratishi  alohida  ta’kidlab  o’tilgan.  SHuning  uchun 
ham  O’zbekiston    o’zining  mustaqil  taraqqiyoti  davomida  xavfsizlikni,  barcha 
sohalarda barqarorlik  va taraqqiyotni  ta’minlash  borasida izchil  siyosat olib bordi.  
Inson  hayot  faoliyatining  barcha  sohalarida  unga  u  yoki  bu  darajada    ta’sir 
ko’rsatadigan  xavf-xatarlar  mavjud  bo’lib,  shu  faoliyatni  amalga  oshirishda,  yaqin  va 
uzoqni  ko’zlab,  maqsadlar  qo’yishda  ularni  hisobga  olish  kerak  bo’ladi.  Aks  holda 
ushbu  xavf-xatarlar  real  tahdidga  aylanib,  jamiyatdagi  barqarorlikka  putur  yetkazishi 
mumkin. 
Mamlakat  iqtisodiyotining  rivojlanish  yo’nalishlarini  belgilashda,  ijtimoiy-
iqtisodiy  islohotlarni  amalga  oshirishda  ularning  oqibatlarini  xavfsizlik  nuqtai- 
nazaridan  tahlil  qilmasdan  va  baholamasdan  turib  biror  bir  yo’nalishga  ustuvorlik 
berish 
davlat 
va 
jamiyatning 
hayot 
faoliyatini 
ta’minlovchi 
tizimlarning 
parokandaligiga  olib kelishi  mumkin. 
Mintaqaviy  va  lokal  urushlar,  texnogen  xarakterga  ega  bo’lgan  halokatlar, 
dunyoning  bir  mamlakatida  boshlanib,  tezlik  bilan  boshqa  mamlakatlarga  ham 
tarqalayotgan  inqirozlar,  terroristik  aktlar  ham  milliy,  ham  xalqaro  darajalarda 
xavfsizlikni  ta’minlashning  zaruriyatini  cheksiz oshirmoqda. 
AQSH  ipotekali  kreditlash  tizimida  ro’y  berib,  keyinchalik  dunyoning  boshqa 
mamlakatlariga  tarqalib,  global  xarakter  kasb  etgan    moliyaviy-iqtisodiy  inqiroz 
jahonning  hech bir davlati  xavf-xatarlardan  kafolatlanmaganligini  namoyon qildi. 
O’zbekiston  ham  integratsiyalashgan  global  iqtisodiy  makonning  uzviy  bir 
qismi  sifatida  jahon  iqtisodiy  inqirozining  tobora  kuchayib  borayotgan  salbiy 
oqibatlarini  his  etayotgani  va  bundan  keyin  ham  his  etishi
2
  Respublika  Prezidenti 
I.Karimovning  «Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O’zbekiston  sharoitida  uni 
bartaraf  etishning  yo’llari  va  choralari»  asarida  ta’kidlab  o’tildi.  Demak,  globallashuv 
                                                                 
1
 Karimov  I.A. O’zbеkiston  XXI  asr bo’sag’asida: xavfsizlikka  tahdid, barqarorlik  shartlari va taraqqiyot  kafolat lari.  – 
T.:  O’zbеkiston, 1997,  16-b. 
2
  I.Karimov    «Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O’zbеkiston  sharoitida  uni  bartaraf  etishning  yo’llari  va  choralari».  
Toshkеnt, “O’zbеkiston”,  2009,  31-b. 

 

sharoitida  mamlakatlarning  milliy  iqtisodiy  xavfsizligini  ta’minlashning  dolzarbligi  
yanada ortib boradi. 
SHundan  kelib  chiqiladigan  bo’lsa,  iqtisodiyot  sohasiga  oid  juda  ko’p 
bilimlarni  “xavfsizlik”  tushunchasini  hisobga  olgan  holda  to’ldirish  yoki  tuzatish 
maqsadga muvofiqdir.   
Keyingi  yillarda  iqtisodiy  xavfsizlik  muammolari  siyosiy  arboblar,  olimlar  va 
tadqiqotchilarning  e’tiborini  jalb  qilib  kelmoqda.  Xavfsizlik  masalalari  qadimdan 
faylasuflar,  iqtisodchi  va  siyosatchilar,  jumladan,  Demokrit,  Aristotel,  Platon  kabi 
allomalarni  ham o’ylantirgan.   
XX  asrda  jamiyat  xavfsizligiga  bo’lgan  zamonaviy  qarashlarga  V.Paretto  va 
rossiyalik  yirik  olim  A.Bogdanovlarning  asarlarida  asos solingan.
3
  
«Xavfsizlik»  tushunchasi  ko’p  qirrali  bo’lib,  turlicha  ma’noda  talqin  etiladi. 
SHunga  qaramasdan  ularda  umumiy  g’oya  ham  mavjud  bo’lib,  bunga  ko’ra 
xavfsizlik  insoniyat  hayotining  turli  sohalarida  vujudga  keladigan  xavf-  xatarlardan 
himoyalanish,  kafolatlanish  ma’nosini  anglatadi.  Xavf-xatar  esa  davlat  va  jamiyat 
rivojlanishiga,  normal  amal  qilishiga  tahdid  soluvchi  potensial  yoki  real  kuch,  omil 
hisoblanadi.  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                                 
3
 Экономическая безопасность России. Общий курс. Под  ред.акад.В.Сенчагова.  – М.: ДЕЛО,  2005,  с.9 

 

I – mavzu.
 
 “Iqtisodiy  xavfsizlik”  fanining  predmeti,  ob’ekti va 
maqsadi
 
  
  1. Iqtisodiy xavfsizlik  – iqtisodiy kategoriya  hisoblanadi. U iqtisodiyotning  barqaror 
iqtisodiy o’sish ta’minlangan,  ijtimoiy  ehtiyojlar  optimal  darajada qondirilgan, 
ratsional  boshqarish amalga  oshirilgan,  milliy  va xalqaro darajalarda  iqtisodiy 
manfaatlarning  himoyalangandagi  holatini  ifodalaydi. 
Iqtisodiy  xavfsizlik  milliy  xavfsizlikning  muhim  tarkibiy  qismi,  uning  moddiy 
asosi  bo’lib  hisoblanadi.  Iqtisodiy  xavfsizlik  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  davlatchilik 
shakllangan  hamda  jamiyat  o’z  manfaatlarini  anglab  yetgan  davrlardan  paydo  bo’la 
boshlagan.  
Iqtisodiy  xavfsizlik  o’zining  ob’ekt  va  sub’ektlariga  ega  bo’lib,  uning  ob’ekti 
deganda  mamlakatning  iqtisodiy  tizimi  hamda  uni  tashkil  etuvchi  elementlari 
tushuniladi. 
Iqtisodiy xavfsizlik obektlariga quyidagilar kiradi:  

tabiiy  boyliklar; 

inson resurslari,  mehnatga  layoqatli  aholi; 

ishlab chiqarish fondlari; 

ko’chmas mulk; 

moliyaviy  resurslar; 

xo’jalik  tizimlari; 

mintaqalar; 

oila; 

inson. 
Iqtisodiy xavfsizlik subektlari quyidagilardan iborat: 

funksional  va tarmoq vazirliklari  hamda idoralari; 

soliq xizmatlari; 

bojxona xizmatlari; 

banklar; 

birjalar; 

sug’urta kompaniyalari; 

qonun chiqaruvchi  organlarning  tegishli  qo’mita va komissiyalari; 

mahsulot  ishlab  chiqaruvchilar    va  sotuvchilar,    ish  va  xizmatlar 
ko’rsatuvchilar; 

iste’molchilar  jamiyatlari. 
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi turlari mavjud: 

ishlab – chiqarish –texnologik  sohalardagi  xavfsizlik; 

sanoat sohasidagi xavfsizlik; 

oziq-ovqat xavfsizligi; 

demografik  xavfsizlik; 

moliyaviy  xavfsizlik; 

axborot xavfsizligi; 

tashqi iqtisodiy faoliyat  sohasidagi  xavfsizlik  va h.k. 
Iqtisodiy xavfsizlikning quyidagi indikatorlari ajratib ko’rsatiladi: 

 


yalpi  ichki  mahsulot hajmining  o’sishi; 

aholining  turmush darajasi  va sifati; 

inflyatsiya  darajasi; 

ishsizlik  darajasi; 

iqtisodiyot tarkibi; 

davlat qarzi; 

jamiyatning  mulkiy  tabaqalanishi; 

iqtisodiyot va jamiyatning  kriminallashuvi; 

ishlab chiqarishning  texnik  va texnologik  holati; 

raqobatbardoshlik; 

importga bog’langanlik; 

xufiyona  iqtisodiy faoliyat  miqyosi; 

oltin  valyuta  zahiralari. 
Iqtisodiy  xavfsizlikni  mezonlarga  asoslangan  holda  o’rganish  deganda,  
iqtisodiyot  holatini  umumlashtirilgan  holda,  ya’ni  resurs  salohiyati  va  uning 
rivojlanish 
imkoniyatlari, 
resurslardan 
foydalanish 
samaradorligi 
darajasi, 
raqobatbardoshligi va hokazolarni  baholash tushuniladi. 
Iqtisodiy  xavfsizlik  milliy  xavfsizlikning  muhim  tarkibiy  qismi  bo’lganligi  bois 
ham uni ta’minlash  muhim  ahamiyatga  ega hisoblanadi.  
O’zbekiston  Respublikasining  iqtisodiy  xavfsizligini  ta’minlash  mamlakatning 
har 
sohasida 
yuksalishini 
asosiy 
shartlaridan 
biri 
bo’lib  hisoblanadi. 
Mutaxassislarning  fikricha,  “ushbu  dolzarb  masalada  yengil  fikrlash  yoki  muqarrar 
xavfga  bepisandlik  bilan  qarash,  uni  kamaytirib  ko’rsatish  qanday  oqibatlarga  olib 
kelganligi  haqida tarixdan  istalgancha  misollar  keltirish  mumkin”
4

Iqtisodiy  xavfsizlik  davlat  xavfsizligi  tizimidagi  muhim  yo’nalish  bo’lib, 
mamlakat  mudofaa  qobiliyatini  ta’minlash,  jamiyatda  ijtimoiy  barqarorlikni  saqlash, 
ekologik  halokatlardan  himoya  qilish  kabi  yo’nalishlar  bilan  bir qatorda turadi. Mana 
shu  yo’nalishlar  bir  –  birini  to’ldirib  turadi  va  bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. CHunki, 
mamlakat  iqtisodiyoti  baquvvat  bo’lmasa,  u  barqaror  rivojlanmasa,  ushbu 
mamlakatning  mudofaa  qobiliyatini  ta’minlash  mushkul  bo’lib  qoladi.  Ayni  paytda, 
mamlakatda  ijtimoiy  barqarorlik  ta’minlanmas  ekan,  uning  mudofaa  qobiliyati  ham 
mustahkam  bo’lmaydi va iqtisodiyoti  samarali  rivojlanmaydi. 
Iqtisodiy  xavfsizlik  tushunchasining  mazmun  va  mohiyatini  yoritib  berishdan 
oldin  milliy  xavfsizlik  tushunchasiga  to’xtalib  o’tish  kerak  bo’ladi.  Milliy  xavfsizlik  
manfaatlarni  himoyalashning  umumiy  shakli  sifatida  manfaat  va  ehtiyojlarni 
qondirish,  moddiy,  ma’naviy,  umuminsoniy  qadriyatlardan  bahramand  bo’lish  va 
farovonlikka  intilish  to’g’risidagi  barcha  tasavvurlarni  ifodalaydi.  Mamlakatning 
milliy  xavfsizligi  uning  milliy  manfaatlarini  turli  siyosiy,  harbiy,  iqtisodiy,  ekologik, 
g’oyaviy  va  boshqa  omillar  ta’siri  va  tahdidlardan  himoya  qilishga  yo’naltiriladi. 
SHuning  uchun  ham  milliy  xavfsizlik  tarkibi  murakkab  tuzilishga  ega  bo’lib,  siyosiy, 
harbiy,  iqtisodiy,  ekologik,  g’oyaviy,  mafkuraviy,  axborot  xavfsizligini  o’z  ichiga 
oladi (1-rasm). 
 
                                                                 
4
 Abdusamеdov N. Iqtisodiy xavfsizlik.  Toshkеnt,  2008.  9 – b. 

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1-rasm. Milliy  xavfsizlik  turlari 
 
Iqtisodiy  xavfsizlik  mamlakatning  iqtisodiy  jihatdan  mustaqil,  barqaror 
rivojlanishiga  qodirligini  ta’minlashga  yo’naltirilgan.   
Respublikamizda  iqtisodiy  xavfsizlik  masalasi  mamlakat  milliy  xavfsizligining 
bir  qismi  sifatida  birinchi  marta  O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimovning 
«O’zbekiston  XXI  asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va 
taraqqiyot  kafolatlari»  kitobida  ko’rib  chiqildi.  Unda  mamlakatning  milliy 
xavfsizligi,  uning  ajralmas  qismi  bo’lgan  iqtisodiy  xavfsizlik  masalalari  nazariy 
jihatdan  chuqur tahlil  qilindi. 
Hozirgi  paytda  iqtisodiy  xavfsizlik  bu  –  mamlakat  iqtisodiyotini  doimiy 
barqaror 
rivojlantirish 
va 
takomillashtirishga 
qaratilgan 
chora-tadbirlarning 
umummilliy  majmuasi  bo’lib,  u  albatta  davlatning  ijtimoiy-siyosiy  barqarorligi  va 
mustaqilligini  hamda  tashqi  va  ichki  tahdidlarga  qarshi  turish  mexanizmini  ko’zda 
tutadi. 
Ilmiy  adabiyotlarda  va  darsliklarda  «iqtisodiy  xavfsizlik»  tushunchasining 
turlicha  talqinlari  berilgan.  Bir  guruh  olimlar  mazkur  tushuncha  mazmunini 
mamlakatning 
yetarli 
mudofaa 
salohiyatini, 
davlat 
siyosatining 
ijtimoiy 
yo’naltirilganligini,  milliy  manfaatlarni  himoya  qilishni  kafolatlashga  qodir  bo’lgan 
iqtisodiyot va hokimiyat  institutlarining  ahvoli  sifatida  ta’riflaydi.
5
 
Boshqa  bir  guruh  olimlar  esa  o’rganilayotgan  tushunchani  hokimiyat 
institutlarining  iqtisodiyotni  rivojlantirishga  qaratilgan,  milliy  manfaatlarni  himoya 
                                                                 
5
 Экономическая безопасность.  Производство,  финансы, банки. М.: ЗАО «Финстатинформ», 1998,  с.12 
 
MILLIY 
XAVFSIZLIK 
Siyosiy 
xavfsizlik 
Ekologik 
xavfsizlik 
G’oyaviy 
xavfsizlik 
Axborot 
xavfsizligi 
Harbiy 
xavfsizlik 
Iqtisodiy 
xavfsizlik 

 

qilish  va  ro’yobga  chiqarish  hamda  jamiyatning  ijtimoiy-siyosiy  barqarorligini 
ta’minlash  mexanizmlarini  yaratishga  qodirligi  va tayyorligi,  deb talqin  qiladilar.
6
 
A.  Isaxodjaev  va  A.  Rasulevlarning  fikricha,  iqtisodiy  xavfsizlik  bu  faqat 
milliy  manfaatlarni  himoya  qilishdan  iborat  bo’lmay,  davlat  hokimiyati  institutlari, 
ijtimoiy  assotsiatsiyalar,  xususiy  sektorning    mamlakat  iqtisodiyoti  rivojlanishining 
milliy  manfaatlarini  amalga  oshirish  va  himoya  qilish  mexanizmini  yaratish, 
jamiyatning  ijtimoiy-siyosiy  barqarorligini  ta’minlashga  tayyorligi  va qobiliyatidir
7
.   
“Iqtisodiy  xavfsizlik”  deganda  iqtisodiyotning  mamlakat  ijtimoiy,  siyosiy  va 
mudofaa  qobiliyatining  yetarli  darajasini  ta’minlash  imkonini  beradigan    holati 
tushuniladi.  “Iqtisodiy  xavfsizlik”  –  bu  xalqning  (davlat  orqali)  mustaqil  ravishda, 
tashqaridan  bo’ladigan  aralashish  va  taziqlarsiz  o’z  iqtisodiy  taraqqiyot  yo’li  hamda 
shakllarini  belgilashidir.  “Iqtisodiy  xavfsizlik”  –  bu  nafaqat  milliy  manfaatlarni 
himoyalanganligi, 
balki 
hokimiyat 
institutlarining 
mamlakat 
iqtisodiyotini 
rivojlantirish  borasidagi  milliy  manfaatlarni  amalga  oshirish  va  himoyalash 
mexanizmlarini  yaratishga  bo’lgan tayyorligi  va qobiliyati  hamdir. 
Rossiyalik  mashhur  olim,  akademik  L.  Abalkin  «iqtisodiy  xavfsizlik» 
tushunchasining  uchta  asosiy  elementini  ajratib  ko’rsatgan.  Bular:  iqtisodiy 
mustaqillik,  milliy  iqtisodiyotning  barqarorligi,  mamlakatning  o’z-o’zidan  rivojlanish 
va taraqqiy etishga  qodirligi.
8
 
L.Abalkinning  fikricha,  iqtisodiy  mustaqillik  absolyut  xarakterga  ega  emas, 
chunki  xalqaro  mehnat  taqsimoti  milliy  iqtisodiyotlarni  bir-biriga  bog’liq  qilib 
qo’yadi.  Bunday  sharoitlarda  iqtisodiy  mustaqillik  milliy    resurslarni  nazorat  qilish 
imkoniyatini  bildiradi.  Ishlab  chiqarish,  samaradorlik  va  mahsulot  sifatining  shunday 
darajasiga  erishish  kerakki,  u  mahsulot  raqobatbardoshligini  ta’minlasin  va  jahon 
savdosida,  kooperatsiya  aloqalarida  va  fan-texnika  yutuqlarini  ayirboshlashda  teng 
ishtirok  etish  imkoniyatini  bersin.    Milliy  iqtisodiyotning  barqarorligi  esa 
mulkchilikning  barcha  shakllarini  himoya  qilish,  tadbirkorlik  faolligi  uchun  sharoit 
va  kafolatlarni  yaratish,  barqarorlikka  putur  yetkazishi  mumkin  bo’lgan  omillarga 
(masalan,  iqtisodiyotda  kriminal  tuzilmalar  bilan  kurash,  og’ir  ijtimoiy  oqibatlarga 
olib  kelishi  mumkin  bo’lgan  daromadlar  taqsimlanishida  katta  tafovutlarga  yo’l 
qo’ymaslik) to’siq bo’lish imkoniyatlarini  bildiradi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
                                                                 
6
Shu manba, 12  – b.  
7
  Isaxodjaеv A., Rasulеv A. Xufyona iqtisodiyot va iqtisodiy xavfsizlik.  –T.: O’zbеkiston Rеspublikasi  IIV 
Akadеmiyasi,  2004,  157-bеt 
8
 Абалкин Л. Экономическая безопасность России: угрозы и их  отражение.// Вопросы экономики. 1994,  №12,  с. 
45 
Iqtisodiy  xavfsizlik darajalari 
 
Xalqaro daraja 
Milliy  daraja 

 

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2- rasm. Iqtisodiy xavfsizlik  darajalari 
9
 
 
L.Abalkinning  ta’kidlashicha,  mamlakatning  o’z-o’zidan  rivojlanish  va 
taraqqiy  etishga  qodirligi  ayniqsa  hozirgi  paytda  o’ta  muhimdir.  Investitsiya  va 
innovatsiyalar  uchun  kerakli  muhitni  yaratish,  ishlab  chiqarishni  muntazam 
modernizatsiya  qilish,  xodimlarnining  bilim,  kasb-malaka,  umumiy  madaniy 
darajasini  oshirish  kabilar    milliy  iqtisodiyotning  barqarorligining  zarur  va  muhim 
shartlaridan  biri bo’lib hisoblanadi
10

Iqtisodiy 
xavfsizlik 
iqtisodiyot 
va  hokimiyat  institutlarining  shunday 
holatidirki,  bunday  holatda  mamlakat  milliy  manfaatlarining  kafolatli  himoyalangani, 
mamlakat  iqtisodiy  rivojining  ijtimoiy  yo’naltirilganligi,  ichki  va  tashqi  jarayonlar 
rivojidagi  eng  noqulay  sharoitda  ham  mudofaa  salohiyatining  yetarli  darajada 
ta’minlanganligini   ifoda etadi. 
Iqtisodiy xavfsizlikning  quyidagi  darajalari  mavjud: 
xalqaro (global va mintaqa darajasida); 
milliy,  lokal  (mamlakat  ichidagi  mintaqa  yoki tarmoq darajasida); 
xususiy (firma  va shaxs darajasida). 
Xalqaro  iqtisodiy  xavfsizlik  –  bu  har  bir  davlat,  ya’ni  dunyo  hamjamiyati 
a’zosining  o’z  ijtimoiy  va  iqtisodiy  taraqqiyoti  strategiyasini  erkin  tanlash  va  amalga 
oshirish imkoniyatlarining  ta’minlangandagi  holatidir.   
Xalqaro  iqtisodiy  xavfsizlikni  amalga  oshirishda  taraqqiyot  modellarini  zo’rlab 
o’tkazish,  iqtisodiy  va  siyosiy  jihatdan  majburlashdan  voz  kechish,  har  qanday 
xalqning  o’z  mustaqil  yo’lini  tanlash  huquqini  tan  olish,  turli  mulkchilik  shakllari  va 
manfaatlarning  mavjudligini  qonuniy ekanligini  hurmatlash  yo’lidan boriladi.  
Milliy  iqtisodiy  xavfsizlik  iqtisodiyot  va  hokimiyat  institutlarining  milliy 
manfaatlarni 
kafolatli 
himoyalanganligi, 
mamlakat 
rivojlanishining 
ijtimoiy 
yo’naltirilganligi,  yetarli  iqtisodiy  va  mudofaa  salohiyatining  ta’minlangandagi 
holatini  ifodalaydi. 
Korxona  (firma)ning  iqtisodiy  xavfsizligi  –  ma’muriyat  va  personal  tomonidan 
amalga  oshiriladigan  huquqiy,  tashkiliy-  iqtisodiy  va  injener-texnik    chora-tadbirlar 
                                                                 
9
 Вечканов  Г.С. Экономическая безопасность.  – СПб.:  Питер,  2007,  с. 67 
10
 Абалкин Л. Экономическая безопасность России: угрозы и их  отражение.// Вопросы экономики. 1994,  №12,  с. 
45 
Global  xavfsizlik 
Mintaqaviy xavfsizlik 
Davlat xavfsizligi 
Jamiyat  xavfsizligi 
Mintaqa xavfsizligi 
Xususiy 
Firma  xavfsizligi 
Shaxs xavfsizligi 

 

tizimi  tufayli  vujudga  keltirilgan  hayotiy  muhim  iqtisodiy  manfaatlarning  ichki  va 
tashqi xavf-xatarlardan  himoyalanganlik  holatidir
11

Ko’pchilik  mutaxassislarning  fikricha,  iqtisodiy  xavfsizlikni  ta’minlash 
borasida  chora-tadbirlarni  ishlab  chiqishda  unga  ta’sir  etuvchi  barcha  omillarni  va 
birinchi  navbatda  iqtisodiyotning  samaradorligini  oshirishni  hisobga  olish  kerak 
bo’ladi. 
SHunday  qilib,  iqtisodiy  xavfsizlik  milliy  iqtisodiyotning  izchil  va  samarali 
o’sishini  ta’minlay  oladigan  ichki  va  tashqi  shart-sharoitlar  yig’indisini  hamda  uning 
jamiyat, 
davlat, 
shaxsning 
ehtiyojlarini 
qondira 
olish, 
tashqi 
bozorlarda 
raqobatbardoshligini  ta’minlay  olish,  turli  tahdidlardan  himoyasini  kafolatlay  olish 
qobiliyatini  ifodalaydi.   
Bundan  kelib  chiqadiki,  mamlakatning  iqtisodiy  xavfsizligi    birinchi  navbatda 
iqtisodiyotning  samaradorligi  bilan  ta’minlanishi  kerak,  ya’ni  iqtisodiyot  yuqori 
mehnat  unumdorligini  ta’minlash,  mahsulot  sifatini  oshirish,  raqobatbardoshlikni 
ta’minlash  asosida  o’zini  o’zi  himoya  qilishi  zarur.  Bu  esa  davlat  organlari, 
iqtisodiyotning  barcha  bo’g’inlari  va  tashkiliy  tuzilmalari  tomonidan  qo’llab-
quvvatlanishi  kerak. 
 
Qisqacha xulosalar 
Jahon  iqtisodiyotining  globallashuvi  va  O’zbekistonning  integratsiyalashgan 
global  iqtisodiy  makonning,  global  moliyaviy-iqtisodiy  bozorning  ajralmas  tarkibiy 
qismiga  aylanganligi  sharoitida  mamlakat  milliy  xavfsizligining  muhim  elementi 
bo’lgan  iqtisodiy  xavfsizlikni  ta’minlash  muhim  ahamiyatga  ega.  Iqtisodiy  xavfsizlik 
esa  eng avvalo mamlakatning  milliy  manfaatlarini  himoyalanganligini  aks ettiradi. 
 
Nazorat savollari 
1.“Iqtisodiy xavfsizlik”  tushunchasining  mohiyati  nimadan  iborat? 
2.“Iqtisodiy xavfsizlik”  tushunchasiga ta’rif bering. 
3.“Iqtisodiy xavfsizlik”  fani  nima  uchun o’rganiladi?   
4.“Iqtisodiy xavfsizlik”  predmeti va ob’yekti nimadan  iborat? 
 
Asosiy adabiyotlar 
1.  Karimov  I.A.  Asosiy  vazifamiz  –  vatanimiz  taraqqiyoti  va  halqimiz 
farovonligini  yuksaltirishdir.  –T: O’zbekiston, 2010 yil. 
2.  Karimov  I.A.  Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O’zbekiston  sharoitida  uni 
barataf etishning  yo’llari  va choralari. –T.: “O’zbekiston” , 2009 
3.  Karimov  I.A.  O’zbekiston  XX1  asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid, 
barqarorlik  shartlari  va taraqqiyot kafolatlari.  – T.: O’zbekiston, 1997 
4. Abdusamedov N. Iqtisodiy xavfsizlik.  Toshkent, 2008.  
5.  Abalkin  L.  ekonomicheskaya  bezopasnost  Rossii:  ugrozы  i  ix  otrajenie.// 
Voprosы ekonomiki. 1994, №12, s. 45, 44-48s. 
6.  Isaxodjaev  A.,  Rasulev  A.  Xufiyona  iqtisodiyot  va  iqtisodiy  xavfsizlik. –T.: 
O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi,  2004.  
                                                                 
11
Abulqosimov X.P.  Iqtisodiy xavfsizlik.  T.:  Akadеmiya,  2006,  111  – b. 

 
10 
7. 
ekonomicheskaya 
bezopasnost: 
ucheb. 
posobie 
dlya 
studentov 
ekonomicheskix 
vuzov, 
obuchayuщixsya 
po  spetsialnostyam  ekonomiki  i 
upravleniya.  V.A.Bogomolov  i dr. / Pod red. V.A.Bogomolova. M. YUNITI DANA, 
2009. 
8.  ekonomicheskaya  i  natsionalnaya  bezopasnost.  Uchebnik  /  pod  red.  d.e.n., 
prof. L.P.Goncharenko. M.: ZAO «Izdatelstvo «Ekonomika», 2008. 
9.  Vechkanov  G.S.  ekonomicheskaya  bezopasnost:  Uchebnik  dlya  vuzov.  – 
SPb. Piter, 2007.  
10. ekonomicheskaya bezopasnost Rossii. Uchebnik. / Pod obщ. red. akad. 
Senchagova V.K. M.: DELO, 2005. 
11. ekonomicheskaya bezopasnost. Proizvodtsvo, finansы, banki. M.: ZAO 
«Fintsatinform», 1998. 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin