Moviy ekran muammosi. Monitor moviy ekrani ko‘pincha bir yoki bir necha
qurilmalar ishida nosozliklar bo‘lganida hamda dasturiy ta‘minotda muammolar
bo‘lganida paydo‗bo‘ladi. Kompyuter qotib qolishidan BSOD‘ning farqi ShK
ishlamay qolganida moviy fonda oq rangli matn ko‘rinishida ogohlantirishga
ulguradi. Ba‘zida ekranda umuman o‘qib bo‘lmaydigan «yozuvsimon
shakllarni» ko‘rish mumkin. Agar o‘chib qolish sabablari to‘g‘risidagi axborotni
o‘qib ulgursangiz BSOD bergan axborot qaysi qurilmaga taalluqli ekanligini
aniqlashga urinib ko‘ring. Agar aniqlay olmasangiz, Internetdagi temirlar
to‘g‘risidagi saytlar forumiga yordam bilan murojaat eting.
Shundan keyin BSOD tomonidan shikoyat qilingan qurilmani almashtirish yoki
test sinovidan o‘tkazish bilan ayb qayerda ekanligini aniqlashga harakat qiling.
Agar moviy ekran paydo‗bo‘lib, tezda yo‘q bo‘lsa va ShK qayta yuklana
boshlasa, operativ xotira va quvvat blokini tekshiring. Operativ xotirani boshqa
kompyuterda tekshirib ko‘rish mumkin. Ba‘zida kontaktlarni oddiy qalam bilan
tozalab keyin spirt bilan artish ham yordam beradi.
O‟z-o‟zidan qayta yuklanish. Agar ShK o‘z-o‘zidan qayta yuklanadigan bo‘lsa
(ayniqsa, ishga tushirilganida yoki murakkab qo‘shimchalar ishlash jarayonida),
unda birinchi bo‘lib, quvvat blokini tekshirib ko‘rish zarur bo‘ladi. Buni oddiy
tajriba usuli bilan — quvvat bloki test sinovi rejimida S&M dasturi ishga
tushiriladi. O‘z-o‘zidan qayta yuklanishning yaxshi ma‘lum bo‘lgan va jonga
tekkan ta‘minot blokidagi boshqa sabablardan biri biror-bir joyida kontaktlari
yomonligi bo‘lishi mumkin. Barcha ulangan qismlarni tekshirib chiqing. Agar
kompyuter oldindan hozir qayta yuklanish sodir bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantirsa,
bundan oldin hech qanday dasturni o‘rnatmagan bo‘lsangiz va qayta yuklanishni
to‘xtata olmasangiz, unda bunga zararli Sasser dasturi yoki uning ko‘plab
sharhlaridan biri sababchi bo‘lishi mumkin. Bunday holatda yangi antivirusni
takror ishga solish kerak.