O‘qitish materiallar I to‘plami shaxsiy kompyuter arxitekturasi va jihozlariga texnik xizmat ko



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə286/365
tarix19.12.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#184900
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   365
Shaxsiy kompyuter arxitekturasi va ofYendirboyeva Zumrad Zohidjon qizi

Nazorat savollari: 
1. Anakart parametrlar vazifalari? 
2. Qattiq diskni tanlash qanday bajariladi? 
3. Qattiq diskni o'rnatishning asosiy bosqichlari qaysilar? 
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
R.N.Usmonov, F.A. Raxmatov, B.M.Nurmetov ―Kompyuter 
tizimlariga texnik xizmat ko‘rsatish‖, Toshkent –―ILM ZIYO‖-2012 
2.
N.Xodjayev, R.E.Yaxshiboyev, N.V.Grinyuk ―Shaxsiy kompyuter 
arxitekturasi va texnik xizmat ko‘rsatish‖ , ―Fidokor Yosh Avlod‖ 
Toshkent-2021 
Internet saytlari 
3.
Arxiv.uz 
4.
Ziyonet.uz 
23-Mavzu: Qattiq diskni o„rnatish va sozlash 
Reja:
1.
Windows XP o'rnatish 
2.
Windows XP ni qattiq diskka o`rnatish 
3.
Vinchesterlar 
Windowsni o`rnatishdan oldin qattiq disk razdellari konfiguratsiyasi haqida 
jiddiy o`ylab ko`rish kerak. Agar kompyuterda bir necha hil OT mavjud bo`lsa 
bu masalaga jiddiyroq tus oladi. 
Bu holatda har bir OT uchun alohida o`z razdeli bo`lishi kerak. Agar 
kompyuterda faqat Windows XP dan foydalanish ko`zda tutilsa u holda qattiq 
diskni 2 ta bo`limga bo`lish taklif etiladi. Birinchi razdel OT va unda 
ishlaydigan amaliy va xizmatchi dasturlar uchun foydalaniladi va u asosiy 
(primary) va aktiv (activ) razdel hisoblanadi. Ikkinchi razdel mantiqiy (logical) 
razdel hisoblanib, unda foydalanuvchi uchun zarur bo`lgan fayllar, o`rnatiluvchi 
dasturlar saqlanadi. Bu taklif etilgan konfiguratsiya malumotlaringizni tasodifiy 
buzilishlardan, viruslar bilan zararlanishdan, OT buzilishlaridan himoyalaydi. 
Windowsni o`rnatishda birinchi navbatda shuni aniqlash lozimki, Windowsni 
o`rnatish va uni ishlatish uchun kompyuter resurslari yetarlimi. Buni aniqlashda 
2 ta xujjat yordam beradi: minimal aparat konfiguratsiyasi va mo`tanosib 
qurilmalar ro`yxati (Hardware Compatibility List, HCL). 


Windows XP ni o`rnatishdan oldin kompyuterning quyidagi minimal talablarga 
mosligini tekshirib ko`ring: 
Protsessor Pentum 233 MHz yoki undan kuchliroq 
Tafsiya etiladigan operativ xotiar xajmi 128 Mbayt, minimal 64 Mbayt, 
maksimal 4 Gbayt 
Vinchesterda kamida 1,5 Gbayt bo`sh joy 
VGA monitor 
Klaviatura, sichqoncha 
CD yoki DVD diskovod 
Tarmoqdan o`rnatish uchun tarmoq kartasi va kabel. 
Windows XP ni o`rnatish masteri mavjud qurilamalrni avtomatik tarzda 
tekshiradi va mumkin konfliktlar xaqida habar beradi. 
Windowsa XP ni yuklovchi kompakt-disklar orqali o`rnatishda kompyuter BIOS 
I CD/DVD-ROM orqali yuklashga ruhsat bergan bo`lishi kerak. Buni BIOS 
orqali sozlash mumkin. Zamonvaiy kompyuterlarda CD/DVD-ROM orqali 
yuklash sozlangan bo`ladi. 
Keling, Windows XP Professional ni CD/DVD-ROM orqali o`rnatishni ko`rib 
chiqamiz: 
1. Yuklovchi CD/DVD diskni CD/DVD-ROM ga qo`yamiz va kompyuterni 
qayta yuklaymiz. Agar BIOS da CD/DVD-ROM orqali yuklashga ruhsat 
berilgan bo`lsa kompyuter CD/DVD diskdagi sistema orqali yuklanadi. Bunda 
foydalanuvchiga WIndowsni o`rnatuvchi master dan tashqari turli hil utilitalar, 
ya`ni qattiq disk bilan, BIOS bilan, parollar bilan ishlovchi utilitalar, 
antiviruslar, arxivatorlar, navigatorlar ni ishlatish mumkin. Taxminan quyidagi 
rasmda berilgan holatdagidek: 
 
2-Windowsni o`rnatuvchi masterni yuklaymiz. Bunda kompyuterda dinamik 
yuklanish jarayoni sodir bo`ladi: 
3- Shundan so`ng o`rnatishnign ilk bosqichlari boshlanadi. Bunda litsenziya 
kelishivi ekranda chiqadi, F8 bosildi. Bazi disklarda litsenziya kelishuv qismi 
olib tashlangan bo`lishi ham mumikin. 


 
4- Quyidagi ishlarni bajarish mimkin: 
1. 
Windowsni o`rnatish uchun [Enter] 
Tiklash konsoli yordamida Windowsni tuzatish [R] 
O`rnatish dasturidan chiqish [F3] 
5- [Enter] ni bosib o`rnatishda davom etamiz: 
Bunda mavjud qattiq diskdagi bo`limlardan birini tanlash kerak. Bu bo`limga 
Windows OT o`rnatildi. Bo`limda albatta kamida 1.5 Gbayt joy bo`lishi kerak. 
Windowsni tanlangan razdelga o`rnatish uchun [Enter] 
Yangi razdel hosil qilish uchun [C] 
Tanlangan razdelni o`cherish uchun [D] 
6- [Enter] ni bosib o`rnatishda davom etamiz: 
Tanlangan razdelni formatlaymiz. Bunda quyidagi usullar taklif etiladi: 
NTFS tizimida tez formatlashFAT tizimida tez formatlash 
NTFS tizimida to`liq formatlash 
FAT tizimida to`liq formatlash 
 
7- NTFS tizimida to`liq formatlashni tanlab davom etamiz: bunda formatlash 
vaqti tanlangan razdel xajmiga bog`liq ravishda kop` yoki kam bo`ladi. 



Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   282   283   284   285   286   287   288   289   ...   365




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin