“O‘qituvchi kasbi” mavzusi doirasida terminologik minimum.
Konspekt
Har bir fan o‘zining predmeti va metodologik asoslariga ega bo‘lganidek, pedagogika ham o‘zining kategoriyalari, o‘rganish ob'ekti va predmeti, metodikalar va metodologiyasiga ega. Ma'lumki, pedagogika XV11 asrning ikkinchi yarmidan boshlab falsafa fani zamirida shakllandi hamda jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida vujudga keldi. Pedagogikaning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shgan Sharq va G‘arb mutafakkir va ma'rifatparvarlarining ta'lim-tarbiyaga doir qarashlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Pedagogika - ta'lim-tarbiyaning maqsadi, mazmuni, vazifalari, davlat ta'lim standartlarida belgilangan talablar asosida pedagogik jarayonni tashkil qilish, uni boshqarish, yangi avlodni sifatli o‘qitish va tarbiyalash metodlari,usullari, vositalari, qonuniyatlari, uning ichki mexanizmlari, pedagogning kafolatlangan natijaga erishishini ta'minlovchi maqsadli faoliyatini o‘rganuvchi fandir. Pedagogika ijtimoiy fanlar tizimidagi fan sifatida yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g‘oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o‘rganadi.
Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o‘rganadi.
Pedagogika fanining maqsadi va vazifalari: – Respublikamizda barkamol avlodni voyaga yetkazishning yaxlit muammolarini hal qilish; – ta'lim-tarbiya samaradorligini uzluksiz oshirish va jahon talablari darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish; – umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini e'tiborga olib, ta'lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllantirib borish imkonini yaratish; - Ta'lim va tarbiya mazmunini ilg‘or pedagogik tajribalar asosida boyitib borish, innovatsion va axborot texnologiyalarini amaliyotda qo‘llash tadbirlarini belgilash; – uzluksiz ta'lim sifatini oshirish va uni boshqarish yo‘nalishlarini belgilash muammolarini hal qilish; – “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan talablarni amalga oshirish va h.k.
Zamonaviy pedagogika fanining vazifalari: – Sharq va G‘arb mutafakkirlari va ma'rifatparvarlarining ilg‘or pedagogik g‘oyalarini o‘rganish, tahlil qilish asosida barkamol shaxsni tarbiyalash; – komil inson tarbiyasining asos qirralari – pedagogik tamoyillar, qonuniyatlar, metod va vositalarni aniqlash, ulardan amaliyotda foydalanish; –ta'lim – tarbiya nazariyalarini zamonaviy metodikalar bilan uyg‘unlikda texnologiyalashtirish; – O‘zbekiston Respublikasi “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da o‘qituvchilarga qo‘yilgan talablarni amalga oshirish, ta'lim menejmenti asoslarini o‘rganish, qaror qabul qilish texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish; –barkamol shaxsni tarbiyalashda zarur bo‘lgan hamkorlik texnologiyalarini ishlab chiqish, axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish 13 ko‘nikmalarini shakllantirish va amaliyotda qo‘llay olish malakasini rivojlantirish va h.k
Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari. Har bir fanning mazmun va mohiyatidan kelib chiqadigan, uning asosiy tomonlarini yoritishga xizmat qiladigan va eng ko‘p ishlatiladigan asosiy tushunchalari bo‘ladi. Xuddi shuningdek pedagogika fanining ham asosiy tushunchalari -kategoriyalari mavjud. Kategoriya- (yunoncha: kategoria- «ko‘rsatma», «dalil», «tushuncha») pedagogikada ta'lim va tarbiyaga oid jarayonlar xususiyatlarini, mohiyatmazmunini, shaxs va jamiyat, shaxs va guruh, shaxs va jamoa o‘rtasidagi, ta'lim va tarbiya, ma'naviy-ma'rifiy, axloqiy-estetik, iqtisodiy-ekologik va boshqa munosabatlarni aks ettiruvchi asosiy tushunchadir. Kategoriya bilish jarayonlarining tarixiy rivojlanishi va jamiyat tajribasi asosida paydo bo‘ldi. Kategoriyalar orqali inson borliqni va tevarak atrofni, ijtimoiy hayotda sodir bo‘layotgan voqyea-hodisalarni o‘rganadi.
Pedagogik muhit – ta'lim –tarbiya maqsadlariga muvofiq ravishda tuzilgan shaxslararo (o‘qituvchi – tahsil oluvchi; o‘qituvchi-o‘qituvchi; tahsil oluvchi-tahsil oluvchi; o‘qituvchi-tahsil oluvchi-jamoa; o‘qituvchi-ota-onalar; tahsil oluvchi-otaona va boshqalar) orasidagi munosabatlar majmui. Ichki muhit – shaxsning o‘ziga xos hayotiy faoliyati, xarakterning o‘ziga xosligi, hayotiy tajriba va irsiy tafakkur ko‘nikmalari majmui, odatdagi ruhiy holatlarda o‘zini namoyon etadigan ta'sirchanlik va voqyelikka munosabatlarning o‘zaro bir-biriga muvofiq kelishi, bir-birini to‘ldirishi va boyitishi.
Tarbiya – uzoq muddatli, ko‘p xususiyatli, tarbiyalovchi va tarbiyalanuvchi o‘rtasidagi qo‘shaloq jarayon bo‘lib, tarbiyalanuvchida aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida muayyan sifatlar, ko‘nikmalar shakllantiriladi va rivojlantiriladi6 . Tarbiyachi o'zi hohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun ularning ruhiyatiga ma'lum maqsadga ko'ra tizimli ta'sir ko'rsatadi. Ta'lim - bilim, ko'n ikma va malakalarni egallash, dunyoqarashni tarkib toptiradigan jarayon. Bunda bilim – bir butunlikni tashkil qiluvchi qismlar orasidagi, ularning ichki ziddiyatlaridan kelib chiqqan bog‘liqlikdir. U qonuniyat deb ham yuritiladi. Ya'ni bilim insoniyat tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, jumladan ishlab chiqarishda zarur bo‘lgan fan asoslarini qonunlar va tushunchalarni o‘zlashtirish natijasidir. Bilimni hayotda ko‘p samara beradigan qilib qo‘llay olish uchun bilim bilan birga ko‘nikma va malaka hosil qilish lozim. Bilim bahsda kerak bo‘lsa, ko‘nikma va malaka mehnat faoliyatida, dunyoni o‘zlashtirishda zarur. Ko‘nikma – malakaning tarkibiy qismi bo‘lib, harakatning ayrim qismlarini nihoyatda tez, aniq va maqsadga muvofiq ravishda bajarilish qobiliyatini ifodalaydi va o‘quvchi – talabalarda ko‘p marotaba takrorlanadigan mashqlar natijasida yuzaga keladigan harakatlar yig‘indisidir. Malaka – tahsil oluvchilarning bilim egallash va mehnat jarayonidagi harakatini (yoki harakatlar majmuasini) muayyan sharoitda maqsadga muvofiq shakllantirish va shu orqali o‘qishda va mehnat faoliyatida ijobiy natijalarga erishib, ongli bajarishga tayyor bo‘lishdir.Iqtidor va ko‘nikma mashq qilish va takrorlash orqali malakaga aylanadi. Turli malakalardan ishonchli, ijodiy foydalanish hamda kasbiy malakalar rivojlanishining yuqori darajasi va kasbiy ta'limning mutloq ko‘rinishi mahorat bilan belgilanadi. Mahorat – bu murakkab ishni tez, aniq bajarishning yengilligi, mehnatning yuqori sifati va barqaror maromidir. Ta'lim jarayonida tahsil oluvchilar muayyan ma'lumotga ega bo‘ladilar. Ma'lumot - ta'lim - tarbiya natijasida olingan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko'n ikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir. Insonning shaxs sifatida shakllanishi, tarbiyalanishi va ta'lim olishi pedagogik jarayonda sodir bo‘ladi.