2.
N.Xodjayev, R.E.Yaxshiboyev, N.V.Grinyuk ―Shaxsiy kompyuter
arxitekturasi va texnik xizmat ko‘rsatish‖ , ―Fidokor Yosh Avlod‖
Toshkent-2021
Internet saytlari
3.
Arxiv.uz
4.
Ziyonet.uz
30-Mavzu: Tizimli blok. Tizim bloklarining turlari
Reja:
1.
Tizimli blok.
2.
Tizim bloklarining turlari
3.
DXQ haqida ma‘lumot
TIZIMLI BLOK. Aynan tizimli blok kompyuterning eng muhim bloke bo‘lgani
uchun uni batafsil ko‘rib chiqamiz. Avval ta‘kidlanganidek, tizimli blok
kompyuterning asosiy elektron qurilmalarini o‘z ichiga oladi. Shuning uchun u
SHK ning eng muhim tashkil etuvchilaridan biri sanaladi. Tizimli blokning
tarkibi quyidagilardan iborat: 1.
Tizimli plata; 2. Diskyurituvchi; 3. Qattiq disk
(vinchestr); 4. Tok manbai bloki. Tizimli plata bu - maxsus materialdan
yasalgan plastinada joylashgan mikrosxemalardan iborat bo‘lib, ular o‘zaro
bog‘lovchi elektr (tok) o‘tkazuvchi yo‘llari bilan bog‘langan. Tizimli plata
EHMning eng muhim elementlarini o‘zida jamlaydi, chunonchi:
u markaziy
protsessor; u tezkor xotira mikrosxemalari; u doimiy xotira qurilmasi; u taymer
(joylashtirilgan soatlar); u kengaytirish tutashmalari va boshqalar. Tizimli
plataning eng muhim elementlaridan biri - markaziy protsessoridir. Dastur bilan
berilgan ma‘lumotlarni o‘zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini
boshqaradigan
hamda
hisoblash
ishlariga
tegishli
moslamalarning
o‘zaro‗aloqasini o‘rnatadigan qurilma-protsessor deb ataladi. Protsessorda
arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish, xotiraga murojaat qilish,
dasturda
berilgan ko‘rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda bajarilishini boshqarish
hamda asosiy xotira o‘rtasida aloqa o‘rnatish amalga oshiriladi. Protsessor katta
integral sxemalardan foydalanish asosida quriladi. Protsessor kompyuterning
asosiy qurilmalaridan, ya‘ni kompyuterning ―yuragi‖ deb hisoblanadi. Bir so‘z
bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha
ko‘rsatmalarini bajaradi. Shaxsiy kompyuterning eng muhim ko‘rsatkichi uning
ishlash tezligi va ma‘lumotlarni saqlash uchun xotira hajmidir. Ma‘lumki, 2
sonini turli darajalari bo‘lgan 4, 8, 16, 32, 64 lar bilan bog‘liq bo‘lgan
mikroprotsessorlar qabul qilishi mumkin bo‘lgan betlar soni kompyuterlarning
razryadini
belgilaydi.
IBM
RS
kompyuterlarning
butun
taraqqiyoti
mikroprotsessorlarni ishlab chiqaruvchi Intel firmasi bilan bog‘liq.
Aksariyat
shaxsiy kompyuterlar ushbu firma mikroprotsessorlari bilan ishlaydi. Shartli
ravishda firmaning 8086 yoki 8088 (16 razryadli) mikroprotsessorlari IBM RS
XT (extended version, ―Iks-ti‖ deb o‘qiladi) deb nomlanadi. Mazkur firmaning
80286 (16 razryadli) mikroprotsessorlari bilan ta‘minlangan SHK lar IBM RS
AT (Advanced Techology) deb ataladi. IBM RS shaxsiy kompyuterlarning oilasi
tez rivojlanmoqda. Bugungi kunga kelib Intel firmasining ko‘p razryadli ishlash
samarasi va imkoniyati katta Rentium shaxsiy kompyuterlari tez tarqaldi. Rower
RS rusumidagi yana ham kuchli mikroprotsessorlarning tarqalishi kutilmoqda.
Tizimli platada joylashgan yana bir eng muhim element-tezkor xotira
mikrosxemalaridir. Tezkor xotira yoki tezkor xotira qurilmasi (TXQ) o‘zida ayni
vaqtda kompyuter ishlayotgan dasturlar uchun ma‘lumotlar
shu bilan birga
ishning natijasi saqlanadigan mikrosxemalardan tashkil topgan. Tizimli platada
joylashgan xotiraning yana bir turi - doimiy xotira qurilmasi (DXQ,) yoki
doimiy xotira (DX) deb ataladi. Doimiy xotira BIOS (Basic Inrut - Outrut
System - kiritish va chiqarishning baza tizimi) nomli zavodda yozilgan
boshqaruv dasturlari to‘plamini saqlovchi mikrosxemadir. Doimiy xotirada
saqlanayotgan axborotni tezkor xotiradagilardan farqi shuki,
kompyuter tok
manbaidan o‘chirilganda ham axborot saqlanib qoladi. Undagi axborot bir marta
zavodda mikrosxema tayyorlash jarayonida kiritiladi, uni o‘zgartirish mumkin
emas. DXQ (BIOS) – quyidagi vazifalarni bajaruvchi dasturlar to‘plamidir.
Birinchidan, kompyuter manbaga ulanganda uning hamma qurilmalarini,
masalan diskyurituvchi va vinchesterlarni boshqarishga imkon bersa,
ikkinchidan taymer kompyuterdagi to‘xtovsiz ishlaydigan elektron soat, vaqtini
va yilini aniqlash uchun xizmat qiluvchi mikrosxema. Kengaytirish raz‘yomlari
- kompyuter imkoniyatlarini kengaytirib, uning
yordamida kompyuterlarga
qo‘shimcha qurilmalar ulanadi. Odatda kengaytirish raz‘yomlarida qurilmani
boshqaradigan alohida maxsus platalar qo‘yiladi. Bunday platalar nazoratchilar
deb nomlanadi. Masalan, monitor ishini boshqaradigan plata videonazoratchilar
deb nomlanadi. Kompyuterning barcha qurilmalari uchun boshqaruv signallar
beruvchi vosita markaziy protsessor bo‘lsada, nima uchun nazoratchilar mavjud
degan, savol tug‘iladi. Buning mohiyati shuki, markaziy protsessor boshqaruv
signallarini
umumiy tartibda beradi, nazoratchi ularni qabul qilib, bevosita
qatnashishi talab qilinmaydigan qator yumushlarni bajaradi. Hayotiy bir misol
timsolida masalan, bosh oshpaz o‘z yordamchilariga palov damlashni buyuradi,
buni markaziy protsessor boshqaruv signaliga qiyoslasak, oshpazlar esa sabzi,
guruch, o‘tinlarni
tayyorlaydi, bu - nazoratchi bajaradigan ishlar deb tushunsa
bo‘ladi. Tizimli platada yana boshqa ko‘plab qurilmalar joylashgan, biroq, ular
to‘g‘risida ma‘lumot kompyuter ishini chuqur o‘rganishni hohlagan
foydalanuvchi uchun muhim bo‘lishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: