JAMOAT TRANSPORT! SALONIDA: Salonga kirgan zahoti, o'rtasiga o'tib oling, chiqish maydonchalarida to'xtab turmang. Keksa odamlarga, nogiron va yosh bolali yo'lovchilarga joy bering.
Jamoat transportida shovqin qilmang va baland ovozda so'zlashmang. Haydovchini ishidan chal- g'itmang. Oynalardan boshingizni chiqarmang. Agar chiqish bekatingiz yaqinlashib qolgan bo'lsa, awalroq harakatqilib chiqishga hozirlik ko'ring.
TRANSPORTDAN TUSHISHDA: Transport vositasi batamom to'xtab bo'lgandan so'ng tushing. Tramvaydan tushib, transport qatnaydigan joyda turib qolmang va avval o'ng tomonga qarab yaqin lashib kelayotgan transport vositasi bo'lmasa, yo'lkadanyuring.
Avtobusning yoki trolleybusning orqasidan,Tramvayning o'ting oldidan o'ting
AVTOBUS YO 'L-TRANSPORT HODISASIGA UCHRAGANDA: Avtobusdan chiqib ketish uchun eshiklardan, qopqoqli shamollatish tuynuklaridan, halokatdan chiqish uchun mo'ljallangan derazalardan foydala- ning. Yo'l-transport hodisasidan so'ng sarosimaga tushmasdan vaziyatni ko'zdan kechiring. U qaysi holatda ekanligini bilib, so'ng chiqishga harakat qiling.
TRAMVAY YOKI TROLLEYBUS YO'L- TRANSPORT HODISASIGA UCHRAGANDA Tramvay, trolleybus salonida sarosimaga tush masdan vaziyatni ko'zdan kechiring. U qaysi holatda ekanligini aniqiab, tutqichga tegib ketmaslikka harakat qilib sakrab tushing, chunki vagon elektr tokida bo'lishi murnkin.
AVARIYA HOLLARIDA AVTOBUSDAN CHIQISH: 1. eshik 2. shamollatish tuynuklari 3. halokatdan chiqish uchun mo'ljallangan derazalar METRO METROGA KIRAVERISHDA:
Aylanma g'ov (turniket) orqali bepul o'tishga urin- mang: bu xavfli (tabaqalarning zarb bilan urishi jarohatga olib kelishi mumkin).
Birinchi xavfli joy - aylanma g'ov ESKALATORDA: Ogoh, xushmuomala va ehtiyotkor bo'ling. Shovqin qilmang va ba- land ovozda so'zlash- mang. Eskalatorda yugurmang, uning harakatiga qarshi turmang, tutqich hamda zinalarga buyumlarni qo'ymang va o'tirib olmang. Eskalatordan tushayotganda to'xtab qolmang, tiqilinch holatni yuzaga keltirmang. Tezlik oshib ketsa yoki eskalator yaroqsiz holatga kelsa, tezda boshqa eskalatorga o'tib oling. Tangalar va boshqa mayda jismlarni eskalatorga tashlamang.