ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-132-135 Academic Research, Uzbekistan 135 www.ares.uz hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali differensial
tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga oshirish mumkin.
Multimediyali ishlanmalar asosida o‘tkaziladigan ma’ruza mashg`ulotining
ssenariysi. Guruhda yo‘qlama qilinib, mashg`ulot mavzusi va maqsadi hamda
mashg`ulot davomida qo‘llaniladigan texnologiyalar yuzasidan qisqacha ma’lumotlar
beriladi. Yangi mavzu tushunchalarini kiritish uchun kerakli o‘rganilgan matematik
tushuncha va tasdiqlarni takrorlash, tartiblash va qo‘yilgan maqsadga qaratish uchun
elektron ko‘rgazmali qurol ko‘rinishida tayyorlangan savollar va tez hal etiladigan
topshiriqlar ekranda namoyish etiladi. O‘qituvchi talabalarning javoblarini baholab
boradi va bu savol-javobda barcha talabalarning faol ishtirok etishiga e’tiborni
qaratadi.
Yangi mavzuga o‘tishda talabalarga to‘plam, ular ustida bajariladigan amallar
qanchalik maktab matematikasidan tanishligini aniqlash va ularning bilimini oliy
ta’lim talablari asosida to‘ldirish va chuqurlashtirish maqsadida talabalarga maqsadga
qaratilgan savollar berib borish va ularning javoblarini to‘ldirish (klaster tuzishni
topshirish mumkin), tartiblash orqali yangi tushunchalar kiritiladi. Talabalarga Eyler-
Venn diagrammalari haqida elektron ko‘rgazmali qurol yordamida ma’lumot beriladi
va bir qancha misollar birgalikda hal etiladi. Dars davomida to‘plamlar ustida
bajariladigan amallar, Eyler-Venn diagrammalari multimedia imkoniyatlaridan
foydalanib Power Point dasturi orqali tayyorlangan elektron ko‘rgazmali qurollar
yordamida namoyish etib boriladi.