oshirib yuborib, ba‘zan juda pasaytirib yuborib, aniq ishlamaydi.
Bunday
holatlarda protsessor kuleri radiatoriga barmoqlarni tekkizib ko‘rib (ehtiyot
bo‘ling — kuyib qolish mumkin!) haroratni aniqlash eng oddiy usul hisoblanadi.
Agar barmoqni uzoq vaqt tekkazib turish mumkin bo‘lsa, demak, hammasi
joyida. Agar uzoq vaqt tekkazib turish mumkin bo‘lmasa, kulerning yaxshi
o‘rnatilganligini tekshirib ko‘rishga to‘g‘ri keladi. Agar kuler to‘g‘ri o‘rnatilgan,
biroq uning quvvati yetmayotgan bo‘lsa (buni ishlab
chiqaruvchi saytidan u
qaysi protsessorlar uchun mo‘ljallanganligini topib aniq bilib olish mumkin),
unda yanada kuchliroq sovutish tizimini o‘rnatish haqida o‘ylashga to‘g‘ri
keladi. Ko‘pincha sistema bloki ichiga chang to‘planishi (bu holat yerda
turadigan sistema bloklarida ko‘p uchraydi), ventilyatori to‘xtab qolishi yoki
juda issiq yoz kunlari sababli qizib ketish muammosi paydo‗bo‘ladi.
Quvvat
manbai bloki qizib ketishi sababini aniqlash ham oson. Birinchi navbatda,
ventilyatori ishlayotganligini tekshirib ko‘rish zarur. Agar ishlayotgan bo‘lsa,
haydalayotgan havo harorati qanday? Iliq «shabada» xavf tug‘dirmaydi. Issiq
havo esa ta‘minot bloki ortiqcha yuklama bilan ishlayotganligini bildiradi.
Zamonaviy bloklarning ko‘pi qizib ketishdan
himoyalanish tizimi bilan
ta‘minlangan. Quvvat elementlari harorati 100oC darajaga yetganida avtomatik
tarzda o‘chiriladi. Agar shunday muammoga duch kelgan bo‘lsangiz, quvvat
blokini almashtirishga to‘g‘ri keladi. ShK barqarorligini tekshirish uchun S&M
eng oddiy dastur hisoblanadi. Xalq orasida unga «sado‗maza» deb nom berdilar.
S&M yordamida protsessorni kuchli ishlatish va
maksimal qizdirish mumkin
bo‘ladi. Agar test sinovlari jarayonida protsessor qizib ketmasa, demak, sovutish
masalasida muammolar yo‘q. Qiziqarli tomoni faqat bitta yadrosi qizishini
tanlash mumkin. Protsessor yuklamasini 100 foizdan kamga qo‘yilganida ish
rejimi siklik davriy pulsatsiyaga aylanadi — protsessor va ta‘minot bloki quvvat
tizimini tekshirish uchun haqiqiy «sado»ga aylanadi. «Quvvat bloki» qismi ham
juda qiziqarli. Uni tekshirish paytida dastur faqat xotira bilan protsessorni emas,
balki videokartani ham yuklaydi. Ventilyatorlar harorati,
quvvati va aylanish
tezligining shaxsiy monitoringini birlashtirish ham juda foydali bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: