Termiz davlat universiteti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix06.06.2020
ölçüsü1,46 Mb.
#31769
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
iqtisodiy xavfsizlik


 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2 – mavzu.
 
“Iqtisodiy  xavfsizlik”  tushunchasi:  uning  ta’rifi  va 
mazmuni. 
 
XX  asrning  ikkinchi  yarmidan  boshlab  jahon  iqtisodiyotida  katta  o’zgarishlar 
amalga  osha  boshladi.  Bu  integratsiya  jarayonlarida  va  xalqaro  mehnat  taqsimotida, 
globallashuv  jarayonlarining  tezlashuvida  namoyon  bo’ldi.  Jahon  mamlakatlarining 
taraqqiyot  darajasidagi  tafovutlarning  kuchayib  borishi  va  rivojlangan  davlatlar 

 
11 
tomonidan  teng  bo’lmagan  iqtisodiy  munosabatlarni  amalga  oshirilishi,  ya’ni 
bilvosita  nazorat  qilish  (investitsiyalar  kiritish,  kredit  va  subsidiyalar  berish  yo’li 
bilan)  siyosatini  amalga  oshirish,  ba’zi  hollarda  siyosiy  tazyiq  o’tkazish  kabi 
hodisalar  ham  hozirgi  davrning  xususiyatlaridan  biriga  aylanib  bormoqda.  Iqtisodiy 
jihatdan  qaram  mamlakatlarga  savdo  embargosi  orqali  siyosiy  shartlar  qo’yish 
amaliyotini,  buning  oqibatlarini  boshdan  kechirgan  Iroq,  Eron,  Liviya,  Kuba  kabi 
mamlakatlar  misolida  ko’rish mumkin. 
Ma’lum  davrlarda  jahon  iqtisodiyotida,  alohida  olingan  mintaqalarda, 
mamlakatlarda  sodir  bo’ladigan  turli  inqirozlar  milliy,  shu  jumladan  iqtisodiy 
xavfsizlikni  ta’minlash  muammolarining  dolzarbligini  oshiradi.  Ma’lumki,  AQSH 
ipotekali  kreditlash  tizimidan  boshlanib,  keyinchalik  jahon  iqtisodiyotini  qamrab 
olgan  “moliyaviy-iqtisodiy  inqiroz  ko’plab  mamlakatlarda  ishlab  chiqarish  va 
iqtisodiy  o’sish  sur’atlarining  keskin  pasayib  ketishi  bilan  bog’liq ishsizlik va boshqa 
salbiy  oqibatlarni  keltirib  chiqardi”
12
.    Bunday  sharoitda  milliy  manfaatlarni  himoya 
qilish,  mamlakatda  iqtisodiy  va  ijtimoiy  barqarorlikni  ta’minlash,  aholini  turmush 
darajasini  pasayib  ketishini  oldini  olish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  borada 
zaruriy  chora-tadbirlarni  belgilash    uchun  esa  tahdidlarning  xarakteri,  miqyosi, 
ularning  oqibatlarini  bilish  kerak bo’ladi. 
Hozirga  kelib  O’zbekiston  integratsiyalashgan  global  iqtisodiy  makonning, 
global moliyaviy-  iqtisodiy bozorning ajralmas  tarkibiy  qismiga  aylandi.   
O’zbekiston  Respublikasi  Prezidenti  I.Karimovning  “Jahon  moliyaviy-
iqtisodiy  inqirozi,  O’zbekiston  sharoitida  uni  bartaraf  etishning  yo’llari  va  choralari” 
asarida  ta’kidlanganidek,  buning  tasdig’ini  respublikaning  tashqi  dunyo  bilan 
aloqalarining  tobora  kuchayib  borayotganida,  taraqqiy  topgan  yetakchi  davlatlar 
ko’magida  iqtisodiyot  tarmoqlarini  rivojlantirish,  modernizatsiya  qilish,  texnik  va 
texnologik  qayta  jihozlash  bo’yicha  dasturlarni  amalga  oshirilayotganligida, 
O’zbekistonning  xalqaro  savdo  tizimiga  integratsiyalashuvida  va  boshqalarda  ko’rish 
mumkin.   
Bunday  sharoitda  mamlakat  korxonalarini  tashqi  bozorlarda  raqobatbardosh 
bo’lishini  ta’minlash,  dunyo  bozorlari  talabiga  javob  beradigan  mahsulotlar  ishlab 
chiqarish,  eksportni  rag’batlantirish,  milliy  iqtisodiyotning  raqobatbardoshligini 
oshirish  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Iqtisodiyotning  raqobatbardoshligini  ta’minlash 
esa mamlakat  iqtisodiy xavfsizligini  ta’minlashning  muhim  omili  bo’lib hisoblanadi. 
Bozor  munosabatlari  sharoitida  iqtisodiy  xavfsizlikni  ham,  milliy  xavfsizlikni 
ham birdek ta’minlash  davlatning  eng asosiy funksiyalaridan  biri  bo’lib hisoblanadi.  
Amerikalik  mutaxassislarning  fikriga  ko’ra,  iqtisodiy  xavfsizlik  ta’minlanishi 
uchun  kamida  ikkita   shart bajarilishi  kerak: 
–  birinchisi,  mamlakatning  iqtisodiy  mustaqilligini,    xo’jalikning  taraqqiy 
etishiga  tegishli  bo’lgan  qarorlarni  o’z  manfaatlaridan  kelib  chiqib  qabul  qilish 
qobiliyatini  saqlab qolish; 
–  ikkinchisi,  aholining  erishilgan  turmush  darajasini  saqlab  qolish  va  uni 
yanada yuksaltirish  imkoniyatlarining  mavjud  bo’lishi
13
.  
                                                                 
12
  I.Karimov  Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O’zbеkiston  sharoitida  uni  bartaraf  etishning  yo’llari  va 
choralari. Toshkеnt, “O’zbеkiston”,  2009. 4 – b .
 
13
 Богданов  И.Я.  Экономическая безопасность России. Теория и практика.  М., 2001.  с.21 

 
12 
SHundan  kelib  chiqiladigan  bo’lsa,  iqtisodiy  xavfsizlik  –  bu  eng  avvalo 
mamlakatning  milliy  manfaatlarini  himoyalanganligidir. 
Har  qanday  fanning  predmeti  va  ob’yekti  mavjud  bo’lganidek  “Iqtisodiy 
xavfsizlik”  fanining  ham o’z ob’yekti va predmeti mavjud.  
Bir  tomondan  iqtisodiy  tizimning  ob’yektiv  himoyalanish  hususiyatlari,  unga 
xavf  soladigan  kuch  va  omillarga  qarshi  turish  mexanizmini,  ikkinchi  tomondan, 
davlatning  himoyachi  sifatidagi  funksiyalari,  shu  maqsadda  tashkil  etiladigan 
institutlarni  o’rganish ushbu fanning  predmeti bo’lib hisoblanadi. 
Milliy  iqtisodiyot  va  unda  amalga  oshadigan  jarayonlar  “Iqtisodiy  xavfsizlik” 
fanining  ob’yektini tashkil  etadi. 
Davlat,  jamiyat  va  shaxsning  muhim  hayotiy  manfaatlaridan  kelib  chiqqan 
holda  mamlakat  iqtisodiy  xavfsizligini  ta’minlash  borasida  nazariy  va  amaliy  bilimlar 
berish fanning  maqsadi bo’lib hisoblanadi. 
 
Qisqacha xulosalar 
 
 Iqtisodiy  xavfsizlik  milliy  xavfsizlikning  muhim  tarkibiy  qismi,  uning  moddiy 
asosi  bo’lib,  iqtisodiy  kategoriya  sifatida  davlatchilik  shakllangan  hamda  jamiyat  o’z 
manfaatlarini  anglab  yetgan  davrlardan  paydo  bo’la  boshlagan.  Iqtisodiy  xavfsizlik 
mamlakat  milliy  manfaatlarining  kafolatli  himoyalangani,  mamlakat  iqtisodiy 
rivojining  ijtimoiy  yo’naltirilgani,  ichki  va  tashqi  jarayonlar  rivojidagi  eng  noqulay 
sharoitda ham mudofaa salohiyatining  yetarli  darajada ta’minlanganligini   ifoda etadi. 
 
Nazorat savollari 
 
1.O’zbekistonning  dunyo  hamjamiyatiga,  global  iqtisodiy  makonning  bir 
qismiga  aylayotganligi  nimalarda  namoyon bo’lmoqda?  
2.Iqtisodiy xavfsizlikni  ta’minlashda  davlat qanday o’rin tutadi?  
3.Iqtisodiy xavfsizlikni  ta’minlash  omillari  to’g’risida gapirib bering. 
4.Iqtisodiy  xavfsizlik      ob’yektlariga  nimalar  kiradi.  Ularga  qisqacha  ta’rif 
bering. 
 
Asosiy adabiyotlar 
 
1.  Karimov  I.A.  Asosiy  vazifamiz  –  vatanimiz  taraqqiyoti  va  halqimiz 
farovonligini  yuksaltirishdir.  –T: O’zbekiston, 2010 yil. 
2.  Karimov  I.A.  Mamlakatimizni  modernizatsiya  qilish  va  kuchli  fuqarolik 
jamiyati  barpo  etish  ustuvor  maqsadimizdir.  O’zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisi 
qonunchilik  palatasi  va  Senatining  qo’shma  majlisidagi  ma’ruza.  –  T.:    O’zbekiston, 
2010 
3.  Karimov  I.A.  Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O’zbekiston  sharoitida  uni 
barataf etishning  yo’llari  va choralari. –T.: “O’zbekiston” , 2009 
4.  Karimov  I.A.  O’zbekiston  XX1  asr  bo’sag’asida:  xavfsizlikka  tahdid, 
barqarorlik  shartlari  va taraqqiyot kafolatlari.  – T.: O’zbekiston, 1997 
5. Abulqosimov X.P. Iqtisodiy xavfsizlik.  –T.: Akademiya,  2006 

 
13 
6. Abdusamedov N. Iqtisodiy xavfsizlik.  Toshkent, 2008.  
7.  Abalkin  L.  ekonomicheskaya  bezopasnost  Rossii:  ugrozы  i  ix  otrajenie.// 
Voprosы ekonomiki. 1994, №12, s. 45, 44-48s. 
8.  Isaxodjaev  A.,  Rasulev  A.  Xufiyona  iqtisodiyot  va  iqtisodiy  xavfsizlik. –T.: 
O’zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi,  2004.  
9. 
ekonomicheskaya 
bezopasnost: 
ucheb. 
posobie 
dlya 
studentov 
ekonomicheskix 
vuzov, 
obuchayuщixsya 
po  spetsialnostyam  ekonomiki  i 
upravleniya.  V.A.Bogomolov  i dr. / Pod red. V.A.Bogomolova. M. YUNITI DANA, 
2009. 
10.  ekonomicheskaya  i  natsionalnaya bezopasnost. Uchebnik / pod red. d.e.n., 
prof. L.P.Goncharenko. M.: ZAO «Izdatelstvo «Ekonomika», 2008. 
11.  Vechkanov  G.S.  ekonomicheskaya  bezopasnost:  Uchebnik  dlya  vuzov.  – 
SPb. Piter, 2007.  
12. ekonomicheskaya bezopasnost Rossii. Uchebnik. / Pod obщ. red. akad. 
Senchagova V.K. M.: DELO, 2005. 
13. ekonomicheskaya bezopasnost. Proizvodtsvo, finansы, banki. M.: ZAO 
«Fintsatinform», 1998. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3-mavzu.  Iqtisodiy  xavfsizlik  ko’rsatkichlari  (indikatorlari) 
 
Mamlakatning  iqtisodiy  xavfsizligi  holati  mezon  va  ko’rsatkichlar  tizimi  orqali 
baholanadi.  Makro  va  mikro  darajada  iqtisodiy  xavfsizlikka  bo’ladigan  tahdidlarni 
tahlil 
qilish 
va 
bashoratlashda 
iqtisodiy 
xavfsizlikning 
mingdan 
ziyod 
ko’rsatkichlaridan  foydalaniladi.  Lekin  shularning  ichida  19  ta  indikatordan 
foydalanish  maqsadga  muvofiq  deb  hisoblaniladi.  Bu  indikatorlar  iqtisodiyotning  real 
va  moliyaviy  sektorlarida  va  ijtimoiy  sohada  iqtisodiy  xavfsizlikning  muhim 
jihatlarini  ifodalaydi.  19  ta  indikatorning  xususiyatlaridan  biri  ular  orasidagi  o’zaro 
bog’liqlikdir.   
Iqtisodiy  xavfsizlikning  mezon  va  ko’rsatkichlari  asosida  iqtisodiy  tizimning 
amal  qilishidagi  tahlikali  chegaralar  belgilanadi.  Ko’rsatkichlar  tahlikali  chegaralar 
sifatida  qabul  qilingan    birliklardan  chekingan  holatlarda  tizim  izchil  rivojlanishga 

 
14 
bo’lgan  qobiliyatini,  ichki  va  tashqi  bozorlarda  raqobatbardoshligini yo’qotib boradi, 
transmilliy  korporatsiyalarning  ekspansiyasi  ob’yektiga  aylanib  qoladi,  milliy 
boyliklarning  talon-taroj  qilinishi,  xufiyona  iqtisodiyot  va  korrupsiya  miqyoslarining 
kengayishidan  zarar ko’radi. 
Davlat  siyosatini  ishlab  chiqishda  iqtisodiyotni  nafaqat  sifat,  balki  xavflardan 
xoli  bo’lgan tarzda rivojlanish  chegaralarini  son jihatdan  ham belgilashi  talab etiladi. 
Demak  mamlakatda  iqtisodiy  xavfsizlik  holatining  sustlashishiga  ma’lum  bir 
chegara 
doirasida 
yo’l  qo’yilishi  mumkin.  Iqtisodiy  xavfsizlik  uchun 
ko’rsatkichlarning  o’zi  emas,  ularning  chegaraviy  miqdori  muhim  ahamiyatga  ega. 
SHu  chegaralarga  rioya  qilmaslik  takror  ishlab  chiqarishning  turli  elementlarini 
normal  taraqqiy  etishiga  to’sqinlik  qiladi.  Iqtisodiy  xavfsizlikda  negativ,  buzuvchi 
jarayonlarning 
shakllanishiga 
olib 
keladi. 
Iqtisodiy  xavfsizlikning  miqdoriy 
ko’rsatkichlari  bo’yicha  milliy  manfaatlarni  ta’minlash  maqsadida  ko’rsatkichlarning 
eng quyi yoki yuqori chegaralari  aniqlanadi. 
Hokimiyat  institutlari  tomonidan  amalga  oshiriladigan  iqtisodiy  xavfsizlik 
siyosati  ko’rsatkichlarning  barchasini  me’yorida  saqlab  turishga  qaratilishi  kerak. 
Iqtisodiy  xavfsizlikning  bir  chegaraviy  ko’rsatkichi  boshqa  shunday  ko’rsatkichning 
yomonlashuvi  hisobiga  ta’minlanishi  mumkin  emas.  Davlat  har  bir  konkret  holatda 
xavfsizlik  va  iqtisodiy  samaradorlikni  uyg’unlashuvini  ta’minlashga  harakat  qilishi 
kerak  bo’ladi.  Ayni  paytda  qisqa  davr oralig’ida foyda keltirishi mumkin bo’lgan ish, 
strategik  jihatdan  umuman  foydasiz bo’lishi mumkin. 
Iqtisodiy 
xavfsizlikning  mezoni  –  iqtisodiy  xavfsizlikning  mohiyatini 
ifodalovchi  muhim  jarayonlar  nuqtai  nazaridan  iqtisodiy  holatni  baholash 
hisoblanadi. U quyidagilarni  o’z ichiga  oladi: 
– resurs salohiyati  va uni rivojlantirish  imkoniyatlarini  baholash; 
–  resurs,  kapital,  mehnatdan  samarali  foydalanish  darajasini  etakchi 
mamlakatlar  darajasiga  va  shuningdek,  ichki  va  tashqi  xarakterga  ega 
bo’lgan  tahdidlar  minimumni  tashkil  etgandagi  darajasiga  muvofiqligini 
baholash; 
– iqtisodiyotning  raqobatbardoshligini  baholash; 
– hududiy sarhadlarni  va iqtisodiy makonni  yaxlitligini  baholash; 
–  suverenitet  va  mustaqillikni,  tashqi  tahdidlarga  qarshi  turish 
imkoniyatlarini  baholash; 
–  ijtimoiy  barqarorlikni  va  ijtimoiy  ziddiyatlarni  oldini  olish  va  hal  etish 
imkoniyatlarini  baholash. 
Mamlakat  iqtisodiy  xavfsizligini  ta’minlashga  qaratilgan  tadbirlarni  amalga 
oshirish  uchun  uning  indikatorlari  monitoringini  tashkil  etish  ham  muhim  ahamiyat 
kasb  etadi.  Monitoring  iqtisodiy  xavfsizlik  ko’rsatkichlarini  aniqlash,  tahlil  qilish  va 
ularning  o’zgarish tendensiyalari  va istiqbolini  aniqlash  imkonini  beradi. 
Mutaxassislarning  fikricha,  mezonlar  biror-bir  harakatni  amalga  oshirish  uchun 
yo’llanma  sifatida  qabul  qilinishi  mumkin  emas.  Uni  amalga  oshirishda  jamiyat 
bazisini  qayta  tashkil  etish,  resurs  va  ishlab  chiqarish  salohiyatini  qayta  qurish,  yangi 
bozor  institutlarini,  xo’jalik  yuritish  dastaklarini,  boshqarish  tizimini  yaratishga 
muvofiq bosqichma-bosqich harakat qilish  zarur bo’ladi.  
Iqtisodiy xavfsizlikning  quyidagi  ko’rsatkichlari  mavjud: 

 
15 
yalpi  ichki  mahsulot  (hududiy  yalpi  mahsulot);  inflyatsiya  darajasi;  davlat 
byudjeti  kamomadi;  ichki  qarz  darajasi;  tashqi  qarz  darajasi;  ishsizlik  darajasi; 
turmush darajasi  va sifati;  oltin  valyuta  zahiralari; 
xufiyona  iqtisodiyot faoliyati;  ekologik  holat. 
YUqoridagi  ko’rsatkichlardan  tashqari  yana  bir  qator  ko’rsatkichlar  ham 
mavjud.  Masalan,  aholi  daromadlari,  chakana  narxlar  miqdori,  uy-joy  bilan 
ta’minlanganlik,  hududning  mamlakat  yalpi  ichki  mahsulotdagi  ulushi,  hududning 
to’lov balansi,  eksport-import saldosi va boshqalar. 
YUqorida  ta’kidlanganidek,  ko’rsatkichlarning  barcha  majmuasi  qabul  qilingan 
chegaralar  doirasida  bo’lgan  va  bir  chegaraviy  ko’rsatkich  boshqa  bir  chegaraviy 
ko’rsatkichning  yomonlashuvi  hisobiga  yaxshilanmagan  taqdirdagina  xavfsizlikning 
eng yuqori darajasiga  erishiladi.   
Xavfsizlik 
ko’rsatkichlari  bilan  ularning  tahlikali  chegara  miqdorlari 
o’rtasidagi bog’liqlik  dinamikada  o’rganilishi  zarur.  
Adabiyotlarda  iqtisodiy  xavfsizlikning  tahlikali  chegarasiga  oid  indikatorlar  50 
ko’rsatkichni o’z ichiga  olgan bo’lib, ular  to’rt guruhga  ajratilib  turkumlangan: 
– iqtisodiyotning  barqaror rivojlanishga  qodirligini  ifodalovchi  ko’rsatkichlar; 
– moliyaviy  tizim  barqarorligini  ifodalovchi  ko’rsatkichlar; 
– ijtimoiy  soha ko’rsatkichlari; 
– tashqi savdo va iqtisodiy faoliyat  ko’rsatkichlari
14

Birinchi  guruh  ko’rsatkichlariga  yalpi  ichki  mahsulot  hajmi,  sanoat  ishlab 
chiqarishi  hajmi  va  uning  tarkibi,  mashinasozlik  mahsulotlari  hajmida  yangi  turdagi 
mahsulotlar  ulushi,  mudofaa va fan uchun harajatlar  ulushi  kabi ko’rsatkichlar  kiradi. 
Ikkinchi  guruh  ko’rsatkichlariga  esa  davlat  byudjeti  kamomadi,  davlat  qarzi, 
pul muomalasi,  o’zaro hisob-kitob va boshqa moliyaviy  ko’rsatkichlar  kiradi. 
Uchinchi  guruh  aholi  daromadlari  darajasi,  aholining  mulkiy  jihatdan 
tabaqalanishi,  ishsizlik  kabilarni  o’z ichiga  oladi. 
To’rtinchi  guruh  ko’rsatkichlariga  esa  mamlakat  ichki  iste’molida  importning 
ulushi  va milliy  ishlab chiqarish hajmida  eksportning ulushi  kabi indikatorlar  kiradi.   
 
                                                                 
14
 Abulqosimov X.P.  Iqtisodiy xavfsizlik.  – T.:  Akadеmiya,  2006. 

 
16 
 
3- rasm. Iqtisodiy xavfsizlik  indikatorlarining  guruhlanishi 
 
Xo’jalik  yuritishning  istalgan  sohasida  –  ishlab  chiqarish,  tashqi  savdo,  ilmiy-
texnikaviy  hamkorlik  va  boshqalarda,  barcha  mamlakatlar    uchun  xavfsizlikning 
ma’lum  chegaralari  mavjud  bo’lib,  ularni  ilmiy  asoslangan  me’yorlar  asosida 
aniqlash  mumkin.  Ayni  paytda  ayrim  olingan  mamlakatda  mavjud  bo’lgan  vaziyatga 
to’liq  baho  beruvchi  universal  ko’rsatkich  mavjud  ekanligi  to’g’risida  gapirish 
unchalik  to’g’ri  bo’lmaydi.  CHunki  iqtisodiy  xavfsizlik  ko’p  omillar  ta’sirida 
bo’ladigan  hodisa  hisoblanib,  u  milliy  ishlab  chiqarishning  uzluksiz  o’zgarib  turuvchi 
ichki  va tashqi sharoitlarining  yig’indisini  aks ettiradi. 
Akademik  V.K  Senchagovning  umumiy  tahriri  ostida  chop  etilgan 
“Ekonomicheskaya  bezopasnost  Rossii”  nomli  dasrlikda  ta’kidlanishicha,  iqtisodiyot 
holati,  uning  xavfsizligi  uchta  indikator,  ya’ni  iste’mol  narxlari,  milliy  valyuta  kursi 
va  aholining  pul  daromadlari  bilan  belgilanadi.
 
Mana  shu  uchta  indikator  iqtisodiy 
xavfsizlikning  boshqa indikatorlariga  sezilarli  ta’sir ko’rsatadi. 
iqtisodiyotning 
barqaror 
rivojlanishga 
qodirligini 
ifodalovchi 
ko’rsatkichlar 
moliyaviy  tizim 
barqarorligini 
ifodalovchi 
ko’rsatkichlar 
ijtimoiy  soha 
ko’rsatkich 
lari 
tashqi savdo 
va iqtisodiy 
faoliyat 
ko’rsatkichlari 
YaIM hajmi, 
sanoat ishlab 
chiqarishi  hajmi 
va tarkibi, 
mashinasozlik 
mahsulotlari 
hajmida  yangi 
turdagi 
mahsulotlar 
ulushi,  mudofaa 
va fan uchun 
harajatlar va b. 
davlat byudjеti 
kamomadi, 
davlat qarzi, pul 
muomalasi, 
o’zaro hisob-
kitob  va boshqa 
moliyaviy 
ko’rsatkichlar 
 
aholi 
daromadlari 
darajasi, 
aholining 
mulkiy 
jihatdan 
tabaqalanishi, 
ishsizlik 
darajasi 
 
mamlakat 
ichki 
istе'molida 
importning 
ulushi  va 
milliy  ishlab 
chiqarish 
hajmida 
eksportning 
ulushi 
 
Iqtisodiy xavfsizlik  indikatorlarining 
guruhlanishi 

 
17 
Ular  iqtisodiy  xavfsizlik  vositasi  sifatida  xizmat  qiladi
15
.  Bunday  ko’rsatkichlar 
davlatning  iqtisodiy  xavfsizlikni  ta’minlash  borasidagi  vazifalarini  amalga  oshirish 
vositalaridan  biri  bo’lib hisoblanadi.  
CHegara  ko’rsatkichlari  –  iqtisodiyot  sohasidagi  milliy  manfaatlarning  miqdor 
jihatdan  ifodalanishidir.  Mazkur  ko’rsatkichlar  tizimli  tahlil,  prognoz  va  ijtimoiy-
iqtisodiy rejalashtirishning  muhim  vositasi bo’lib hisoblanadi. 
Iqtisodiyot  sohasida  asosiy  ustuvorlik  aholining  turmush  darajasini  yuksaltirish 
bo’lganligi  bois  YAIM  hajmi  va  u  bilan  bog’liq  ko’rsatkichlarning  quyi  chegaraviy 
miqdorlarini  belgilashda  aynan shu ko’rsatkich asos sifatida  olinishi  kerak. 
Jahon  tajribasidan  ma’lumki,  ijtimoiy  sohada  tahdidlar  minimal  darajada 
bo’lishi  uchun    yashash  minimumidan  past  daromadga  ega  bo’lgan  aholi  ulushi  7-10 
foizni  tashkil  etishi,  boy  va  kambag’allar  daromadlari  o’rtasidagi  tafovut  esa  sakkiz 
martadan  oshmasligi  kerak. 
Bir  guruh  rossiyalik  olimlar  iqtisodiy  xavfsizlikning    chegaraviy  miqdorlarini 
belgilashda  BMT  tomonidan  1990  yilda  qabul  qilingan  insoniy  rivojlanish  indeksini 
taklif  etadilar.  Mazkur  indeks  ijtimoiy  taraqqiyotning  eng  aniq  umumlashgan 
ko’rsatkichi (mezoni)  bo’lib hisoblanadi
16

Adabiyotlarda  iqtisodiy  xavfsizlikning  chegaraviy  miqdorlari  uchta  guruhga 
ajratib  ko’rsatiladi:
17
 
birinchi  guruhga  ishlab  chiqarish  sohasi,  uning  tashqi  dunyoga  minimal 
darajada  bog’liqlik  sharoitida  faoliyat  yuritish  qobiliyatini    kiritadilar.  Ushbu  guruhga 
quyidagi  chegaraviy  miqdorlar kiritilgan: 
–  YAIM  umumiy  hajmi  –  “katta  yettilik”  bo’yicha  o’rtacha  indikatorning  75 
foiz miqdorida; 
–  aholi  jon  boshiga  YAIM  hajmi  –  “katta  yettilik”  bo’yicha  o’rtacha 
indikatorning  50 foiz miqdorida; 
– dunyo bo’yicha o’rtacha indikatorning  100 foiz miqdorida; 
–  sanoat  mahsuloti    ishlab  chiqarishi  umumiy  hajmida  qayta  ishlash  sanoati 
ulushi  – 70 foiz; 
– YAIMda investitsiyalar  ulushi  – 25 foiz; 
– sanoat ishlab  chiqarishida   mashinasozlik  ulushi  – 20 foiz; 
–  aholining  ichki  iste’molida  import  ulushi  –  30  foiz,  shu  jumladan  oziq-ovqat 
mahsulotlari  – 25 foiz; 
–  mahsulot  ishlab  chiqarishning  umumiy  hajmida  yangi  mahsulotlar  ulushi  –  6 
foiz. 
Ikkinchi  guruh  ko’rsatkichlari  tarkibiga  aholi  turmush  darajasi  va  sifati  bilan 
bog’liq chegaraviy  miqdorlar  kiritilgan: 
 –  aholining  umumiy  sonida  yashash  minimumidan  past  daromadga  ega 
bo’lgan fuqarolar  ulushi  - 7 foiz; 
– umr ko’rish uzunligi  – 70 yosh; 
– boy va kambag’allar  daromadlari  o’rtasidagi tafovut – 8 marta; 
– ishsizlik  darajasi  – 7 foiz. 
                                                                 
15
Вечканов Г.С.  Экономическая безопасность: Учебник для  вузов.  – СПб.  Питер 2007,  с. 12   
16
Shu manba 73  bet. 
17
 Shu manba,  74-75  betlar. 

 
18 
Uchinchi  guruh  ko’rsatkichlari  moliyaviy  holat  bilan  bog’liq  bo’lib,  ular  
quyidagilardan  iborat: 
– YAIMga  nisbatan ichki  qarz miqdori – 30 foiz; 
– YAIMga  nisbatan tashqi qarz miqdori – 25 foiz; 
– YAIMga  nisbatan byudjet defitsiti  – 5 foizgacha; 
– naqd xorijiy  valyuta  hajmining  naqd milliy  valyuta  hajmiga  nisbati  25 foiz; 
– YAIMga  nisbatan pul massasi (M2) – 50 foiz. 
Mutaxassislarning  fikriga  ko’ra,  chegaraviy  ko’rsatkichlarning  bir    xil 
miqdorini  belgilab  qo’yish  uslubiy  jihatdan  uncha  to’g’ri  bo’lmaydi.  Masalan, 
birinchi  guruh  ko’rsatkichlarida  keltirilganidek,  investitsiyalar  ulushi  YAIMga 
nisbatan  hisoblaganda  25  foizdan  kam  bo’lgan  holatda  iqtisodiyotga  tahdid  yuzaga 
keladi.  Lekin,  ayni  paytda  investitsiyalar  ulushi  40  foiz  bo’lganida ham tahdid yuzaga 
kelishi  mumkin.  Farq  shundaki,  birinchi  holatda  mehnat  qurollarining  moddiy  va 
ma’naviy  jihatdan  eskirishi  natijasi  sifatida  tahdid  yuzaga  kelsa,  ikkinchi  holat  aholi 
turmush  darajasi  va  sifatining    pasayib  ketishiga  olib  kelishi  mumkin.  SHundan  kelib 
chiqib,  iqtisodiy  xavfsizlikning  ayrim  chegaraviy  miqdorlarini  qat’iy  qilib  emas,  balki  
ma’lum    doira chegarasida belgilash  maqsadga muvofiq bo’ladi.  
Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin