часть
4
«
Научный импульс
»
Ноябрь
, 2022
492
Ta’lim vositalarini tanlashni aniqlovchi omillar: maqsadni belgilash; o’quv axborot
mazmuni; ta’lim vositalari; yetakchi bilim manbai; o’quv materialining yangiligi va
murakkabligi.
O’qitishni ma’ruza shaklining o’ziga xos xususiyatlari – ma’lumotli ma’ruza, muammoli
ma’ruza, vizuallashtirilgan ma’ruza, binar ma’ruza, xatosi oldindan rejalashtirilgan ma’ruza,
ma’ruza- anjuman, ma’ruza-maslaxatlardan iborat.
Ma’ruza darslariga pedagogik texnologiya usullaridan “Tarmoqlar”, “3x4”,
“interv’yu”, “aqliy xujum” usullarini qo’llash tavsiya etiladi.
Laboratoriya darslarining asosiy maqsadi – talabalarda nazariyadan olingan bilimlarini
mustaxkamlash hamda ularni chuqur tahlil qilishdan iborat. Laboratoriya mashg’ulotlarida
elektron darslik va virtual laboratoriyalardan foydalanish fizika fanini o’qitish
samaradorligini yanada oshiradi.
Amaliy mashg’ulot darsi fizikaning biror bo’limiga bag’ishlangan bo’lib, u faqat bu
bo’lim ma’ruzada o’rganilgach amalga oshiriladi. Dars boshida ma’ruzada o’tilgan qonun-
qoidalar, formulalar eslatiladi va shu mavzuga doir masalalar yechiladi. Bu dars jarayonida
“bumerang”,”Kichik
guruxlarda
ishlash”,”Aqliy
hujum”,
“Muzyorar”,”Blits-
o’yin”,”Sinkveyn”,”Esse”,”Insert” kabi pedagogik texnologiya usullarini qo’llash mumkin.
«Nanotexnologialarni energetika va atrof muhit muxofazasida qo`llash. Yangi avlod
quyosh elementlari»
mavzusini o’qitishda noan’anaviy metodlardan biri “Aqliy hujum”
metodidan foydalanish ham mashg’ulot o’tkazishda ijobiy natijalarga olib keladi. Bu metod
amerikalik olim Osborn tomonidan taklif qilingan va hozirgi kunda “aqliy hujum”ning bir
necha usullari ishlab chiqilgan. Bu metodning nomidan ma’lumki, aql vositasida bitta
muammoga hujum uyushtiriladi. Hamma ishtirokchilar birgalikda bir hodisaga yoki bir
muammoga fikr qaratadi va uning yechimini topishga harakat qiladi. Demak, “Aqliy hujum”
jamoa g’oyalarini yig’ishdir. Maqsad xilma-xil g’oyalarni yig’ish, mustaqil fikrlash, ijodiy
masalani mustaqil yechishdir.
Nanotexnologiyalarni qo`llanish sohalarini aniqlash bo`yicha, energetikada qo`llanishi
bo`yicha hamda nanomateriallarning turlari bo`yicha Klaster usulining qo`llanishi quyidagi
rasmlada namuna sifatida keltirilgan.