3. Viruslar kompyuter ishini sekinlashtiradi
Yovuz niyatli shaxslarga kerak bo‗lgan vazifalarni bajarish va shu bilan birga
tizim resurslaridan ortiqcha foydalanuvchi zararli dastur va viruslar fon rejimida
ishlashi mumkin. Ushbu holatning yuzaga kelishi
xavfini minimallashtirish
uchun to‗liq (ya‘ni sinov muddati belgilanmagan) versiyali antivirusli dasturiy
ta‘minotlardan foydalanish lozim – chunki «trial» versiyalarda ko‗pincha
foydalanuvchilar g‗ashiga teguvchi va antivirusni o‗chirib qo‗yishga undaydigan
ko‗p sonli xabarnomalar mavjud. Bu uchun bepul mahsulot «Microsoft Security
Essentials» yomon variant emas. Antivirusni o‗rnatgandan so‗ng uning
sozlamalarida kompyuterni muntazam tekshirib turish va bazalarni yuklash
hisobga olinganligiga amin bo‗lish lozim.
4. Xotira hech qachon ko‗p bo‗lmagan
Operativ xotira (RAM)ni «kuchaytirish» – kompyuter ishini tezlashtirish uchun
bajarilishi eng qulay usul sanaladi. Muayyan bir qurilma
uchun kerakli xotira
turini aniqlashga yordam beruvchi maxsus servislar mavjud.
5. SSD-disklar tezroq ishlaydi
Ushbu usul nafaqat shaxsiy, balki har qanday turdagi kompyuter ishini
tezlashtirishda
yordam
beradi.
An‘anaviy
qattiq
disklar (HDD
–
Hard Disk Drive) qattiq sirtli saqlovchi qurilmalar (SSD – Solid State Drive)ga
nisbatan sekinroq ishlaydi. Bundan tashqari bu kabi disklarda qo‗zg‗aluvchi
qismlar yo‗q, bu esa kompyuter ishlashida shovqinni nisbatan kamaytiradi.
SSD-disklar standart saqlovchi qurilmalarga nisbatan qimmatroq, lekin narxlari
borgan sari pasayib bormoqda.
6. Ko‗p sondagi avtomatik ishga tushuvchi dasturlar ishni sekinlashtiradi
Ko‗pincha kompyuter ishga tushirilgan paytida u uzoq vaqt ―o‗ziga kela
olmaydi‖ va odatdagidan sekinroq ishlaydi, buning sababi operatsion tizim ishga
tushganidan so‗ng yuklanayotgan ko‗p sonli dasturlar hisoblanadi.
Ushbu
ro‗yxatni boshqarishga yordam beruvchi menyuni chaqirish uchun
«Pusk» menyusining qidiruv maydoni yoki «Win+R» tugmasini bosganimizda
ochiladigan «Vipolnit» oynasining matn satriga «msconfig» buyrug‗i
kiritiladi («Windows»ning so‗nggi versiyalarida bu Ctrl+Shift+Esc klavishalar
birikmasi orqali chaqiriluvchi «Dispetcher zadach» oynasida joylashtirilgan).
Biroq notanish dasturlarni qidiruv tizimiga kiritib, ahamiyatini o‗rganib
ko‗rmaganingizga qadar o‗chirib qo‗yish joiz emas – ular «tizimli» dasturlar
hisoblanib, kompyuterning to‗g‗ri ishlashiga ta‘sir qilishi mumkin.
7. Eng «og‗ir» ishlovchi dasturlarni o‗z nazoratimizga olishimiz lozim
«Dispetcher zadach» (taskmgr.exe) yordamida joriy
ishlab turgan jarayonlar
ro‗yxatini va ularning har biri qancha resurs iste‘mol qilayotganligini bilish
mumkin. «Dispetcher zadach»dan foydalanish juda ahamiyatli emas, lekin
samarali. Misol uchun, agar foydalanuvchi ko‗p bo‗limlar (vkladki) ochishga
odatlangan bo‗lsa, ba‘zi brauzerlar har bir ochilgan bo‗lim
uchun alohida
jarayon (protsess) yaratadi, keyin esa ularning orasida keraksiz hisoblanganlari
katta hajmdagi xotirani egallab turgan bo‗lib chiqadi. «Dispetcher zadach»da
ushbu bo‗lim (vkladka) jarayonini to‗xtatish joriy sahifada xatolik keltirib
chiqaradi, bo‗limning o‗zi esa yopilib qolmaydi va istalgan vaqtda unga qaytish
mumkin hisoblanadi.
8. Brauzer keshini tozalash
Veb-sahifalarga murojaat etganda kompyuter sekin ishlashni boshlasa, muammo
qurilma yoki operatsion tizimda emas, balki brauzerda bo‗lishi mumkin. Keshni
tozalash aksariyat hollarda brauzer ishlashini tezlashtirishga yordam beradi.
9. Defragmentatsiya kompyuter ishlashini tezlashtirishga imkon beradi
Kompyuterni tezlashtirish uchun defragmentatsiyaga murojaat qilishni hattoki
«Microsoft»ning rasmiy sayti ham tavsiya etadi. Darhaqiqat, fayllarning yuqori
darajadagi fragmentatsiyasi qattiq diskning qo‗shimcha ishlarni amalga
oshirishiga
majbur qiladi, bu esa qurilmaning umumiy sekinlashishiga olib
keladi.
«Windows»da ma‘lumotlarni tartibga keltirish maqsadida disklarni
defragmentatsiya qilish uchun o‗rnatilgan vositasi mavjud – bu diskning yanada
samarali ishlash imkonini beradi. Defragmentatsiya jarayonini foydalanuvchi
tomonidan hamda aniq boshlanish vaqtini belgilash orqali avtomatik ishga
tushirish imkoniyati mavjud. Shu bilan birga
defragmentatsiyaning SSD-
disklarga zarar keltirishi haqida ko‗rsatmalar bor. Shuning uchun bu turdagi
disklarda ushbu jarayonni amalga oshirmagan ma‘qul (vaholanki ularni qo‗llab-
quvvatlovchi defragmentatsiya dasturlari mavjud, dasturlar ko‗rsatmalariga aniq
rioya etish esa juda muhim).
10. Vaqti-vaqti bilan kompyuterni qayta ishga tushirish (perezagruzka)
Kompyuterning to‗xtovsiz ishlashi bilan ba‘zi dasturlar kerak bo‗lganidan ko‗ra
ko‗proq xotira iste‘mol qilishni boshlaydi – bu esa vaqt o‗tishi bilan
kompyuterning sekin ishlashiga olib keladi. Qayta ishga tushirish ortiqcha band
bo‗lib turgan xotirani ―bo‗shatishga‖ yordam beradi. Bundan tashqari, ishni
to‗xtatib qo‗ymaslik uchun foydalanuvchi
tomonidan ancha payt ortga
surilayotgan yangilanishlar (obnovleniya) kompyuter qayta ishga tushganidan
so‗ng (agar ular mavjud bo‗lsa) o‗rnatiladi – ular turli xatolarni yopishi va
qurilmaning tezlashishiga ham ta‘sir ko‗rsatishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: