bosh miyaning eng pastki qismi,quyi qismi orqa miyaga, yuqori qismi esa miya ko'prigiga tutashgan, uzunligi 3-3,5 sm, massasi o'rtacha 7 g bo'ladi. Uzunchoq miyaning shikastlanishi nafas olishning va yurak ishining to'xtab qolishiga sabab bo'ladi.
O`qituvchi varianti
Miya ko`prigi
uzunchoq miyaning ustki qismida joylashib, yuqori tomondan o'rta miya, yon tomondan miyacha bilan tutashib turadi. Miya ko'prigida uchlik, ko'z soqqasini va yuz muskullarini harakatlantiruvchi nervlarning markazlari joylashgan.
O`qituvchi varianti
O`rta miya
Varoliyev ko'prigining yuqorisida joylashgan bo'lib, unda to'rt tepalik: to'rt tepalikning oldingi 2 tasida po'stloqosti ko'rish markazlari, orqadagi 2 ta tepalikda esa po'stloqosti eshitish markazlari joylashgan.
O`qituvchi varianti
Oraliq miya
o'rta miyaning yuqori qismida joylashgan bo'lib, bosh miya katta yarimsharlari bilan qoplanib turadi. Oraliq miyaning tarkibiy qismlariga ko'rish do'mboqlari (talamus), do'mboqosti soha (gipotalamus) kiradi.
O`qituvchi varianti
Miyacha
bosh miya katta yarimsharlari ensa bo'lagining tagida joylashgan, massasi 150 g
O`qituvchi varianti
Oqimtir yadro
Oqimtir yadro tana muskullari tarangligini va harakatini boshqaruvchi nerv markazi hisoblanadi. U o'zidan pastda joylashgan oraliq va o'rta miya funksiyalarini boshqaradi. Oqimtir yadro zararlansa, tana muskullarining taran- gligi ortib, qo'l-oyoqlarning harakati qiyinlashadi, yuz muskullarining tarangligi ortib, go'yo yuzga niqob kiygandek bo'ladi, ya'ni odamning har xil emotsional (xafa, xursand) holatlarini aniqlab bo'lmaydi.
O`qituvchi varianti
Talg`ir tana
Targ'il tana oqimtir yadro ishini boshqaradi. Targ'il tana
kasallansa, oqimtir yadroning ishi kuchayib ketadi va tana muskullarining tarangligi pasayib, ixtiyorsiz harakatlar paydo bo'ladi.