Aholining pul xarajatlari tarkibi (pul daromadlariga nisbatan foizda )
Yillar
Aholining
pul daromad
lari
SHundan pul xarajatlari
Iste’mol
xarajatlari
Majburiy
to’lovlar
Banklarga qo’yilgan
pullar, sotib olingan qimmatli
qog’ozlar va valyutalar
Naqd
pul
qoldig’i
2005
100
73,1
7,7
17,2
2,0
2007
100
73,5
6,6
18,0
1,9
2009
100
72,2
7,4
17,6
2,8
Manba:O’zbekiston iqtisodiyoti //` Axborot va tahliliy sharh. 2005 yil «O’zbekiston» –T.: 2006, 94-b.;
O’zbekiston Respublikasi statistika qo’mitasi ma’lumotlari
43
Karimov I.A. O’zbеkistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. /` Xalq so’zi, 2007, 31-avgust
53
Respublikada amalga oshirilayotgan islohotlar davomida kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish va kasanachilik sohalarini qo’llab-quvvatlash
va rivojlantirishni rag’batlantirish islohotlarning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida
belgilanmoqda. Ayniqsa, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik respublika uchun eng
dolzarb bo’lib turgan aholi bandligi va uning daromadlarini oshirishni hal etishda
o’ziga xos lokomotiv vazifasini bajarmoqda. Ushbu soha bugungi kunda
mamlakatimizda
eng
yirik
mehnat
bozori,
mulkdorlarning
o’rta sinfini
shakllantirishning asosiy omili, millionlab odamlar uchun daromad va farovonlik
manbaiga aylanib bormoqda.
O’zbekistonda aholi turmush darajasini oshirishdek yuksak maqsadga erishish
uchun xizmat ko’rsatish va servis tarmoqlarini, aloqa va transport, moliya-bank
xizmatlari, kommunal xizmat hamda asosan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
tuzilmalari faoliyatini talab etadigan boshqa infratuzilma sohalarini ham jadal
rivojlantirish muhim vazifalar qatorida belgilanmoqda.
Qisqacha xulosalar
Aholi turmush darajasi milliy va shuningdek, iqtisodiy xavfsizlikning eng
asosiy
ijtimoiy
indikatorlaridan
bo’lib hisoblanadi. SHuning uchun ham
respublikaning mustaqil taraqqiyoti davrida aholini turmush darajasini oshirish
borasida islohotlarni amalga oshirishga katta e’tibor qaratildi. Mamlakatni va
jamiyatni isloh qilishning eng murakkab o’tish davrida kuchli ijtimoiy siyosat olib
borilganligi va aholini himoya qilishning o’xshashi bo’lmagan, samarali mexanizmini
ishlab chiqilganligi ijtimoiy barqarorlikni mustahkamladi va iqtisodiy xavfsizlikni
ta’minlashga xizmat qildi.
Mustaqillik yillarida respublikada aholi turmush darajasini oshirish bo’yicha
olib borilgan siyosat to’la-to’kis o’zini oqladi. Bunday siyosat o’rtacha umr ko’rish
darajasini uzayishi, aholi daromadlarini oshishi, turmush darajasini ko’tarilishi,
ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy barqarorlikka erishish, turli tahdidlarni oldini olish
va oxir-oqibatda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun zamin yaratdi.
Insonning iqtisodiy xavfsizligi bu insonning muhim hayotiy manfaatlarining
himoyalanishi uchun shart-sharoitlarning kafolatlangandagi, ijtimoiy taraqqiyot
hamda inson va jamiyat himoyasi tizimi ta’minlangandagi holatdir.
Nazorat savollari
1. Mustaqillik yillarida mamlakatda amalga oshirilgan ijtimoiy siyosatning mazmuni
nimadan iborat bo’ldi?
2. Aholi turmush darajasi qanday ko’rsatkichlar yordamida ifodalanadi?
3. Respublikada aholi turmush darajasini oshirish qaysi yo’nalishlarda olib borildi?
4. Mustaqillik yillarida aholi turmush darajasida qanday o’zgarishlar amalga oshdi?
5. Aholi turmush darajasidagi o’zgarishlar ijtimoiy xavfsizlikni ta’minlashda qanday
rol o’ynadi?
6. Insonning iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligi hamda ularning o’zaro bog’liqligi
nimalarda namoyon bo’ladi?
7. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ijtimoiy xavfsizlikka qanday ta’sir ko’rsatdi?
Asosiy adabiyotlar
54
1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni
barataf etishning yo’llari va choralari. T.: “O’zbekiston” , 2009
2. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. -
T.: O’zbekiston, 1995
3. Abduraxmonov Q.X. Imomov V. O’zbekistonda mehnat potensialidan
samarali foydalanish va uni boshqarish. - Toshkent. 2008. 146 b.
4. G’oyibnazarov B.K. Aholi turmush darajasini statistik baholash. Toshkent,
«Fan», 2005, 8 - b
5. Vechkanov G.S. ekonomicheskaya bezopasnost: Uchebnik dlya vuzov. –
SPb. Piter 2007.
6. O’zbekiston iqtisodiyoti GG Axborot va tahliliy sharh. 2010 yil
«O’zbekiston» –T.: 2011, 102 - b.;
11-mavzu. Ishsizlik iqtisodiy xavfsizlikning ijtimoiy indikatori
sifatida
Iqtisodiy xavfsizlik tizimida insonning, shaxsning iqtisodiy xavfsizligi masalasi
alohida o’rin egallaydi. CHunki taraqqiyotning keyingi bosqichlarida qarorlar qabul
qilish jarayonlariga jamiyatning ta’siri oshib bormoqda, ya’ni inson omili ta’siri
kuchayib bormoqda. Hozirgi davrda insoniy rivojlanish va hayot sifati davlat
boshqaruvi samaradorligining mezoniga aylanib qoldi. Bunday holat insonning
iqtisodiy va ijtimoiy xavfsizligi o’rtasida o’zaro bog’liqlik mavjudligini ko’rsatadi.
Insonning iqtisodiy xavfsizligi – bu insonning muhim hayotiy manfaatlarining
himoyalanishi uchun shart-sharoitlarning kafolatlangandagi, ijtimoiy taraqqiyot
hamda inson va jamiyat himoyasi tizimi ta’minlangandagi holatdir.
Inson shaxsining iqtisodiy xavfsizligi milliy iqtisodiy xavfsizlik, davlatning
ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan belgilanadi.
Mamlakatimizda inson iqtisodiy xavfsizligining huquqiy asosini O’zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi, Fuqarolik kodeksi, respublika qonunlari va turli
qonuniy hujjatlari tashkil etadi.
Alohida fuqarolar va jamiyat inson iqtisodiy xavfsizligining ob’yekti bo’lib
hisoblanadi.
Ish o’rinlari, ijtimoiy ta’minot tizimi, moddiy ishlab chiqarish inson iqtisodiy
xavfsizligining sub’ekti bo’lib hisoblanadi.
Quyidagilar insonning iqtisodiy xavfsizligi sohasida davlat faoliyatining
predmeti bo’lib hisoblanadi:
- insonning iqtisodiy xavfsizligi tizimiga salbiy ta’sir ko’rsatadigan omillarni
tahlil va sintez qilish;
- ijtimoiy-iqtisodiy siyosatni takomillashtirish uchun xizmat qiladigan
iqtisodiy siyosat va institutsional o’zgarishlarni amalga oshirish.
55
Insonning iqtisodiy xavfsizligi borasidagi davlat strategiyasi quyidagilarni o’z
ichiga oladi:
- ichki va tashqi tahdidlarni tavsiflash;
- insonning iqtisodiy xavfsizligi shart-sharoitlariga muvofiq keladigan mezon
va iqtisodiyotning holati;
- iqtisodiy, huquqiy va ma’muriy choralar asosida insonning muhim
manfaatlarini himoyalash;
- insonning iqtisodiy xavfsizligi borasidagi davlat strategiyasini bajarilishini
nazorat qilish.
Insonning iqtisodiy xavfsizligi fuqarolarning hayot faoliyatini ta’minlashga
qaratilgan chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va amalga oshirishni ko’zda tutadi:
-
oziq-ovqat bilan ta’minlash;
-
ish bilan bandlikni ta’minlash;
-
ta’lim olish uchun sharoit yaratish;
-
axborot bilan ta’minlash;
-
tibbiy xizmat ko’rsatish;
-
pensiya ta’minoti;
-
shaxsiy jamg’armalarini himoyalash;
-
uy-joy kommunal xizmatlari ko’rsatish;
-
ekologik xavfsizlikni ta’minlash.
Insonning iqtisodiy xavfsizligi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan
bog’liq bo’lib, ehtiyojlarni qondirish uchun yetarli bo’lgan daromad darajasini
ta’minlashni ko’zda tutadi.
Insonning ijtimoiy xavfsizligi mamlakat iqtisodiyoti, shu jumladan sog’liqni
saqlash, ta’lim, madaniyat va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini individning
yetarli hajmda va sifatli ne’matlar va xizmatlarga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish
imkonini beradigan darajada taraqqiyotga erishishni bildiradi.
Jamiyatda ijtimoiy-iqtisodiy muammolar kelib chiqishining bosh sabablaridan
biri ishsizlik bo’lib, u iqtisodiy xavfsizlikning eng muhim indikatori sifatida alohida
e’tibor qaratilishi kerak bo’lgan muammolar qatorida turadi. Ishsizlik mamlakatda
mavjud tabiiy, mehnat, moddiy, iqtisodiy va moliyaviy resurslardan samarali hamda
yetarlicha foydalanmaslik holatini anglatadi.
Iqtisodiy nuqtai nazardan ishsizlik deganda ishchi kuchining ish joyi bilan
ta’minlanmaganligi, natijada uning biror-bir qonuniy daromad manbaiga ega
bo’lmasligining muayyan holati tushuniladi. Boshqacha aytganda, ishsizlik –
ishlashni istaydigan mehnatga layoqatli aholining ish bilan ta’minlanmagan qismi
44
.
Ishchi kuchi taklifining unga bo’lgan talabdan oshib ketishi natijasida ishsizlik
vujudga keladi.
Makroiqtisodiy jihatdan ishsizlik jamiyat mehnat salohiyatidan, ishchi kuchi
majmuasidan ishlab chiqarish omili sifatida to’la foydalanmaganlikdir. SHu ma’noda,
ishsizlik ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlariga yoki foydalanilmayotgan tabiiy va
moddiy resurslarga teng, ammo ishlab chiqarishning boshqa omillari ortiqchaligidan
farq qilib, “ortiqcha” ishchi kuchi bozori iqtisodiyotidagi doimiy voqelikdir
45
.
44
Abduraxmonov Q.X. Imomov V. O’zbеkistonda mеhnat potеntsialidan samarali foydalanish va uni boshqarish. - T oshkеnt. 2008. 141 b.
45
Shu manba
56
Ijtimoiy jihatdan ishsizlik daromadlarning pasayishiga olib kelganligi bois
nafaqat ishsiz kishining o’zi uchun, balki uning oilasi uchun ham jiddiy
muammolarni tug’diradi. Bunday holat oxir oqibatda jamiyatdagi holatga ta’sir
ko’rsatadi. Ishsizlik miqyoslarining kengayib borishi noroziliklarni va ijtimoiy
beqarorlikni keltirib chiqaradi.
Ishsizlikning keskin ko’payishi iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar (davlat
sektorining kamayishi), inflyatsiya hamda xo’jalik yuritishning muqobil shakllari
(xususiy korxonalar, hissadorlik jamiyatlari) tez o’smaganligi sababli ko’pgina
korxonalarda moliyaviy ahvol yomonlashuvi natijasida yuzaga keladi. Bularning
hammasi, tabiiyki, umumiy talab hajmida salbiy aks etadi: davlat ta’siri qisqaradi,
investitsiya faoliyati sustlashadi, iste’mol xarajatlari esa inflyatsiya ta’sirida turmush
darajasining yomonlashuvi tufayli birmuncha kamayadi.
Amalda ishsizlik tabiiy darajasining eng maqbul miqdori yo’q. Hali hech kim
iqtisodiyot uchun ma’lum ishchining ishlab chiqarish bilan shug’ullangandan ko’ra,
ishsiz bo’lgani afzal ekanligini isbotlashga erishgani yo’q. Aksincha, yalpi milliy
mahsulotni yuqori darajada ishlab chiqarish natijasida ishsizlikning tabiiy darajasi
pasayadi. Ammo u maqbul miqdordan yuqori bo’lib qolaveradi. CHunki yalpi milliy
mahsulot ishlab chiqarish o’z imkoniyat darajasiga yetmagan bo’ladi
46
.
Mustaqillik yillarida O’zbekistonda iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqich
amalga oshirilganligi, ijtimoiy sohalarda ko’rilgan chora-tadbirlar natijasida ish bilan
bandlik muammolarini ijobiy hal etishga, ishsizlikning oldini olishga erishildi.
Ishsizlikni oldini olish muammosi ayniqsa jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi
sharoitida dolzarb bo’lib hisoblanadi. Ma’lumki respublikamizda inqiroz oqibatlarini
bartaraf etish maqsadida 2009 – 2012–yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi
choralar dasturi qabul qilindi va u izchil amalga oshirilmoqda.
2009-yil uchun va yaqin kelajakka mo’ljallangan iqtisodiy dasturlarning eng
ustuvor vazifalarini belgilab olishda jahon iqtisodiy inqirozining ta’siri va oqibatlarini
yetarlicha to’liq hisobga olish muhim vazifa ekanligi respublika Prezidentining
«Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning
yo’llari va choralari» asarida alohida ta’kidlab o’tildi.
Bugungi kunda respublikamizda ishsizlikning paydo bo’lish sababalriga ko’ra,
quyidagi asosiy turlari ko’p uchramoqda:
- tarkibiy, iqtisodiyotning yangi tarmoqlari paydo bo’lishi va mulkchilik
shakllarining o’zgarishi bilan yuzaga keladi;
- yashirin, bu qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish tarmoqlari uchun xarakterlidir
va haqiqiy ishchi kuchini kam miqdorda talab qiladi. YAshirin ishsizlik ishlab
chiqarishning chuqur tanazzuli sharoitida korxonalarda ortiqcha bandlikning saqlanib
qolganligidan dalolat beradi;
- mavsumiy, ma’lum mavsumda ish bilan bandlikni ta’minlovchi, qishloq
xo’jaligi mahsulotlarni ishlab chiqarish va ularni qayta ishlash hamda tayyorlash
muddati bilan asoslangan. Mavsumiy ishsizlikning hajmi ishchi kuchiga bo’lgan talab
va taklif mavsumiy omillarining barobar ta’sir qilishi sifatida namoyon bo’ladi;
46
Abduraxmonov Q.X. Imomov V. O’zbеkistonda mеhnat potеnsialidan samarali foydalanish va uni boshqarish. - Toshkеnt. 2008. 141 b.
57
- texnologik o’zgaruvchan, bu korxonada texnologik o’zgarishlarning amalga
oshirilishi va modernizatsiya qilinishi natijasida yuzaga keladi. Masalan, fan-texnika
yutuqlari natijasida qo’l mehnati o’rnini texnika egallashi natijasida yuzaga keladi
47
.
Mustaqil taraqqiyot davrida O’zbekistonda ishsizlikni oldini olish borasida
amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida ishsizlar soni qisqarib, ishsizlik darajasi
chegaraviy miqdorlar doirasida saqlanib qoldi. Xalqaro standartlarga muvofiq
ishsizlik darajasi chegaraviy miqdori Xalqaro Mehnat Tashkiloti metodikasi bo’yicha
hisoblaganda 7 foiz atrofida bo’lib, uning darajasi shu miqdordan oshib ketadigan
bo’lsa, bu iqtisodiyotga tahdid sanaladi. O’zbekistonda ushbu ko’rsatkich hozirda 5
foizni tashkil etadi.
6 – jadval
Mehnat organlariga ish izlab murojaat qilgan fuqarolar soni
2000-y
2006-y
2008-y
2010-y
Mehnat organlariga ish izlab murojaat qilgan
fuqarolar soni, ming kishi
421,4
391,5
557,4
623,3
SHu jumladan:
Mehnat
faoliyati bilan band bo’lmaganlar,
ming kishi
197,5
192,6
294,2
354,5
Ularning ulushi, %
46,9
49,2
52,8
56,9
Manba: Uzbekistan v tsifrax. 2001.-Tashkent, 2002. s.34; Uzbekistan v tsifrax. 2010.-
Tashkent, 2011. s.49; Uzbekistan v tsifrax. 2010.-Tashkent, 2011. s.48;
O’zbekistonda 2000-yildan boshlab mehnat organlariga ish izlab murojaat
qilganlar soni pasayish tendensiyasiga ega bo’ldi va ushbu tendentsiya 2008-
yilgacha davom etdi. 2009-yildan boshlab ish izlayotganlar soni osha boshladi va
2010-yilda 623,3 ming kishini tashkil etdi. (6- jadval).
Bunday holat jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi oqibatlari bilan bog’liq
hisoblanadi. Keltirilgan ma’lumotlardan jahon moliyaviy iqtisodiy inqirozi oqibatlari
O’zbekistondagi mehnat bozoriga ham ta’sir qilayotganligidan dalolat beradi. 2000 –
2010– yillar davomida mehnat organlariga ish izlab murojaat qilgan fuqarolar orasida
mehnat faoliyati bilan band bo’lmaganlar sonining ham absolyut, ham nisbiy
miqdorda o’sganligini ko’rish mumkin. Ushbu ko’rsatkich 2000-yildagi 46,9 foizdan
2010-yilda 56,9 foizgacha oshdi.
7- jadval
Mehnat organlari tomonidan ishga joylashtirilgan fuqarolar soni
2000-y
2008-y
2009-y
2010-y
Mehnat organlariga ish izlab murojaat
qilgan fuqarolar soni, ming kishi
421,4
391,5
557,4
623,3
SHulardan:
Ishga joylashganlar soni, ming kishi
280,6
320,7
486,5
546,6
Ularning ulushi
66,6
81,9
87,3
87,7
Manba: Uzbekistan v tsifrax. 2001.-Tashkent, 2002 s.34; Uzbekistan v tsifrax. 2008.-
Tashkent, 2009. s.49; Uzbekistan v tsifrax. 2010.-Tashkent,2011. s.48;
47
Abduraxmonov Q.X. Imomov V. O’zbеkistonda mеhnat potеnsialidan samarali foydalanish va uni boshqarish. - T oshkеnt. 2008. 146 b.
58
Ishsizlarni ishga joylashtirish ko’rsatkichlari, uning darajasi mehnat bozorining
eng asosiy ko’rsatkichlaridan bo’lib hisoblanadi. Keyingi yillarda mehnat organlariga
ish izlab murojaat qilgan fuqarolarning ishga joylashish ko’rsatkichlarining oshish
tendensiyasi ko’zga tashlanmoqda. Masalan, 2000-yilda ushbu ko’rsatkich 66,6 foizni
tashkil etgan bo’lsa, 2010-yilda 87,7 foizga teng bo’ldi.
Rasmiy maqomga ega bo’lgan ishsizlarning ishsizlik sabablariga ko’ra
taqsimlanishini tahlili shuni ko’rsatadiki, ularning katta qismini asosan, o’z xohishiga
ko’ra ishdan bo’shaganlarlar tashkil etadi (8 – jadval). Tahlil qilinayotgan yillarda
rasmiy maqomga ega bo’lgan ishsizlar orasida ularning salmog’i kamaygan. Ushbu
yillar davomida ishdan bo’shatilganlar salmog’i ham deyarli ikki barobarga
kamaygan. Ayni paytda oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari bitiruvchilari ulushi
deyarli ikki barobarga ko’paygan.
8-jadval
Rasmiy maqomga ega bo’lgan ishsizlarning ishsizlik
sabablariga ko’ra taqsimlanishi, %
2000-y.
2010-y.
jami
shundan
ayollar
jami
shundan
ayollar
Rasmiy maqomga ega bo’lgan ishsizlar
100
100
100
100
shulardan:
O’z xohishiga ko’ra ishdan bo’shaganlar
47,4
48,3
41,9
40,9
Ishdan bo’shatilganlar
7,6
7,5
4,4
4,4
Umumta’lim maktablari bitiruvchilari
15,6
16,8
15,7
16,5
Oliy
va
o’rta maxsus o’quv yurtlari
bitiruvchilari
6,3
6,0
11,3
11,9
Boshqa sabablar
23,1
21,4
26,7
26,3
Manba: Uzbekistan v tsifrax. 2001.-Tashkent, 2002 s.34; Uzbekistan v tsifrax. 2010.-
Tashkent, 2011. s.49; Uzbekistan v tsifrax. 2010.-Tashkent,2011.
Bunday holat respublikada malakali mehnat bozori shakllanib boshlaganligidan
dalolat beradi. Buni tasdig’ini ishsiz maqomini olganlar orasida umumiy o’rta (to’liq)
ma’lumotga ega bo’lganlar ulushining ortib borganligida ham ko’rish mumkin. Agar
2000-yilda ularning salmog’i 51,3 foiz bo’lgan bo’lsa, 2010-yilda 69,9 foizni tashkil
etdi
48
.
Rasmiy maqomga ega bo’lgan ishsizlarning yosh bo’yicha taqsimlanishi
ko’rsatkichlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, ularning orasida 16-18 yoshda hamda
50 va katta undan katta yoshdagilarning ulushi sezilarli darajada kamaygan. Ayni
paytda boshqa yosh guruhlari salmog’i ortib borgan (9- jadval).
9 - jadval
Rasmiy maqomga ega bo’lgan ishsizlarning yosh bo’yicha
taqsimlanishi, %
2000-y.
2010-y.
48
Узбекистан в цифрах. 2010.-Ташкент. 2011. с.51;
59
jami
shundan
ayollar
jami shundan
ayollar
Rasmiy maqomga ega bo’lgan ishsizlar
100
100
100
100
shulardan:
16-18 yoshda
11,7
11,7
0,8
0,9
18-30 yoshda
42,3
43,4
50,9
52,4
30-50 yoshda
38,3
39,2
47,0
45,8
50 va katta undan katta yoshdagilar
7,7
5,7
1,3
0,9
Manba: Uzbekistan v tsifrax. 2001.-Tashkent, 2002. s.38; Uzbekistan v tsifrax. 2010.-
Tashkent,2011. s.52;
Inqiroz jahon mehnat bozoriga ham kuchli ta’sir ko’rsatganligini quyida
keltirilayotgan raqamlardan ham ko’rish mumkin. Xalqaro mehnat tashkilotining
ma’lumotlariga ko’ra, 2010-yilda dunyoda o’rta hisobda 211,5 mln. ishsiz bo’lib, ular
iqtisodiy faol aholining 6,6 foizini tashkil etgan. SHulardan 122 millioni erkaklar,
89,5 millioni ayollardir.
Ishsizlikning eng yuqori o’rtacha ko’rsatkichi SHimoliy Afrikada - 10,5 foiz,
va shuningdek Janubi – SHarqiy Yevropa va MDHga kiruvchi mamlakatlar guruhida
– 10,3 foizni tashkil etgan
49
. Ta’kidlash joizki, 2000 – 2005-yillarda ishsizlikning
dunyo bo’yicha o’rtacha ko’rsatkichi 6,2 – 6,4 foizga teng bo’lib, keyinchalik u
pasaya boshlagan (2008-2009-yy. – 5,7 – 5,8 foiz), 2010-yilda inqiroz sababli yana
oshdi va 6,6 foizni tashkil etdi.
BMT ekspertlarining baholashlariga ko’ra 2010-yilda iqtisodiyoti rivojlangan
mamlakatlar bo’yicha ishsizlikning o’rtacha ko’rsatkichi 8,6foiz ga, jumladan
AQSHda – 9,3 foiz, YAponiyada – 5,4 foiz, Yevropa ittifoqida – 9,2 foiz ga,
yevrohudud mamlakatlarida – 9,7foizga teng bo’ldi. Ayni paytda ishsizlik darajasi
iqtisodiyoti jadal rivojlanayotgan mamlakatlarda nisbatan past darajada bo’ldi.
Masalan, Xitoyda 2010-yilda ishsizlik 2009-yil darajasida qoldi (4,0foiz), Braziliyada
esa 9,3 foiz dan 7,9 foiz ga pasaydi. Ishsizlik darajasi ayniqsa yoshlar orasida (16 –
24 yosh) yuqori bo’lib, uning o’rtacha ko’rsatkichi 2010-yilda 14 foiz ni tashkil etdi.
2009-yilda esa 12,2foizga teng bo’lgan edi. 2011-yilda ham ishsizlik darajasining
o’sishi kutilmoqda.
Jahon mehnat bozorida vujudga kelgan bunday holat Xalqaro mehnat tashkiloti
(XMT) ekspertlari tomonidan “global mehnat bozoridagi inqiroz” sifatida baholandi.
Boshqa mamlakatlardan farqli ravishda O’zbekistonda 2010-yilda Xalqaro
mehnat tashkiloti metodikasi bo’yicha hisoblangan ishsizlik darajasi 4,9 foizga teng
bo’ldi va 2011-yilda ham deyarli shu darajada saqlanib qoldi. Mamlakatimizda
ishsizlik darajasining barqarorlashganligi birinchi navbatda, respublikada ishlab
chiqilgan va izchil amalga oshirilayotgan Inqirozga qarshi choralar dasturining
samaradorligidan dalolat beradi. Dasturda yangi ish o’rinlarini yaratish, aholini
ijtimoiy himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ayniqsa, kichik biznes
va xususiy tadbirkorlik bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va
farovonligini oshirishda muhim omil ekanligini hisobga olib, uni jadal rivojlantirish,
49
Социально-экономическое положение стран Содружества независимых государств в 2009 году. Экпресс-
доклад. Январь, 2010 стр 10.
60
rag’batlantirish va qo’llab- quvvatlash chora-tadbirlari amalga oshirildi. Respublika
hududlarida qurilish materiallari sanoati, oziq-ovqat, yengil sanoat va boshqa
tarmoqlarda kichik biznes sohasida faoliyat olib boradigan 480 dan ortiq yangi ishlab
chiqarish korxonalari tashkil etildi
50
. Mamlakatimizda 940 mingdan ziyod yangi ish
o’rinlari yaratildi. Ish bilan bandlik muammolari respublikaning qishloq joylarida
o’ta dolzarb ekanligidan kelib chiqib, bu yerda 500 mingga yaqin yangi ish o’rinlari
tashkil etildi. Sanoat korxonalari bilan kooperatsiya asosidagi kasanachilikni hamda
pudrat shartnomasi asosidagi uy mehnatini rivojlantirish bo’yicha chora-tadbirlarni
amalga oshirish natijasida 130 mingga yaqin ish o’rni yaratildi.
SHunday qilib, O’zbekistonda Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida
amalga oshirilgan chora - tadbirlar global moliyaviy – iqtisodiy inqirozning ham
iqtisodiy, ham ijtimoiy oqibatlarini oldini olish, respublika aholisini ishonchli himoya
qilish, ularni daromadi va moddiy farovonligini oshirish imkonini ta’minladi. Eng
asosiysi respublikada ishsizlik darajasini chegara miqdorlari doirasida saqlab
qolishga erishildi va bu mamlakatda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashning muhim
omili bo’ldi.
Dostları ilə paylaş: |