Nazorat savollari
1. Nima uchun raqobatbardoshlikni oshirish iqtisodiy xavfsizlik omili bo’lib
hisoblanadi?
2. Raqobatbardoshlikni oshirish uchun qanday chora-tadbirlarni amalga
oshirish kerak?
3. Inqirozga qarshi choralar Dasturida iqtisodiyotning raqobatbardoshligini
oshirish uchun qanday chora-tadbirlar beogilangan.
Asosiy adabiyotlar
1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni
barataf etishning yo’llari va choralari. T.: “O’zbekiston” , 2009
2. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va halqimiz
farovonligini yuksaltirishdir.-T: O’zbekiston, 2010-yil.
3. Vechkanov G.S. ekonomicheskaya bezopasnost: Uchebnik dlya vuzov. –
SPb. Piter 2007.
7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Monopoliyaga qarshi ishlarni
tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora –
tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni. Xalq so’zi, 2010-yil, 27-fevral
9-mavzu. Iqtisodiyotning real sektorida mamlakatning iqtisodiy xavfsizligi
Real sektor tarmoqlari mamlakat iqtisodiyotning eng muhim segmenti bo’lib
hisoblanadi. Ushbu sektor tarkibiga sanoat, qishloq xo’jaligi, qurilish va transport
kabi tarmoqlar kiritiladi.
Iqtisodiyotning real sektorida xavfsizlikni ta’minlash mamlakat milliy
xavfsizligini ta’minlashning muhim shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi. CHunki
barqarorlik va taraqqiyot aynan real ishlab chiqarish, samarali faoliyatni ta’minlash,
aholi bandligi, uning ehtiyojlarini to’liq qondirish bilan bevosita bog’liqdir.
Iqtisodiyot real sektorining iqtisodiy xavfsizligi energetika, oziq-ovqat va
axborot sohalarida xavfsizlikni ta’minlash bilan bevosita bog’liqdir.
Real sektorining eng yirik, yetakchi tarmoqi – sanoat tarmog’i hisoblanadi.
Unda mehnat qurollari (vositalari), mehnat buyumlari va xalq iste’mol tovarlarining
ko’pchilik qismi yaratiladi; mashina va mexanizmlarning barcha turlari, bino va
inshootlarning konstruktiv elementlari ishlab chiqariladi; yer osti boyliklari qazib
olish amalga oshiriladi; mineral, o’simlik va hayvon xomashyosiga ishlov beriladi,
keng iste’mol mollari tayyorlanadi va h.k.lar.
Tashqi iqtisodiy xavfsizlik
Ichki iqtisodiy xavfsizlik
44
5- rasm. Iqtisodiyot real sektorining iqtisodiy xavfsizligi
36
Sanoat tarmo’gi iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini ishlab chiqarish vositalari,
mehnat qurollari bilan ta’minlaydi. Milliy iqtisodiyot, fan, maorif, madaniyat,
sog’liqni saqlash, sport, turizm va boshqa sohalar rivoji sanoatning taraqqiyot
darajasiga bog’liq. Ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlari taraqqiyotida
sanoatning tarixiy roli beqiyosdir. SHu sababli uning rivoji va samaradorligi
qanchalik yuqori bo’lsa, davlatning mavqei shunchalik kuchli bo’ladi va aholi
turmush darajasi yanada yaxshilanib boradi. Sanoat tarmog’ining rivoji tufayli unda
band bo’lgan xodimlarning soni ko’payadi, ularning bilimi va mahorati ortadi,
kadrlar salohiyati yuqori darajaga ko’tariladi.
Faqat yirik mashina industriyasigina fan va texnika hamda innovatsiyaning
barcha yutuqlarini mujassamlashtirib, mehnatni texnika bilan qurollantirishi va
unumdorligini yuqori darajaga ko’tara oladi.
Sanoat va ayniqsa, uning eng muhim sohasi bo’lgan og’ir sanoat mamlakatda
kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosi hisoblanadi. U moddiy-texnika
vositalarini o’zi va boshqa tarmoqlar uchun takror ishlab chiqarish bilan bir vaqtda
jamiyat a’zolari o’rtasidagi ijtimoiy-ishlab chiqarish munosabatlarini takomillashtirib
ham boradi.
Sanoat uchun fan-texnikaning uzluksiz taraqqiyoti va ishlab chiqarishning
yutuqlari bilan qurollanishi darajasining o’sishi xarakterlidir. Unda elektrlashtirish,
kompyuterlashtirish va kimyolashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish
texnik va texnologik jihatdan qayta qurish sohasidagi ilg’or yutuqlardan keng
foydalaniladi.
Sanoat
moddiy
ishlab
chiqarishning
bosh
tarmog’i,
iqtisodiyotning
poydevoridir. Milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini qayta qurishga qodir bo’lgan
yirik mashinalashgan sanoatgina mustaqillikning birdan-bir moddiy negizi bo’lishi
mumkin.
Mamlakat aholisining ish bilan bandligini oshirishda sanoatning roli beqiyos.
O’zbekistonda mehnatga layoqatli aholining 13 foizi sanoat ishlab chiqarishida band.
36
Экономическая безопасность России. Учебник. / Под об щ. ред. акад. В.К. Сенчагова. 2005, с.108
Iqtisodiyot sub'yеktlarining
jahon bozorlaridagi xavfsizligi
Xorijlik hamkorlar bilan ishlab
chiqarish sohasida mulkiy
munosabatlar borasidagi xavfsizlik
Tarkibiy siyosat sohasidagi xavfsizlik
Invеstitsiyalar sohasidagi xavfsizlik
Ilmiy-tеxnika sohasidagi xavfsizlik
Xavfsizlikning tеxnogеn jihatlari
Rеal sеktor xavfsizligining funksional – tarmoq sohalari
Enеrgеtik xavfsizlik
Oziq-ovqat xavfsizligi
Axborot xavfsizligi
45
Tarmoqning yanada jadal rivoji sanoat kadrlari soni va ularning jamiyatdagi mavqei
yanada oshishiga olib keladi.
Respublika qishloq xo’jaligi iqtisodiyot real sektorining eng muhim va yirik,
mexanizatsiyalashgan tarmog’i bo’lib, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga, yengil va
oziq-ovqat sanoati tarmoqlarining xom ashyoga bo’lgan talabini qondiradi. Qishloq
xo’jaligi o’simlik va hayvonot mahsulotlarining dastlabki yoki to’liq qayta
ishlashning turli jarayonlarini o’z ichiga oladi va xalqning moddiy farovonligini
ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.
Respublika qishloq xo’jaligida paxtachilik va g’allachilik yetakchi tarmoq
hisoblanadi. Ayni paytda sholikorlik, kanopchilik, mevachilik, tokchilik, polizchilik,
sabzavotchilik sohalari, chorvachilikning qoramolchilik, qo’ychilik, xususan,
qorako’lchilik, echkichilik, parrandachilik, yilqichilik, tuyachilik, asalarichilik,
pillachilik sohalari ham asosiy tarmoqlarga kiradi. O’zbekiston jahonda yalpi paxta
yetishtirish bo’yicha 5-o’rinda, paxta tolasi eksporti bo’yicha 2-o’rinda (AQSHdan
keyin) turadi. Respublikada meva, uzum va sabzavotning yuqori sifatli navlari
yetishtiriladi,
shuningdek,
yetishtiriladigan
meva,
uzum,
sabzavot,
poliz
mahsulotlarining talay qismi qo’shni davlatlarga chiqariladi. O’zbekiston o’zining
sifatli pillasi va qorako’li bilan ham dunyoga mashhur.
Transport va aloqa tizimi iqtisodiyot real sektorining muhim tarmog’i bo’lib
hisoblanadi. Transport tarmog’i sanoat va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish
jarayonining davomini ta’minlovchi tarmoq sifatida O’zbekistonda ishlab chiqarish
infrastrukturasini shakllantirishda bevosita ishtirok etadi. Ayni shu ishlab chiqarish
infrastrukturasi, o’z navbatida, «transport va aloqa mollarimiz va xizmatlarimizning
tashqi bozorga chiqishini ta’minlaydi, ularning raqobatbardoshliligiga ta’sir qiladi
…»
37
.
Transport tarmoqi iqtisodiy aloqalarni ta’minlab, iqtisodiyotni rivojlanishi
uchun xizmat qiladi.
Transport moddiy, inson va moliyaviy resurslarni safarbar etish bilan iqtisodiy
o’sishni ta’minlaydi. YUklar va yo’lovchilarni tashish jarayonini takomillashtirish –
korxonalar xarajatlarini pasaytirish, savdo imkoniyatlarini oshirish, bozorlar
integratsiyasini
chuqurlashtirish,
raqobatni
kuchaytirish,
ijtimoiy
aloqalarni
kengaytirish va oxir-oqibatda jamiyat farovonligini oshirishning muhim omili bo’lib
hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasida umumiy foydalaniladigan yuk va yo’lovchilar
tashuvchi transportning barcha turlari – temir yo’l, avtomobil, aviatsiya, shahar elektr
transporti (tramvay, trolleybus, metropoliten) daryo, truboprovod transporti,
shuningdek, umumiy foydalanilmaydigan (sanoat) transport – temir yo’l, avtomobil,
tasmali transport, osma arqon transporti rivoj topgan.
3-jadval
Iqtisodiyotning real sektori asosiy tarmoqlarining yalpi ichki
mahsulotdagi ulushi, %
2000 -y. 2010-y. 2011-y.
Iqtisodiyotning real sektorining asosiy tarmoqlari,
58,0
62,8
60,0
37
Karimov I.A. O’zbеkiston iqtisodiy islo?otlarni chu?urlashtirish yo’lida. –T.: O’zbеkiston, 1995, 240 b.
46
shulardan:
Sanoat
14,2
21,1
22,3
qishloq xo’jaligi
30,1
26,3
19,4
Qurilish
6,0
4,8
5,6
transport va aloqa
7,7
10,6
12,7
boshqa tarmoqlar
42,0
37,2
40,0
Manba: Yillik statistik to’plam. 2011. – Toshkent, 2012, 33 b; Uzbekistan v tsifrax. 2012.
– Tashkent, 2012, s.31.
O’zbekistonda mustaqillikning ilk davrlaridan boshlaboq real sektor
korxonalarini rivojlantirish borasida chuqur islohotlar olib borildi. O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.Karimovning
“O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni
chuqurlashtirish yo’lida” nomli asarida “O’zak tarmoqlarni rivojlantirish O’zbekiston
iqtisodiy mustaqilligining eng asosiy sharti” ekanligi va ularni taraqqiy ettirish butun
iqtisodiyotning jadal rivojlanishi uchun mustahkam asos va qulay sharoit yaratishi,
ta’kidlab o’tilgan.
Mustaqillik davrida “milliy iqtisodiyotni shakllantirish va uni tubdan isloh
qilish mamlakatimiz mustaqil taraqqiyotining eng muhim omili va asosini” tashkil
etdi
38
.
Amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida respublika va aholi ehtiyojini,
birinchi navbatda yoqilg’i – energetika resurslari, iste’mol va oziq- ovqat
mahsulotlariga bo’lgan talabni ishonchli tarzda qondirishga erishildi. Bu esa
mamlakatda energetik va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun asos yaratdi.
Iqtisodiyot real sektori tarmoqlari va korxonalarining mamlakat iqtisodiyotida
juda katta o’ringa ega ekanligi, barqaror iqtisodiy o’sish va iqtisodiy xavfsizlikni
ta’minlanishi ko’p jihatdan ularning taraqqiy etishi bilan bog’liq ekanligi jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida yanada yaqqol namoyon bo’ldi.
Inqiroz sharoitida birinchi navbatda real sektorni, uning korxonalari va
kompaniyalarini qo’llab–quvvatlashga qaratilgan chora- tadbirlar amalga oshirilib
boshlandi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 18 noyabrdagi «Iqtisodiyot
real sektori korxonalarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari
to’g’risida»gi Farmoni muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Unda iqtisodiyot real sektori
korxonalarining kapitallashuv darajasini yanada oshirish va moliyaviy barqarorligini
mustahkamlash, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish va
boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish, iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish,
ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash
jarayoniga investitsiyalarni, shu jumladan, tijorat banklarining mablag’larini keng
jalb etish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni ishga solish ko’zda tutildi
Inqiroz oqibatlarini bartaraf etish borasida respublikada amalga oshirilgan
chora-tadbirlar orasida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 28
noyabrdagi «Iqtisodiyot real sektori korxonalarini qo’llab-quvvatlash, ularning
barqaror ishlashini ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish bo’yicha chora-
tadbirlar dasturi to’g’risida»gi Farmoni alohida o’rin egalladi. “Jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etish, iqtisodiyot real sektori
38
Karimov I.A. O’zbеkistonning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. Г Xal? so’zi. 2007 yil 31 avgust
47
bazaviy tarmoqlarining iqtisodiy o’sishi barqaror sur’atlari va makroiqtisodiy
mutanosibligi hamda barqaror ishlashini ta’minlash, aholi bandligiga ko’maklashish,
eksport qiluvchilar, sanoatning yetakchi tarmoqlari korxonalari hamda kichik
biznesni aniq manzilli qo’llab-quvvatlash maqsadida”
39
“Iqtisodiyotning real sektori
bazaviy tarmoqlari korxonalarini qo’llab- quvvatlash, ularning barqaror ishlashini
ta’minlash va eksport salohiyatini oshirish chora- tadbirlari dasturi“ ishlab chiqildi va
tasdiqlandi.
Farmonda respublika iqtisodiyoti real sektori sohasida jahon moliya- iqtisodiy
krizisining salbiy oqibatlarini bartaraf etishning hal qiluvchi omillari belgilandi. Ular
quyidagilardan iborat:
-
iqtisodiyotning
bazaviy
tarmoqlarida
modernizatsiya,
texnik
va
texnologik qayta jihozlash jarayonlarini faollashtirish, sifatli, eksportga yo’naltirilgan
raqobatbardosh
mahsulotlar
ishlab
chiqarishni
ta’minlaydigan
zamonaviy
moslashuvchan minitexnologiyalarni tadbiq etish;
-
ichki va tashqi bozorlarda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari
mahsulotlarining raqobatbardoshligini yanada oshirish, eksport qiluvchi korxonalar
tomonidan yangi tovarlar turlarini sotish hajmlarini kengaytirish hamda mahsulot
sotishning istiqbolli bozorlarini o’zlashtirish;
-
iqtisod qilishning qattiq tartibini joriy etish, jumladan, texnologik
jarayonlarni ratsionalizatsiyalash, ishlab chiqarishda materiallar, elektr va energiya
sarfini hamda boshqa sarf-harajatlarni kamaytirish hisobiga ishlab chiqarish
harajatlari va mahsulot tannarxini keskin kamaytirish;
-
texnik va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilish, mahsulot sifatini
boshqarishning xalqaro standartlarini tadbiq etish;
-
moslashuvchan narx-navo siyosatini amalga oshirish, jahon bozorlarida
narx-navo kon’yunkturasi tez o’zgarib borayotgan sharoitda eksport mexanizmlarini
takomillashtirish.
Farmonda joylardagi rahbar xodimlar, O’zbekiston Respublikasi Markaziy
banki, tijorat banklari rahbarlari zimmasiga iqtisodiyotning real sektori korxonalariga
har tomonlama yordam ko’rsatish, dasturda belgilangan vazifalarni amalga
oshirishda shaxsiy javobgarlik yuklangan.
Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlarni, real sektorni rivojlantirish borasidagi
chora-tadbirlarni amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-
yil 2-dekabrdagi «Navoiy viloyatida erkin industrial-iqtisodiy zona tashkil etish
to’g’risida»gi Farmoni alohida ahamiyatga ega bo’ldi.
Jahon standartlariga javob beradigan va jahon bozorlarida talab qilinadigan
mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan, zamonaviy yuqori texnologiyali ishlab
chiqarishlarni tashkil etish uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi galda to’g’ridan-
to’g’ri investitsiyalarni jalb etish bo’yicha qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek,
Navoiy viloyatining sanoat salohiyatini, ishlab chiqarish, transport- tranzit va
ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida Navoiy shahri xalqaro aeroporti
hududida “Navoiy” erkin industrial – iqtisodiy zona tashkil etildi.
39
O’zbеkiston Rеspublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2008-y. №49, 4-b.
48
Zamonaviy xorijiy yuqori unumli asbob-uskunalar va texnika, texnologik
liniyalar va modullar, innovatsiya texnologiyalarini joriy etish hisobiga yuqori
texnologiyali, jahon bozorlarida raqobatbardosh mahsulotlarni keng ko’lamda ishlab
chiqarish “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zona hududida xo’jalik yurituvchi
sub’yektlar faoliyatining asosiy yo’nalishi etib belgilandi.
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonaning faoliyat ko’rsatish muddati 30
yilni tashkil etadi. Erkin industrial-iqtisodiy zona faoliyati davomida uning hududida
alohida bojxona, valyuta va soliq rejimlari, O’zbekiston Respublikasi norezident
fuqarolarining uning hududiga kirish, hududda bo’lish va chiqib ketishning,
shuningdek, ular tomonidan mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnomalar
olishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilgan
40
. “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy
zona faoliyati Farmonga ilova qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga asosan
muvofiqlashtiriladi.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi O’zbekiston iqtisodiyotiga ham ta’sir
ko’rsatishiga qaramay, isloh etish va modernizatsiya qilishning O’zbekiston modeli
izchillik bilan ro’yobga chiqarilayotganligi, tarkibiy o’zgarishlarga, iqtisodiyotni
diversifikatsiya qilish, mamlakatdagi moliya-iqtisod, bank-kredit tizimining barqaror
va uzluksiz ishlashiga doir chora-tadbirlar natijasida inqirozning og’ir oqibatlaridan
holi qolishga va iqtisodiyotni barqaror ravishda faoliyat ko’rsatishiga erishildi.
Qisqacha xulosalar
Mamlakat iqtisodiyotida real sektori asosiy o’rinni egallaydi, SHuning uchun
ham ushbu sektorda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash mamlakat milliy xavfsizligini
ta’minlashning
muhim
shartlaridan
biri
bo’lib hisoblanadi. Iqtisodiyotning
barqarorligi va taraqqiyoti aynan real ishlab chiqarish bilan bevosita bog’liqdir.
O’zbekistonda real sektor korxonalarini rivojlantirish borasidagi islohotlar
mustaqillikning ilk davrlaridan amalga oshirib boshlandi. Iqtisodiyotning o’zak
tarmoqlarni rivojlantirish respublika iqtisodiy mustaqilligining eng asosiy sharti
ekanligidan kelib chiqib, ularni taraqqiy ettirishga alohida e’tibor qaratildi. Amalga
oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida respublika va aholi ehtiyojini, birinchi
navbatda yoqilg’i-energetika resurslari, iste’mol va oziq-ovqat mahsulotlariga
bo’lgan talabni ishonchli tarzda qondirishga erishildi. Bu esa mamlakatda energetik
va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun asos yaratdi.
Nazorat savollari
1. Real sektorning iqtisodiyotda tutgan o’rni qanday?
2.Nima uchun real sektorda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash zarur?
3.Mustaqillik yillarida real sektorni rivojlantirish uchun qanday chora-tadbirlar
amalga oshirilmoqda?
4.Real sektorni qo’llab-quvvatlash borasidagi Prezident Farmonlarining
mazmuni nimadan iborat?
5.Real sektorda xavfsizlikni ta’minlash uchun qanday chora-tadbirlar amalga
oshirilishi kerak?
Asosiy adabiyotlar
40
O’zbеkiston Rеspublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2008-y. №49, 6-b.
49
1. Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni
barataf etishning yo’llari va choralari. T.: “O’zbekiston” , 2009
2. Karimov I.A. Asosiy vazifamiz – vatanimiz taraqqiyoti va halqimiz
farovonligini yuksaltirishdir.-T: O’zbekiston, 2010-yil.
3. Karimov I.A. O’zbekistonnning 16 yillik mustaqil taraqqiyot yo’li. Xalq
so’zi, 2007, 31-avgust
4. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. –
T.: O’zbekiston, 1995, 240 bet
5. Vechkanov G.S. ekonomicheskaya bezopasnost: Uchebnik dlya vuzov. –
SPb. Piter 2007.
6. ekonomicheskaya i natsionalnaya bezopasnost. Uchebnik / pod red. d.e.n.,
prof. L.P.Goncharenko. M.: ZAO «Izdatelstvo «Ekonomika», 2008
7. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Monopoliyaga qarshi ishlarni
tartibga solish va raqobatni rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish chora –
tadbirlari to’g’risida”gi Farmoni. Xalq so’zi, 2010-yil, 27-fevral
8. O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami, 2008-y. №49, 6-b.
9. O’zbekiston Respublikasi qonun xujjatlari to’plami. №17-18, 2005, aprel-
may, 6-bet
10. Yillik statistik to’plam. 2011. – Toshkent, 2012.
11. Uzbekistan v tsifrax. 2011. – Tashkent, 2012.
10-mavzu. Aholi turmush darajasi iqtisodiy xavfsizlikning
ijtimoiy indikatori sifatida
Ijtimoiy sohadagi manfaatlar milliy manfaatlarning eng asosiylaridan bo’lib
hisoblanadi. Ijtimoiy sohadagi manfaatlar xalqning yuqori turmush darajasini
ta’minlash borasidagi davlat siyosatida aks etadi. Aynan ijtimoiy sohadagi manfaatlar
amalga oshganda shaxs, jamiyat va davlat manfaatlari o’rtasidagi muvozanatga
erishiladi.
Aholining yuqori turmush darajasi uning pul daromadlari dinamikasida, oziq-
ovqat va nooziq-ovqat tovarlar iste’moli, aholining mulkiy tabaqalashuvi darajasida,
bandlik darajasida, aholining barcha qatlamlari uchun sog’liqni saqlash, ta’lim
xizmatlaridan bahramand bo’lish imkoniyatlari mavjudligida namoyon bo’ladi.
Aholi turmush darajasi milliy va shuningdek iqtisodiy xavfsizlikning eng
asosiy
ijtimoiy
indikatorlaridan
bo’lib hisoblanadi. SHuning uchun ham
respublikaning mustaqil taraqqiyoti davrida aholini turmush darajasini oshirish
borasida islohotlarni amalga oshirishga katta e’tibor qaratildi.
Respublika aholisini ijtimoiy muhofaza qilish quyidagilarni o’z ichiga olgan
maxanizm asosida amalga oshirildi:
- nogironlar, yetim qolgan bolalar, yolg’iz qariyalarni ijtimoiy ta’minlashni o’z
ichiga olgan tizim;
- kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam tizimi;
- aholining alohida guruhlari uchun ijtimoiy imtiyozlar tizimi;
- pensiya ta’minoti tizimi;
50
- pensiya tizimi orqali qamrab olinmagan keksa kishilarga nafaqa to’lash
tizimi;
- ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish tizimi
41
.
Mustaqillik davrida amalga oshirilgan islohotlarning birinchi bosqichida inson
va oila hayotining barcha sohalarini ta’minlashga, umuman, aholining turmush
darajasini oshirishga qaratilgan va bir-birini to’ldiruvchi chora-tadbirlarning butun bir
tizimi shakllandi. Bu davrda narxlar erkinlashtirilishi va pulning qadrsizlanish
darajasi ortib borishi munosabati bilan daromadlarning eng kam va o’rtacha
darajasini muntazam oshirish ijtimoiy himoyalash chora-tadbirlari tizimidagi eng
ustuvor yo’nalishlardan biri bo’lib keldi. Islohotlarning ushbu bosqichida daromadlar
nisbatini o’zgartirish ish haqi, pensiyalar, stipendiyalarning, jamg’arma banklaridagi
aholi omonatlari stavkalarining eng oz miqdorlarini bir vaqtning o’zida
markazlashtirilgan tarzda qayta ko’rib chiqish yo’li bilan amalga oshirildi. 90-
yillarning birinchi yarmida ish haqi va pensiyalarning eng kam miqdori bir necha bor
oshirildi.
Respublikaning ichki iste’mol bozorini himoya qilish hamda oziq-ovqat
mahsulotlari va nooziq-ovqat mollari asosiy turlari iste’molini muayyan darajada
saqlab turish chora-tadbirlari ko’rilganligi aholini ijtimoiy jihatdan himoyalash va
ularning turmush darajasini oshirishning ikkinchi eng muhim yo’nalishi bo’ldi.
Islohotlar chuqurlasha borgan sari respublika aholisi manfaatlarini himoya
qilishning mutlaqo yangi tizimiga o’tish boshlandi. Bunda ichki narxlarni jahon
narxlari darajasiga tez tenglashtirib olish va aholi daromadlarini shunga muvofiq
ravishda oshirish yo’li bilan himoyalash chora-tadbirlari ko’rildi.
Respublika aholisini turmush darajasini oshirish va shu orqali mamlakatda
ijtimoiy va iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda faol ijtimoiy siyosatning uchinchi
yo’nalishi katta o’rin tutdi. Bunda aholini kam ta’minlangan tabaqalarini ijtimoiy
himoyalash va qo’llab-quvvatlash borasida kuchli chora-tadbirlar o’tkazildi. Bunday
siyosat aholining ijtimoiy jihatdan nochor tabaqalari – pensionerlar, nogironlar, ko’p
bolali va kam daromadli oilalar, ishsizlar, o’quvchi yoshlar va aholining shunga
o’xshash boshqa guruhlarini himoya qilish davlatning asosiy vazifasi, degan
qoidadan kelib chiqib amalga oshirildi.
Ko’rilgan chora-tadbirlar tufayli iqtisodiy islohotlarning ilk bosqichida
aholining eng muhtoj, ijtimoiy jihatdan nochor tabaqalari manfaatlarini himoya qilish
mumkin bo’ldi, bu esa aholining muayyan bir qismi qashshoqlashuvining oldini
olish, fuqarolar tinchligi va ahilligini ta’minlash imkonini berdi.
Islohotlar chuqurlasha borgan sari aniq maqsadli va aholining aniq tabaqalarini
qamrab oladigan ijtimoiy himoya tizimiga o’tildi. Bunday tizimning eng muhim
xususiyati, aholining turli qatlamlariga qat’iy tabaqalashtirilgan tarzda yondashuvdan
iborat bo’ldi.
Ijtimoiy ko’maklashuvning ta’sirchan tizimini tashkil etish yo’llarini izlash
natijasida ko’maklashishning eng sodda, ammo samarali va ochiq vositasi bo’lgan
mahalla orqali muhtojlarga yordam berishga o’tildi. Muhtoj oilalarni iqtisodiy
qo’llab-quvvatlash uchun o’zini o’zi boshqarish organlariga tayinli resurslar ajratib
41
Каримова Д.М. Узбекистан: социальное развитие за годы независимости. Материалы научного семинара. -
Ташкент, 2007, 16 ноябрь
51
berish maqsadida mahallalarda respublika va mahalliy byudjet mablag’lari,
shuningdek, korxona va tashkilotlarning, tadbirkorlik tuzilmalari va ayrim
fuqarolarning
ixtiyoriy
ravishda
o’tkazgan mablag’lari hisobidan maxsus
jamg’armalar hosil qilindi.
Bozor munosabatlari vujudga kelayotgan davrda jamiyatdagi ma’naviy,
ahloqiy muhit, odamlarning ruhiy va jismoniy holati maorif, sog’liqni saqlash hamda
madaniyat va san’at sohalarining rivojlanganligiga bog’liq ekanligini hisobga olgan
holda ushbu sohalar alohida qo’llab-quvvatlandi.
Mamlakatni va jamiyatni isloh qilishning eng murakkab o’tish davrida kuchli
ijtimoiy siyosat olib borilganligi va aholini himoya qilishning o’xshashi bo’lmagan,
samarali mexanizmini ishlab chiqilganligi ijtimoiy barqarorlikni mustahkamladi va
iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashga xizmat qildi.
Ta’kidlash joizki, keyingi yillarda aholining o’rtacha umr ko’rish darajasi
sezilarli ravishda ortdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning
O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prezident devonining
O’zbekiston mustaqilligining 16 yilligiga bag’ishlangan qo’shma majlisidagi
ma’ruzasida aholining o’rtacha umr ko’rish darajasi 1990-yilda 67 yoshni tashkil
etgan bo’lsa, 2006-yilda 72,5 yoshni tashkil etganligi, jumladan, erkaklar o’rtasida
umr ko’rish 66 yoshdan 70 yoshga, ayollar o’rtasida esa 70 yoshdan 74,6 yoshga
uzayganligi alohida ta’kidlandi”
42
.
Mustaqillik yillarida respublikada aholi turmush darajasini oshirish bo’yicha
olib borilgan siyosat to’la-to’kis o’zini oqladi. Bunday siyosat o’rtacha umr ko’rish
darajasini uzayishi, aholi daromadlarini oshishi, turmush darajasini ko’tarilishi,
ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy barqarorlikka erishish, turli tahdidlarni oldini olish
va oxir-oqibatda iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun zamin yaratdi.
Aholi ish haqi va daromadlarining o’sish sur’ati eng muhim ko’rsatkichlardan
biri bo’lib hisoblanadi. Ta’kidlash joizki, mustaqillik yillarida aholining real
daromadlari sezilarli darajada o’sdi. Masalan, ushbu ko’rsatkich 2006-yilda 2000-
yilga nisbatan 2,5 foizga, 1992-yilga nisbatan esa o’rtacha 12 barobar oshdi.
4-jadval
Aholining pul daromadlari tarkibi (aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi
bo’yicha)
Jamiga nisbatan foizda
O’tgan yilning mos
davriga nisbatan, foizda
2005 y 2007 y 2009 y 2005 y 2007 y 2009 y
Pul daromadlari, jami
100
100
100
126,3
130,2
138,0
Jumladan:
Ish haqi
27,8
31,8
36,9
130,1
140,6
154,6
Pensiyalar, nafaqalar, stipendiyalar
15,5
15,8
16,0
142,4
136,0
131,8
Tadbirkorlik faoliyatidan, qishloq
xo’jaligi mahsulotlarini sotishdan
tushgan va boshqa daromadlar
56,7
52,4
47,1
120,9
123,1
129,4
42
I.Karimov. O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy majlisi, Vazirlar Mahkamasi va Prеzidеnt dеvonining O’zbеkiston
mustaqilligining 16 yilligiga bag’ishlangan qo’shma majlisidagi ma'ruza.
52
Manba: O’zbekiston iqtisodiyoti // Axborot va tahliliy sharh. 2005 yil
«O’zbekiston» –T.: 2006, 93-b.; O’zbekiston iqtisodiyoti // Axborot va tahliliy
sharh. 2009 yil «O’zbekiston» –T.: 2010, 102-b.; O’zbekiston Respublikasi statistika
qo’mitasi ma’lumotlari
Respublikada har 3 yilda ish haqini 2-2,5 barobar oshirish muhim strategik
vazifa bo’lib hisoblanadi. SHu tariqa, aholining xarid qobiliyatini hisobga olgan
holda, yaqin yillar ichida xalq farovonligi va daromadlarini ta’minlash bo’yicha
yuksak marralarga erishayotgan mamlakatlar darajasiga ko’tarilish respublika
oldidagi asosiy maqsadlardan biri sifatida belgilandi.
Mamlakatimizda mehnatni rag’batlantirish, ish haqini ko’paytirsh va aholi
daromadlari o’sishini ta’minlashga qaratilgan siyosat natijasida o’rtacha ish haqi
miqdori muttasil o’sib bordi va 2008-yilda 300 AQSH dollarini tashkil etdi.
Respublikada aholining pul daromadlari 2004–2009–yillar davomida barqaror
o’sish tendensiyasiga ega bo’lgan (4-jadval). Tahlillar shundan dalolat beradiki, aholi
daromadlari o’sishining asosiy omili bo’lib ish haqi va ijtimoiy transfertlarning
o’sishi hamda aholiga qo’shimcha daromadlar olish uchun shart-shariotlar yaratish
xizmat qildi.
Respublikada daromadlar tarkibining takomillashuvi xarajatlar va iste’mol
tarkibining ham yaxshilanishiga olib kelmoqda (5-jadval). Aholining banklarga
qo’yilmalari va qimmatbaho qog’ozlar ko’rinishidagi naqd pul jamg’armalari
ko’payish tendensiyasi kuzatilmoqda. SHu bilan birga aholi iste’mol xarajatlari
tarkibida ovqatlanish uchun xarajatlarning kamayishi va xizmatlarga bo’lgan
xarajatlarning o’sishi tendensiyasi davom etmoqda.
Aholining uy-joy-kommunal soha ob’yektlaridan foydalanishini yaxshilash
bo’yicha ko’rilgan chora-tadbirlar uning turmush sifatini yaxshilashga yordam berdi.
Joylarda yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlash bo’yicha ishlab chiqilgan dasturlar
amalga oshirilmoqda.
«Mamlakatimiz aholisi, avvalo qishloq joylardagi odamlarning turmush
sharoiti izchil tarzda yaxshilanmoqda. Istiqlol yillarida 36 ming kilometrlik suv
quvurlari, 72 ming kilometrlik gaz tarmoqlari ishga tushirildi. Bu 1991-yilga qadar
erishilgan natijalarga nisbatan tegishli ravishda 2 va 4 barobar ko’p demakdir»
43
.
5 - jadval
Dostları ilə paylaş: |