O'qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyati va psixologiyasi.
Reja:
Pedagogik muloqat va uning ahamiyati.
O’qituvchining o’quvchilar bilan muomala odobi.
O’qituvchi faoliyatida sharqona umuminsoniy qadriyatlardan foydalanish.
O’qituvchi kasbiy faoliyatida muloqot madaniyatini shakllantirish
muammosi kishilik jamiyatining ehtiyojlari va talablaridan kelib chiqqan holda hal
qilinadi. Shu boisdan hozirgi davrda O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to’g’risida”gi Qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturida kasb tanlash motivlari,
kasbiy tayyorgarlik, kasbiy layoqat va kasbiy mahorat bilan cheklanib qolmaslikni,
balki bo’lg’usi pedagog kadrlar shaxsiy faoliyatida kasbiy madaniyatni tarkib
toptirish mutlaqo zarur ekanligi ta’kidlanadi. Respublikamizda o’qituvchilik
kasbining o’ziga xos etnopsixologik fazilatlari, hislatlari, qobiliyatlari ish uslublari,
pedagogik mahorat sirlarini egallash yo’llari, shaxslararo muloqot madaniyati
yuzasidan turli davrlarda har xil ilmiy izlanishlar olib borilgan.
Muloqot madaniyatining tarbiyalovchi imkoniyatlarini ro’yobga chiqarish ko’p
jihatdan o’qituvchining shaxsiy sifatlari bilan belgilanishini ta’kidlab o’tish
lozim. Pedagogik muloqot madaniyatining har jihatdan to’g’ri tanlangan,
o’qituvchining ma’naviy saviyasi, betakror xususiyatlariga muvofiq keluvchi
uslubi quyidagi vazifalar majmuini hal qilishga yordam beradi:
Birinchidan, muloqotda har bir o’quvchiga alohida e’tibor va dilkashlik, sinf
jamoasi bilan umumiy muloqot jarayonini soddalashtiradi, o’qituvchining erkin
pedagogik faoliyati uchun zamin tayyorlaydi, ziddiyatli vaziyatlarni oson hal
qiladi;
Ikkinchidan, har bir o’quvchi bilan o’zaro munosabatni erkin muloqot
asosida tashkil qilish, ularning yosh xususiyatlariga monand pedagogik va
psixologik muloqot uslublarini tanlash, uning ruhiyatini bilishga, ichki dunyosiga
kirib borishga yo’l ochadi;
Dostları ilə paylaş: |