dasturlashtirilgan topshiriq hamda harakatlarni bajaradi, odam kirishi qiyin
bo‗lgan yoki aholi salomatligiga xavf solishi mumkin bo‗lgan vazifalarni
bajarishda qatnashish xususiyatiga ega. Kimyo‗sanoati korxonalarida yoxud
favqulodda holatlar oqibatlarini bartaraf etishda ham uning xizmatidan
foydalanish mumkin.
— Talabalar, universitet xodimlari hozircha ikkita 3D-printerdan faol
foydalanishmoqda, — deydi Jonibek. — Hamkasblarimiz ushbu sohaga shu
darajada sho‗ng‗ib ketishganki, har kuni turli innovatsion ishlanmalar ustida
bosh qotirishadi, mazkur qurilmaning imkoniyatlarini turli sharoitlarda sinab
ko‗rishmoqda. Biz 3D-printerlardan modellashtirish uchun foydalanamiz.
Bunday qurilmalar bir qator oliy ta'lim muassasalaridagina ishlatiladi, xolos.
Vaholanki, dunyoning turli mamlakatlarida ulardan keng foydalanilayapti. Biz
hozircha tibbiyot sohasida, aniqroq aytadigan bo‗lsak, zamonaviy protezlar
tayyorlashda 3D-printerlardan foydalanishga ko‗proq urg‗u berayapmiz.
Kelajakda istiqbolli yo‗nalishlarda ham ushbu qurilmani jadal qo‗llash
choralarini ko‗ramiz. Haqiqatan ham, respublikamizda 3D-printerlar ayrim oliy
ta'lim muassasalaridagina mavjud bo‗lib, ular tor doirada ishlatilayapti.
Ammo mutaxassislarning fikricha, 3D-modellashtirish bo‗yicha kadrlar
tayyorlash haqida bugundan bosh qotirish lozim. Zero, ushbu sohada dunyo
miqyosida tala tobora o‗sib borayapti. Tabiiyki, yaqin istiqbolda yurtimizda ham
unga ehtiyoj yuksaladi. Binobarin, innovatsion ishlanmalar va ilg‗or
texnologiyalarni yaratish hamda hayotimizning barcha jabhasiga joriy qilish
davlatimiz siyosati darajasiga ko‗tarilganligi ham bejiz emas.
Dostları ilə paylaş: