часть
4
«
Научный импульс
»
Ноябрь
, 2022
491
O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash),
muammoviy usul, keys-stadi, pinbord, paradokslar va loyihalar usullari, amaliy ishlash usuli.
O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro
o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh. O’qitish vositalari o’qitishning an’anaviy
shakllari (darslik,ma’ruza matni) bilan bir qatorda – komp’yuter va axborot texnologiyalari.
Kommunikatsiya usullari: tinlovchilar bilan operativ teskari aloqaga asoslangan
bevosita o’zaro munosabatlar.
Teskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so’rov, oraliq va joriy va
yakunlovchi nazorat natijalarini tahlili asosida o’qitish diagnostikasi.
Boshqarish usullari va vositalari: o’quv mashg’uloti bosqichlarini belgilab beruvchi
texnologik xarita ko’rinishidagi o’quv mashg’ulotlarini rejalashtirish, qo’yilgan maqsadga
erishishda o’qituvchi va tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya
mashg’ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.
Monitoring va baholash: o’quv mashg’ulotida, ham butun kurs davomida, ham
o’qitishning natijalarini rejali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida test topshiriqlari yoki
yozma ish yordamida tinglovchilarning bilimlari baholanadi.
Ta’lim berish usuli –
belgilangan ta’lim berish maqsadiga erishish bo’yicha ta’lim
beruvchi va ta’lim oluvchilar o’zaro faoliyatini tartibli tashkil etish yo’lidir.
Ta’lim berish usuli,
ta’limiy maqsadni amalga oshirish bo’yicha ta’lim beruvchi va
ta’lim oluvchi bilan hamkorlik faoliyatining murakkab jarayonining asosi hisoblanadi.
Usullar: ushbu ta’lim berish davridan chiqqanda ta’lim oluvchi bilishi, uddalashi va
qadrlashi lozim bo’lgan ko’zlanayotgan maqsadga erishishni ta’minlaydi.
Usullarni tanlashni asosiy qoidasi – turlicha emas ta’lim berish maqsadiga mos kelish.
Usullarga qo’yiladigan asosiy talab – natija beradigan, faqat bittasini qo’llash. Usulning
asosiy natijaviyligining mezoni – belgilangan vazifani hal etish uchun uni qo’llashning
mosligi va tejamkorligi. Ta’lim texnologiyasini loyihalashda usulni ongli tanlash, ularni har
birining imkoniyatlarini ko’ra bilishi kerak.
Yaxshi yoki yomon usullar mavjud emas. Usulning natijaviyligini bajarilgan yoki
bajarilmagan vazifa bo’yicha xulosa chiqarish mumkin.
Tajribalarning ko’rsatishicha, usulning asosiy natijaviylik mezonlari quyidagilar:
-belgilangan vazifalarni hal etish uchun uni qo’llashning mosligi:
-uni qo’llashda soddalik va osonlik:
-nafaqat eng yaxshi natijalarni ta’minlashi, balki ularga erishishning yuqori
ishonchliligini ta’minlay olishi.
Talabalarni – o’quv bilish faoliyatlarini jadallashtirishga yordam beruvchi ta’lim
vositalarini tanlash va ulardan foydalanish quyidagilarga bog’liq: 1) maqsadni belgilash; 2)
asosiy bilim manbaiga; 3) ta’lim usuliga; 4) o’quv materialining yangiligi va murakkabligiga;
5) talabalarni o’quv imkoniyatlariga.