Purkagichli plotterlar Purkagichli plotterlar (IN K-Jet Plotter) tasvirlarni shakllantirishda qog‘ozga
bosuvchi kallakning mayda soplolari yordamida siyox, tomchilarini
yo‘naltirilgan purkashdan foydalanadi — bu purkagichli printerlarni ko‘rib
chiqishda purkagichli bosishning "pufakchali" texnologiyasi deb ataldi.
Purkagichli plotgerlar bilan bajarilgan chizmalar sifati juda yuqoridir.
Purkagichli plotterlarning uch ko‘rinishi mavjud:
monoxromli, rangli va
rangli bosish imkoniyatli. Rangli purkagichli plotterlar yozuvchi kallakda ko‘p sonli soplolarni ishlatadi,
lekin ularning o‘tkazish qobiliyati bunda taxminan ikki marta kamayadi. Rangli
tasvirni yaratish odatda poligrafiyada qabul qilingan CMYK rangli sxemasi
bilan amalga oshiriladi, ya‘ni soplolarning to‘rt gURO‘hi ishlatilib, ularning har
biriga aniq rangli bo‘yoq to‘g‘ri keladi: Cyan — havo rang, Magenta — to‘q
qizil rang, Yellow — sariqrang, Key — etakchi (qora rang). Rangli plotgerlarni
ko‘pincha ularni rangli bosish imkoniyatli plotterlardan farqlash uchun to‘da
rangli deb ataladi.
Rangli bosish imkoniyatli purkagichli plotterlar faqat chiziqlarni yoki
belgilarni rangli bajarish imkonini beradi, lekin ular butun bir soholarni turli
ranglarga bo‘yashga qodir еmas. Purkagichli plotterlarga misollar: Hewlett
Packard HP220, Summa-graphics Sumrna Jet 2M, CalComp TechJet Designer
720 (hammasi monoxromli); CalComp TechJet Color, Hewlett Packard
HP650C, Encad Nova Jet 3 (hammasi to‘la rangli).
Purkagichli plotterlarda ham chizish tezligi yuqori еmas, shuning uchun katta
hajmli grafik axborotni chiqarish uchun ularni ishlatish maqsadga muvofiq
еmas.
Еlektrostatik plotterlar Еlektrostatik plotterlar (Electrostatic Plotter) yozuvchi kallaklar yordamida
maxsus еlektrostatik qog‘oz yuzasida berk potencial relefni yaratish
texnologiyasiga va bu relefda suyuq bo‘yoqii tindirishga asoslanadi. Rangli
tasvirni yaratish uchun chizish jarayoni 4 marta qaytariladi (CMYK rangli
sxemasi), albatta, bu unchalik qulay еmas. Ikkinchi jiddiy kamchilik — maxsus
qimmatbaho еlektrostatik qog‘ozning ishlatilishidir. Tasvir sifati va chizish
tezligi bu plotterlarda yuqoridir.