1.2. Parda Tursun adabiiy faoliyati va “O`qituvchi” romani yozilgan tarixiy
sharoit.
Sho`ro davri o`zbek adabiyotining ko`zga ko`ringan vakillaridan biri Parda
Tursundir. Bu uning taxallusi bo`lib, asl ism-sharifi Tursunov Pardadir. U 1909
yili 7-noyabrda Namangan viloyati Pop tumanidagi Chorkesar mahallasida
4
Q. Azizov, O. Qayumov “Chet el adabiyoti tarixi”,Toshkent 1987.
18
dehqon oilasida tug`ildi. Ota-onadan erta etim qolgan Parda Tursun sarson-
sargardonlikda hayot kechiradi.
Ayovsiz yillar shamoli uni 1918 yilda Chorkesar qishlog`idan Toshkentga
etaklaydi.
Kishilar eshigida xizmatkor bo`lib kun kechiradi. Undagi ilmga tashnalik
1923-1927 yillarda tajriba ko`rsatkich maktabiga, 1927-1928 yillarda Karl Marks
nomli pedagogika bilim yurtiga olib keladi. So`ngra, toki 30-yillar boshiga qadar
Toshkent viloyatining Piskent tumanidagi maktablarda o`qituvchilik qiladi. Uning
adabiyotga qiziqishi xuddi shu davrdan boshlangan bo`lib, «Qizil O`zbekiston»
(«O`zbekiston ovozi») ro`znomasi muharririyatiga etaklaydi. 1929-1934 yillarda
mazkur ro`znoma sahifalarida o`zining xabar, ocherk, hikoyalariyai chop ettiradi.
1930 yilga kelib, uning «Zo`rlik» nomli birinchi hikoyasi e`lon qilinadi.
U 1930-1931-yillarda «Batrak» gazetasida mas`ul kotib, 1931-1934 va
1939-1940-yillarda «Qizil O`zbekiston» gazetasida adabiy xodim sifatida faoliyat
ko`rsatadi. 1935-1936-yillarda O`rta Osiyo plan-iqtisod institutida birmuncha
muddat taqsil ko`rgach, 1937-1938-yillarda O`zbekiston Markaziy Ijroiya
Qo`mitasi raisi kotibi, 1940-1945-yillarda O`zbekiston Telegraf agentligida
adabiy xodim va muharrir, 1948-1950-yillarda partiya tarixi institutida ilmiy
xodim bo`lib ishlaydi. Parda Tursunning adabiy faoliyati 1929-1930 -yillarda
kichik-kichik hikoyalar yozish bilan boshlangan.
5
1934-1935 yillarga kelib, adibning «Ostonada», «Qo`ldosh va Marusya»,
«Bir xotinning tarixi» kabi bir necha hikoyalari yaratiladi.
Parda Tursun ijodiy faoliyatida uning «Domla” (1937) hikoyasi muhim rol
o`ynaydi.
Mazkur hikoyaning syujet chizig`i aytish mumkinki, adibning butun umri
davomida yaratgan o`rta va yirik asarlari sahifalariga ko`chdi, qissa va
romanlarining bosh mavzuiga aylandi.
Parda Tursun bu yillarda zamondoshlari hayotidan olingan bir qator
hikoyalar, o`nlab ocherklar yaratdi. Uning «Dadajon rais» (1932), «Yangi raislar»
5
O`zbekiston Milliy Ensklopediyasi
19
(1933), «Majlisda» (1934), «Quvnoq hayot» (1935), «Yaylovda (1935),
«Traktorchi» (1935) kabi ocherklari shular jumlasidandir. Adib hikoyalaridagidek
ocherklarida ham o`zbek ziyolisining bosib o`tgan yo`li, kurashi haqida hikoya
qiladi. 1941-1945 yillarda adib bir qo`lida qurol, bir qo`lida qalam bilan ona-
Vatan himoyasida bo`ladi. Urushdan keyingi yillarda oliy o`quv yurtlarida talaba,
o`qituvchi, nashriyotlarda muharrir bo`lib faoliyat ko`rsatdi. Parda Tursunning
kichik-kichik hikoyalaridan keyinchalik, ya`ni 1947-yilda uning «Haq yo`l»
avtobiografik qissasi «o`sib chiqqan». Parda Tursun 1940-yilda yozilgan bu
qissasi ustida uzoq vaqt ishlab, uni 1947-yilda nashr etadi. Keyinchalik mazkur
qissaga sayqal berish, unda belgilangan qaxramonlar hayoti va jamoalashtirish
davri manzaralarini tasvirlashda davom etib, dastlab 1947- yili uning birinchi
yirik asari — «Haq yo`l» nomli qissasi chop etiladi. Undagi bosh qahramon
Elmurod Do`stmatovning hayot yo`li timsolida adib tarjimai holi emas, o`zbek
ziyolisining bosib o`tgan mashaqqatli yo`li gavdalantiriladi. U keyinroq
«O`qituvchining yo`li» nomi bilan o`zbek va rus tillarida chop etiladi. 1950
yillarga kelib, mazkur qissa qayta ishlanib, «O`qituvchi» nomi bilan mustaqil bir
asar — roman sifatida nashr etiladi. Undagi bosh qahramon Elmurod obrazi hatti-
harakati va xarakteri vositasida o`zbek ziyolisi —o`qituvchisining hayoti va
kurash yo`li umumlashmasiga ko`tarildi.
Parda Tursun jurnalist, o`qituvchi, noshir va publitsist, ocherknavis va
hikoyanavis, qissanavis va romannavis bo`lishi bilan birga mohir tarjimon ham
edi. Saltikov-Shchedrin, A.Tolstoy, Emil Zolya, Gi de Mopassan asarlarini o`zbek
tiliga ag`dargan. Uning asarlari ko`plab qardosh va xorijiy tillarga tarjima bo`lgan.
U 1957 yilda vafot etgan. Hozirgi kunda Toshkent va Namangandagi bir necha
maktab va ko`chalarga Parda Tursun nomi berilgan.
6
Ulkan iste`dod egasi Parda Tursunning o`qituvchi romanida o`zbek
ziyolisining og`ir fojiyalarga to`la hayot yo`li zo`r mahorot bilan tasvirlanadi. Bu
6
Uzbek adabiyoti tarixi, 3-j., T., 1972.
20
asar voqealari soy bo`ylab baland tog` yonbag`irlariga tizilishgan qing`ir-
qiyshiq uyli bir qishloqda boshlangan.
Qishloqdagi paxsa devorli qo`rg`onchalar mulkdor odamlarniki bo`lib
guvaladan qurilgan. Qish kezlarida shiftlaridan, hatto, devor kovaklaridan
shamol hushtak chalib turadigan ayollarning a`za tutgandagi qiychuvi bola
tuqqandagi fig`onlari eshitilib turadigan pastak uylar kambag`al-
qashshoqlarning boshpanalari edi. Buga jon kirgizib turadigan esa ayol va
go`daklar bo`lib, ularning qo`lidan ish keladigan azamatlari yersiz, ot-ulovsiz
qisqasi, qashshoqlikdan ish qidirib uzoq shaharlarga – Qo`qon, Namangan, hatto
dovon oshib Toshkentga ketar, shu bilan qishda qaytar, yo bo`lmasa
birovlarning eshigida qo`l-oyoqlari bog`lanib qolib ketardilar.
Asar yozilgan bu davrda ko`z ko`rmagan quloq eshitmagan joylarda
bo`layotgan urush xalqning boshiga kulfat soldi. Tirikchilik yanada
qiyinlashdi. Boylar ham qarz bermay qo`ydi. Hech chora qolmagach, yaroqli
buyumlarini birma-bir sotdilar, oziq-ovqatlarga ayirbosh qildilar. Sotishga va
ayirboshlashga yaraydigan narsalar ham tamom bo`ldi. Hatto ``Tatran`` nomli
yog`ochdan , qattiq va zaharday achchiq bir tog` o`simligidan non tayyorlab
yeyishga to`g`ri keldi. Soliqlar ham haddan ziyod oshib ketdi. Hech najot
topolmagan odamlar uy-joylarini sotib boshqa shaharlarga ko`chib ketishga
majbur bo`ldilar. Bular orasida bizning qahramon Elmurodning oilasi ham
bor edi.
Bu davr tasviri “O`qituvchi” romanining bosh qahramoni bo`lmish
Elmurodning hayot yo`li misolida juda ta`sirchan qilib ko`rsatilgan.
Elmurodning dadasi Do`smat ayasi Buviniso bo`lib, uning yana bitta ukasi
Avaz bor edi. Ular qishloqda yeyishga ham narsa topolmay uy-joyni pullab
shaharga keladi. Lekin shahar ham ular kutganlaridek emas edi.
Ular o`zlariga o`xshab yelkasiga yuk ko`targan qashshoqlarni,
do`konlarning ayvonlarida ochlikdan tirishib yotgan darmonsiz odamlarni
ko`rganlarida tirikchilik bu yerda ham xaligiday ekanini darrov fahmladilar ,
ko`ngillari yana g`amga to`ldi. Yo`l chetlariga o`tirgan mayib gadoylar,
21
tilanchilik qilib yurgan chol va kampirlar, ustlari yupun bolalar ularning ko`z
o`ngidan bir-bir o`tib turdi.
Ular shaharda ancha sarson bo`ladilar. Yeyish uchun non , tunash
uchun esa boshpana yo`q edi. Qish kunlari, havo sovuq ularning ust-boshi
yupqa. Oyoqlari jiqqa ho`lligidan yurganlarida kirch-kirch degan tovush
chiqadi. Ular shaharda bir iloj qilib kun ko`rardilar. Ukasi Avaz ko`p kasal
bo`ladi. Onasi ham ocharchilikdan farzandlarini kasalligini, yig`lashini og`ir
oladigan bo`lib qolgan. Avaz vafot etdi. Undan so`ng otasi ham olamdan
ko`z yumdi. Og`ir ahvolda qolgan ona-bola nima qilarini bilmay, yomon
kunlarni boshidan kechirdilar. Hattoki tilanchilik qilishga majbur bo`ladilar.
Sharoit o`ta qiyin bo`lib ketganligi, onaning sog`ligi yomonlashib
borayotgani va o`glini boqishga ko`zi yetmay qolganligi uchun ona o`g`lini
bir Eshonning qo`liga topshiradi. Elmurodga “Jannat” deb ta`riflashgan bu
oila naq do`zax edi.
Eshon qozilik ham qilar edi. U qozilikda poraxo`rlikka mukkasidan
ketdi. Bir gal uning huzuriga ikkta qishloqi boy bir-birlarini ustidan shikoyat
qilib kelishdi. Ulardan biri ot yo`qotgan ekan, ikkinchisi bozorda minib
yurganida tanib qolibdi. Birinchi boy “Mening yo`qotgan otimning o`zi,
qulog`idan tortib tuyog`igacha tanidim”, deb da`vo qilar, ikkinchi boy esa
“Otni topib ham, sotib ham olgan emasman. Asl qo`l bola!” deb g`azablanar
edi.
7
Ubaydullaxo`ja alam shikoyatchi boylarning otdan ham ko`ra o`z
eldoshlari oldida obro` uchun kurashayotganlarini angladida , kimdan ko`proq
pora olish niyatida dam u, dam bu tomonga shox tashlab ikki oy ovvora qildi.
Natijada ancha cho`ntagini semirtirib oldi.
Ubaydulla eshon ana shu nazr-niyoz evaziga yashaydigan tekinxo`rlardan
edi. Albatta uning farzandlari ham shu tarbiyani olgan, ular nazarida gadoylar
gadoylik uchun, ochlar och yurish uchun , yetimlar yetimlik uchun yaratilgan
bo`lib, o`zlari esa to`q yashaganlari holda bunday odamlarga nafrat bilan
7
Parda Tursun “O’qituvchi” T-1972. 45-b.
22
qarash uchun yaratilgan edilar. Shuning uchun ular Elmurodning holiga
achinmay, mazah qilishar edi.
Kishining jamiyatdagi vaziyati, salmog`i, huquqi, obro`si uning mulki bilan
o`lchanadigan, har kim «o`z ko`machiga o`zi kul tortadigan», «vijdon»,
«odamgarchilik» degan gaplar har kimning shaxsiy manfaati bilan o`lchanadigan
bir zamonda hali qo`lidan mustaqil bir ish kelmaydigan, o`z tirikchiligini o`zi qila
olmaydigan inson bolasi ota-onasidan bemahal ajralar ekan, unga bundan og`ir
kulfat yo`q. Ko`chada qolgan qarindosh-urug`, o`gay ota-ona qo`lida qolgan,
brovning xizmatida yugurdaklik qiluvchi bolalar ozmuncha emasdi. Ular
«oyoqosti» bo`lib yashardilar. Ularnnng dunyoda borligi ham sezilmasdi. Ularni
odam qatoriga ham qo`shmasdilar. Ular ruhiy va jismoniy o`sish davrida adolatsiz
dunyoning og`ir kulfatlarini tatib o`sardilar. Ular to`rt-besh yoshdanoq qarindosh-
urug`, o`gay ota-ona, asrab olgan oilalar qo`lida tinimsiz chakana mehkatga
giriftor qilinar — bola ko`tarar, hovli supurar, eru- xotin xo`jayinlar va ularning
bolalari buyurgan ishlarning hammasiga yugurib-yelardilar. Ularning so`kish va
haqoratlarini eshitar, kaltaklarini er, ularning o`qrayishlaridan qo`rqib o`yin-
kulgini unutar, ularni chexrasidan bolalarga xos quvnoqlik, kulgi o`char,
ko`zlarida esa doim qo`rquv va yotsirash, begonalik, dushmanlik va alam
uchqunlari yiltirar edi. Xo`jayinlar ularning mehnatini hisob qilmas, «yedirdik,
ichirdik, kiyintirdik, o`stirdik, o`limdan saqlab qoldik, odam qildik»
8
deb da`vo
qilardilar. Ularni yomonlab mag`ollar to`qirdilar. Yigitlik bo`sa-g`asiga qadam
qo`ygan o`smirlarga yanada og`irrog` mehnat yuklanar, o`zlarida ish bo`lmasa
biron mulkdorga malay-likka topshirib, uning homiysi, egasi eifatida haq olib
erdilar. Qizlarni esa bo`y etmay turib sotardilar. Bosh-pakkasiz, najotsiz yetim
o`g`il va qizlar birovlarning zulmi va iskanjasiga, xo`rlashiga noiloj chidar,
yashamog` uchun bundan o`zga choralari yo`q edi.
Shunday sharoitda bu uyda Elmurodning qaramlik davri boshlandi. Kun
bo`yi tinmas edi. Kul olish, hovli supurish, ot va sigirlarga qarash, og`il
8
Parda Tursun “O’qituvchi” T-1972. 79-b.
23
tozalash, tappi yasash kabi mayda-chuyda ishlar bir-biriga ulanib ketaverar
edi. Otinoyi uni hamma vaqt tez-tez, chaqqon bo`l deb jadallab turardi.
Kun chiqsa ham, tikkaga kelsa ham, kun botsa ham Elmurodning ishi
tamom bo`lmasdi. Otinoyi uni tunda ham tinchitmas, g`uza chuvitar edi.
Bunisi ham mayli, mehnatga hech odam o`lmas, ammo ochlikkachi?
Elmurod shuncha qilgan mehnatlariga yarasha rag`batlantirilarmidi? Aslo. Unga
juda oz ovqat berilardi. U bir burda qotgan non bilan kifoyalanar edi.
Otinoyi Elmurodga o`zicha tez-tez odob o`rgatib turardi.
- Agar qorning ochib, ichaklaring uzilayotsa ham ovqat so`ramagin.
Beadablik bo`ladi. Ko`pchilik bilan bir laganda ovqat yeganda boshqalardan oldin
oshga qo`l cho`zmagin. Boshqalar ikki marta olganda sen bir marta olib qarab
turgin. Oshni katta olmagin, kichkina olgin. Ha beadablik bo`ladi, bolam! Keyin
osh yarim bo`ganda kattalardan oldin qo`lingni artgin. Ha, yosh bola kattalar bilan
baravar olishsa ham beadablik bo`ladi, de edi. Ammo farzandlari Sayfulla va
Masturalarning ochofatlarcha osh yeyishi, boshqalar bir olganda, ularning ikki
osham olishlarichi? Bu beadablik emasmi?
Bular ham shu davr odamlarining o`ziga xos “mehribonchilik”lari edida.
Eshonning uyiga tez-tez boyvachcha mehmonlar kelib turishardi. Ularning
qo`llari bo`sh kelmasdilar albatta. Birlari moy, birlari mo`l-qo`y, yana birlari
sholi-bug`doy ko`tarib kelishardi. Bu ularning eshonga qilgan nazrlari edi. Bu
nazrlar ostida , albatta, qandaydir maqsadlar yotardi. Boylar kambag`allarni
mensimas, ularni odam o`rnida ko`rmas, ular bilan bir
dasturhonda o`tirmas, ularni ko`rsalar jirkanishar edilar. Qo`y so`yib, qurbonlik
qilsalar ham, Eshonning tili bilan aytganda “tuzukroq odam” lar taklif qilinar
edilar. Kelgan mehmonlarga Elmurod yelib-yugurib xizmat qilardi.
Elmurod kunduzlari band bo`lganligi uchun yodidan ko`tarilgan onasininq
qiyofasi kechasi uvada orasiga kirganda esga tushar edi. “Qayerda tentirab yurgan
ekan bechora?” “Kasal edi. Yo biror joyda o`lib qoldimikan?” degan savollar
qiynardi uni. Uvada ichida piqqillab yig`lardi. Ko`z yoshlaridan yostiq xo`l bo`lib
ketardi.
24
Uning kun va tunlari shu zayilda o`tar va bu kun-tunlar unga: “ Dunyodagi
eng daxshatli baxtsizlik yetimlik” der edilar. Elmurodning bu honadonda
o`tayotgan har bir daqiqasi asrdek edi go`yo. U shu bir burda qotgan nonu, yarim
kosa sovigan ovqat uchun tishini tishiga qo`yib yashardi.
Zamon har tomonlama og`ir, adolatsizlik avj olgan. Odamlar bir-birlarini
aldar, ko`chada kisovurlar serob, poraxo`rlik kuchaygan. Kambag`al yetimlarni
qullardek ishlashlari, odamlarning erksizligi, ayollarning paranjilarga burkanib
yurishlari, uy-joylarning harobaligi o`tib borayotgan hayotni juda xunuk
ko`rsatardi. Xattoki masjidu-madrasadagi mulla-eshonlar ham tillarida Xudo,
Xudo desalar ham, ammo dillarida boshqa narsalar bo`lardi. Ularda imon-insof,
odamgarchilik siyraklashib ketgandi.
Bu davr ayollari xatto o`ziga oro berishga ham botinolmasdilar. Bu borada
meni ajablantirgan voqealardan biri shuki: Bu bir to`y vaqti, qorong`u kechada
bo`lganedi. Elmurod ko`chada bolalar bilan o`ynar edi. Otasi uni tirqishlaridan
chiroq yorug`i miltillab turgan bir eshik oldiga ko`tarib olibbordi-da:
- “Tirqishdan qara, onangning qilayotgan ishini ko`rib qo`y!” – deb
shivirladi.
Elmurod qaradi va ancha qizu-juvonlar o`rtasida onasining ham oynaga
qarab, o`ziga oro berayotganini ko`radi.
- “Ko`rdingmi?” – dedi otasi.
- “Ha” – dedi Elmurod, bosh qimirlatib.
- “Bo`lmasa indama”, -dedi otasi. Va uyga qaytayotib yo`lda Elmurodga
uqtirdi:
- “Onangni shu gunohi uchun ertaga urib, bir jazosini beraman. Sen
yig`lamagin, yaxshimi o`g`lim?”
Otasining yelkasida tebranib, uyqudan ko`zlari yumilib borayotgan Elmurd,
bu so`zdan ko`ngliga g`ashlik to`lishib, ko`zlarini ochdi, lekin otasiga nima javob
qilganini o`zi bilmadi, otasi esa ertalab yaramas niyyatini amalga oshiradi. U
Elmurodning mehribon onasini urib yig`latadi... Eshik oldiga yiqilgan onasini
tepadi. Onasi tipirchiladi... Bu voqea uning oilasida kechgan adolatsizlik edi.
25
Elmurod kechalari shu kabi voqealarni o`ylab yotardi. Kunlar shu zayilda
o`taverdi. Asta-sekin mishmishlar tarqala boshladi. Otishmalar, namoyishlar
bo`ldi. Oqposhsho ag`darilib, bolsheviklar hukumatni qo`lga oldilar. Bu esa
zamon boylarini havotirga qo`ydi. Bolsheviklar yangi maktab ochdilar. Yangi
maktabda yetimlar, kambag`allar ta`lim ola boshladilar. Elmurod ham
xo`jayindan qochib shu maktabga bordi. Unga juda yaxshi muomlada bo`ladilar.
O`ziga o`xshagan bolalar bilan do`stlashadi. U uchun butunlay yangi hayot
boshlanadi. U maktabni juda yaxshi xulq bilan tamomladi. U yerdagi har bir
mualimdan o`ziga keragini olib bildi.
Bu davr bolsheviklar o`tkaza boshlagan madaniy inqilob davri edi, xalqni
biroz bo`lsada savodli qilish zarur edi. O`qituvchilar taqchil edi. Shu sababli
savodsizlikni butulay yo`qotib, xalqni savodli qilish uchun maktablarning biroz
savod olgan bitiruvchilari cheka qishloqlarga muallim sifatida yuborildi.
Hukumat xalqni savodli bo`lishini, o`z xaqqini talab qila olishini hoxlardi. Buning
uchun aholiga ta`lim berish, savodini chiqarish kerak edi. Bu esa o`z navbatida
muallimlarga ehtiyojni kuchaytirardi.
Mana bizning ko`p yomon kunlarni boshdan kechirgan Elmurod ham shu
maqsadda Qamishkapa qishlog`iga muallim sifatida yuborildi. Ana endi Elmurod
uchun eng mas`uliyatli damlar boshlandi. Uni qishloqda yaxshi kutib oladilar.
Qishloqda u har xil odamlarni ko`radi. Ular bilan tanishadi. Xattoki aka-ukadak
bo`lib ketadilar. Bu muallimning qishloqqa tashrifi savodsiz odamlar uchun
kutilmagan mo`jiza bo`ldi.
Uning qishloqdagi faoliyati shunday boshlanadi: Elmurod tunni qishlo
kattalaridan bo`lgan Abdurasul bilan o`ykazadi. Abdurasul odatdagidek juda
barvaqt uyg`ondi va mehmon turguncha, nimadir yumush bilan ko`chaga chiqib
ketdi. Uning ketidanoq hovlida bolalar paydo bo`lishdi. Ba`zi bir betoqat bolalar
Qutbiniso xolaning urishib hayda-ganiga qaramay, derazani qoqib, eshikni tortib
chug`urlasha boshladilar.
— O`qituvchi!..
— Afandim!..
26
— Yuring! Biz o`qishga keldik.
Elmurod uyg`onib ketdi va irg`ib turib apil-tapil kiyinar ekan, xirqiroq ovoz
bilan chug`urlashgan bolalarni tinchitdi:
— Hozir, bolalar... Hozir...
U eshikdan chiqishi bilan bir gala bola yo «ura!» yo «ola» deganini anglab
bo`lmas darajada shovqin solib uni o`rtaga oldi.
Shoshib qolgan Elmurod nima qilishini bilmay:
— Qani, yuringlar, maktablaring qayoqda?— deb so`radi.
— Ura... o... o...— dedi bolalar.
Elmurod bolalar o`rtasida engilgina lapanglab borar edi. Bo`yinlariga jilt
osgan bolalar tor ko`chalardan, eshiklardan yugurib chiqib, to`daga
qo`shilaverishdi. Bola-larning chug`urlashini eshitgan xotinlar, bo`y etgan qizlar,
kelinlar eshik oldiga chiqib zavq bilan tomosha qilishar, ishga borayotgan yigitlar
ko`cha muyulishlarida to`xtashib, «qani endi, biz ham shulardek bo`lsak edi»,
degandek qarab turishardilar.
Bolalar qurshovida qolgan Elmurod xijolatdan iljayar, atrofga qaray olmas
va hammaning ko`zi o`zida ekanini, bular orasida, albatta, kechagi qizning ham
qaysi bir eshikdan qarab turganini his qilar edi. Uni qurshab olgan bolalar esa
yugurishar.
Chug`urlashib so`rashar edi: -
— Otingiz nima, aka?
— Nega ilgariroq kelmadingiz?
— Ketib qolmaysizmi?
Bolalar Elmurodni katta darvozaning yonboshidagi eski bir uyga boshlab
kirdilar. Xonada o`ntacha eski, chang bosgan parta, bolalar ularning biridan-biriga
hatlab o`tib, uchtadan-to`rttadan siqilishib o`tirishdi. Kiraverishdagi devorga
kattakon qora taxta qoqilgan edi. Uyning hovliga qaragan kattagina derazasi bilan
bo`yalmagan romi eski uyning devorini teshib o`rnatilganini ko`rsatib turar edi.
Oynalari singan deraza ko`zlariga qog`oz yopishtirilgan edi.
27
— «Maktab!»— dedi o`z ichida u yoq-bu yoqqa alanglab Elmurod va uyning
zax, to`zonli havosini yangilash uchun partalar orasidan o`tib borib, derazani
ochgan edi, ro`paradagi bostirma og`il tomondan qora soqol, cho`zig`
yuzli birovning kelayotganini fahmlab, yana eshik oldiga bordi.
Turdiboy xalfa o`z hovlisida ish boshlagan o`qituvchiga katta hurmat bilan
qaraganini ishora qilib, u bilan egilibroq ko`rishdi va ochiq chehra bilan gap
boshladi:
— Ko`p yaxshi bo`libdi-da. Bu tirranchalarni o`qitib mulla qilmasangiz,
ko`cha changitishdan boshqani bilmay qola beradi,— dedi va o`zining maktab va
bolalarga mehribonligi, ilgari maktab bo`lgan binodan chakki o`tib, devori qulab
tushgandan keyin qishloq soveti maktab bolalarini qaerga joylashni bilmay
yurganida, shu joyni o`z xohishi bilan «ikki qo`llab in`om qilgani» to`g`risida
ma`lumot berdi. U go`yo o`zining qachonlardir qarollari yashagan, keyinchalik
bo`shab, keraksiz bo`lib qolgan joyini maktab uchun berganidan mamnun va
mag`rur ko`rinar edi, Elmurod uning gapini jiddiy, lekin og`irsinib tingladi. Keyin
chug`urlashib, uyni boshiga ko`targan bolalarga qayrildi. Ko`zlari shahlo, o`zi
qop-qora, miqti bir bola qattiq qichqirdi:
— Jim!.,
Sinf go`yo tutdagi chug`urchuqlar uchib ketgandagiday jimib qoldi.
Elmurod, partalar ustiga yoyilgan, muqovalari yo ko`chib tushgan, yo xamir bilan
yopishtirib qo`yilgan daftar va «Alifbe» kitoblarini ko`zdan kechira boshladi.
Hammani bir sidra ko`zdan kechirgach, bolalar bilan fikr almashish uchun
so`radi:
— Bu erda ilgari ham o`qigan ekansizlar-da, a?
— Ha, o`qiganmiz, Zag`chako`z domla o`qitar edi,— deb chug`urlashdi
bolalar.
— Zag`chako`z domla?— dedi Elmurod.— Aha-aha,— dedi va yana so`radi:
—Xo`sh, nimalar o`qitar edi?
Bolalar yana chug`urchuqdek chug`urlashdi, biri «jadidcha» desa, boshqasi
«din darsi» o`qitganini gapirar edi. Abdurasul aytgancha, domla pokiza yosh
28
qalblarni zaharlamoqchi bo`lgani ma`lum edi. Bu narsa Elmurodda yanada nafrat
uyg`otdi. U chug`urlashgan bolalardan yana so`rab-surishtirib qo`shimcha
ravishda bildiki, ikki yilcha burun bu erga bir o`qituvchini yuborishgan ekan.
Uylardan chakki o`ta boshlagach, Tojiboy oqsoqol bilan g`ijillashibdi-da, arazlab
ketib qolibdi. Shundan keyin Eshon ishga tushgan ekan...
— Zag`chako`z juda yomon, badjahl. Kalimaga tilimiz kelmay qolsa,
qulog`imizdan cho`zib, burchakka bir oyoq bi-lan tik qilib qo`yar edi. Uvatda
turgan laylakday bir oyog`imizni ko`tarib tura berardik,— dedi qora bola.
— Otingia nima? — Qoraboy!
— Otangizni otichi?
— Tog`ay!
— Qoraboy Tog`aev! Xo`sh, — dedi Elmurod. — Endi, u domla bu erga
kelmaydi. Biz endi jadidcha ham, din darsi ham o`qimaymiz, o`z ona tilimizda
o`qiymiz. Ma`qulmi?
— Juda soz!— deyishdi bolalar.
Butun dars davomida hovli saxnidan tomoshabinlar sira uzilmadi. Qari va
yosh ayollar, qizlar kelishib turar va juda qiziqishib derazadan mo`ralashar edi.
Elmurod Bozorboyning ham, Davlatyorning ham derazadan mo`ralab ketganini
ko`rdi. Keyin bir necha ayollar orasida, kecha eshikdan mo`ralagan quralay ko`zli
qizni ham tanidi.
Elmurod qiziqib derazadan qaragan odamlarni ko`rgan sayin o`z ishiga havasi
osha bordi. Hatto ertalab nonushta qilmaganini ham unutdi.
Oylar o`tdi. Elmurod tobora kunlarning qanday o`tayotganini sezmay
boshladi. U kun sayin aka-uka, yor-og`ayniga aylanib borayotgan kishilar orasida
o`zining begonaligini unuta bordi. Kunduzi bolalar band qiladigan partalarni,
kechqurun ularning otalari, akalari — kattalar band qilardi. Kattalar ba`zan sinfga
sig`may ketardi. Joy etishmaganlar daftarlarini tizzalariga qo`yib, devor tagiga
o`tirishga majbur bo`lardilar. Ammo odamlardagi o`qishga bo`lgan havas,
Elmuroddagi ularni o`zidan minnatdor qi-lishga bo`lgan ishtiyoq esa joyning
torligini ham bilintirmas edi.
29
Elmurod odatdagicha ertalab bolalarni o`qitar, tushdan keyin uyga qaytib
dam olar, kechqurun yana kattalar bilan shug`ullanar edi. Qish tor va noqulay
maktabni yanada qiyinlashtirganiga qaramay, uning o`quvchilari aktivlikni
qo`ldan bermadilar. Quloqlarini qiyiqlari bilan tang`ib olgan odamlar mo`ylov va
kipriklarqi qirovdan oqarib, tanib bo`lmas bir qiyofada Turdivoy xalfaning sobiq
mehmonxonasiga kirib kelishar, devor taglariga siqilishar edilar... Albatta,
dehqonchilik ishi to`xtagan bunday kunlarda o`qish har qanday ermakdan yaxshi
edi. Kitob sahifasidagi katta qora harflar- ni ovoz bilan bir-biriga urishtirib bir
ma`no chiqarish, yo uni qalam bilan daftarga yozish ilgari xat-savodni xayol
qilmagan qishloq mehnatkashlari uchun har qanday quvonch, har qanday zavqdan
ortiq edi. Ular goho qo`lga tushgan gazetalardan o`tilgan harflarni tanib zavqlanar
va hatto ishonmay o`qituvchi Elmuroddan: «Hammasi bir harfmi?» deb
so`rardilar.
O`qishdan keyin yigitlar uni gapxonalariga taklif qilardilar. Uning
bahonalariga qaramay o`rtaga olishib qistashar, ikkiyog`idan qo`ltig`lab olardilar.
Elmurod ularning ko`ngillari uchun borar, sovuq kunlarda uyni tutun bilan
to`ldirgan to`nka atrofini qurshagan ulfatlar davrasida hurmatli o`rinni egallar, bir
lagandan osh yeyar, hatto ularning hurmat bilan cho`zgan qo`llaridan lunjini
to`ldirib osh oshashga ham majbur bo`lar edi.
Elmurod dastlabki paytlarda gapxona ulfatlariga gazeta yangiliklari va
«Mushtum» jurnalining hajviy maqolalarini o`qib berish bilan kifoyalanar edi.
Ke- yinchalik qishning uzun tunlarida o`zi sevib o`qigan kattaroq asarlarni ham
o`qib beradigan bo`ldi.
Bir gal u Lev Tolstoyning birinchi marta o`zbekchaga tarjima qilingan
«Kavkaz asiri»ni o`qib bermoqchi bo`ldi. Ulfatlar odatdagicha, o`rtaga yog`och
tog`ora to`nka-rib, ustiga chiroqni qo`ydilar. Elmurod asar bosilgan jurnalni
chiroq yorug`ida o`qiy boshladi. Ulfatlar ham chiroqqa yaqin kelib davra olishdi,
yonboshlashdi. Elmurod o`qishga kirishdi. Soatlar davomida hech kim churq
etmadi, mijja ham qoqmadi. Faqat Elmurodning bir tekis g`ing`irlagan ovozi
yoqimli nag`maday hammaning es-hushini qamrab oldi. Hammaning xayoli
30
allaqaylardagi Kavkaz tog`larining yonbag`riga joylashgan tatar ovulida keza
boshladi. Qo`lga tushgan rus yigiti Jilin bilan Kostilinning sarguzashti, tatar qizi
Dinaning sevgisi va johil otasiga qarshi mardligi, ularning ko`z oldilarida jonli
voqeaday o`ta berdi.
O`qish bu kecha hikoyaning yarmisiga kelib to`xtatildi va ertasi kuni
davom etdirildi.
Elmurod o`qib bo`lib qizargan ko`zlarini jurnal sahifasidan olarkan,
tinglovchilar erkin nafas olib chug`urlashdi.
Elmurod Oyimxon ayaga ayollarni ham o`qitish kerakligini va buning uchun
rayondan ayol o`qituvchi talab qilishlarini aytdi.
— Ha, o`zlarining ham tilagi shu. Qani endi, rayon o`qituvchi bersa?
Bermaydi-da, — dedi Oyimxon va bir oz o`ylanib turib: —Ikki yil burun
rayonda ochilgan aktivlar kursida men ham o`qib unchamuncha harf
tanib qolgan edim. Hammasi esdan chiqib ketdi, — dedi. Bu Elmurod uchun
yangilik edi. Ajablanib so`radi: — E, siz o`qiganmisiz hali?
— Ha. Mening o`qiganim qursin. Oqsoqol «meni o`qishga chaqirayotibdi.
O`qisam boshim og`riydi» deganiga men borgan edim. Uch oy o`qidim.
Qarigandan keyin miyada o`qish turmas ekan. Hammasi esdan
chiqib ketdi.
— Yo`q. Noto`g`ri. O`qish darrov esdan chiqmaydi. Qani, men hozir sizni
tekshiraman.
Elmurod tokchada yotgan gazetani oldi-da, «Madaniyat-maorif xabarlari»
degan sarlavhani Oyimxonga ro`para qildi. Oyimxon harfni harfga urishtirib
tutila-tutila o`qidi.
— Ana. Nega esdan chiqsin! E, tuppa-tuzuk savodingiz chiqib qolgan
ekanu, — dedi Elmurod xursand bo`lib. — Faqat siz rayonda o`qibsizu,
qishloqqa kelgach kitob ham, gazeta ham qaramay qo`yibsiz-da. Har kun
biron narsa o`qib turmasa, bo`ladimi? Qani, davomini o`qingchi! Oyimxon
bir xabarni imillab, tirishib oxirigacha o`qib bo`lgach Elmurod:
31
— Bundan keyin, har kuni bittadan xabar o`qitib turaman. Gazetani
sharillatib o`qiydigan bo`lasiz,— dedi.
Qo`shni qiz Gulsum: - rayon o`qituvchi bermasa bermas, o`sha odamlarga
yalinib yurguncha, o`zingiz o`qitib qo`ya qolsangiz-da, amma dedi.
Oyimxon Gulsumga ko`zini olaytiribroq?
— U nimasi!—dedi.
Gulsum o`jarlik bilan gapirdi:
— Nima, menga qanday o`rgatgan bo`lsangiz, boshqa-larga ham shunday
o`rgata berasiz-da, amma!
— Qo`y, qizim, bu gapingni qo`y, ammangni kalaka qilma. «Rayonda
uch oygina o`qib, xotinlarga muallima bo`ldi» degan gapni eshitgandan
ko`ra, eshitmagan yaxshi. Senga so`rab qo`ymaganing uchun o`rgatdim.
Ko`pchilikka o`qigan kishi bo`lmasa bo`ladimi? Bu gapingni boshka
joyda gapirib, meni yurt og`zida masxara qilib qo`yma, bolam! Qo`y!
Elmurod ikki ayol o`rtasida borayotgan bu qiziq gaplarning nima haqida
ekanini tushunolmay, dam Oyimxonga, dam Gulsumga tikildi.
— Nima to`g`risida gaplashayotibsizlar. Men hech tu-shunolmay g`oldim-
ku?
Oyimxon bilan Gulum bir-birlariga qarashdi. Ularning allaqanday sirni
ifodalovchi kulimsiragan ko`zlari to`qnashib oldi.
— Ha, sizdan yashirib yurgan bir sirimiz bor edi. Ochilib koldi. Bunga
ham Gulsumning o`zi aybli. Gapni o`zi boshladi.
— Qanaqa sir ekan? Oyimxon Gulsumga qaradi.
— Ayta beraymi endi?
Gulsum nomus qilgandek iljayib pastga qaradi. Oyimxon uning bu harakatini
rozilik ishorasi deb angladi. Uning cho`zinchoq yuziga quvonch kulgisi yoyildi.
— Gulsum ham savodini chiqarib oldi,— dedi Oyimxon.
Elmurod sandalga ko`kragini berib, ko`zlarini bast-raytgan holda bo`ynini
cho`zdi.
— Savodini chiqarib oldi?! Qanday qilib?—dedi hayron bo`lib.
32
Oyimxon sirni barala ochib gapira boshlagan edi, Gulsum uyalganidan
muloyim ovoz bilan kuldi. S. B. da o`qigan erkaklar orasida barmoq bosish
tugalib, o`z nomini yozish rasm bo`lib ketganini ko`rgan Gulsum Oyimxonga
yopishib olib:
— «Jon amma, nomimni yozishni o`rgatib qo`ying!», deya yalinibdi.
Oyimxon unga, mayli, qiynalib o`tirma, senga bir boshdan hamma harflarni
o`rgatib qo`ya qolay. Keyin harfni harfga urishtirsang o`zingning ham, otangning
ham, bobongning ham nomi chiqa beradi, debdi. Shunday qilib, ular Oyimxon
o`qib tugatgan kitobni sandal ustiga qo`yib, ishni to`ppa-to`g`ri «A» bilan «B»
dan boshdabdilar. Gulsum osonlik bilan harflarni o`rganibdi. Oyimxon kunda bir
yoki ikki harfni tanitmoqchi bo`lsa, Gulsum ularni ikki soatda yozib, yodlab olib,
yana kitob sahifalaridagi boshqa harflarni barmog`i bilan turtib «bunisi nima?»
deb so`ray beribdi. Oyimxondan eshitiboq u yog`ini o`zi urishtirib keta beribdi.
Shunday qilib, Gulsum hamma harfni bir oyga yetkazmay o`rganib olibdi.
Gazeta, kitob ko`rsa turtinib o`qiy boshlabdi.
Lekin ular bu voqeani qishloq ayollariga xos soddadillik bilan boshqalardan
sir tutishgan ekan. Agar mashg`ulot vaqtida birorta odam kirib qolguday bo`lsa,
apil-tapil kitob, daftarni berkitardilar. Lekin nega shunday qilganlarini o`zlari ham
tushunishmas edi.
— Hech kimga aytmang, deb yurgan sirini mana endi, o`zi aytib qo`ydi,— deb
gapini tamomladi Oyimxon.
— Ajab!—dedi Elmurod allaqanday quvonch bilan va ro`molining uchi
bilan yuzini to`sib hamon iljayib turgan Gulsumga hazil qildi:
—- Hali shunaqa, biz bilmagan sirlar ham bor ekai-da... Hali, indamay savod ham
chiqarib oldim, deng. Ob-bo azamat-ey!.. Qalay, o`qish oson ekanmi?
— Juda oson ekan. Shu vaqtgacha bilmay yurgan ekanmiz-da,— dedi Gulsum
jiddiy ovoz bilan va ro`molini orqaga surib yuz va peshanasini ochdi-da
aytdi:—Harfni harfga urishtirsa, o`zimiz aytib yurgan hamma gap chiqaberar
ekan.
Elmurodning ko`zlari unga tiklab qoldi.
33
— Ana, ko`rdingizmi,— dedi u Gulsumga tikilganicha.— Hamma narsani
bilib olguncha. Bilmaguncha qiyin, qandaydir sir bordek ko`rinadi,
bilgandan keyin qarasangiz, turmushda bor gapdek bo`lib qoladi. Chunki
hamma ilm turmushdan — tajribadan kelib chiqadi, odamlar uni o`rganib
yana shu turmushda ishlatadilar. Turmushga foyda keltirmaydigan ilm — ilm
emas.
— To`g`ri aytasiz,- otam!—dedi Oyimxon boshini irg`ab.
— Mana siz, hech kimga bildirmay, savodingizni chiqarib olibsiz. Birovga
aytsa ishongisi kelmaydi,— deb davom etdi Elmurod.— Ilgari shu
narsani bilish o`zingizga ham juda katta hikmatday tuyular edi. Shunday
emasmi? Endi bo`lsa «o`qish oson ekan, bilmay yurgan ekanmiz?» deb
o`tiribsiz. Lekin, shuni bilingki, siz o`rgangan xat-savod xuddi kalitday gap.
Endi siz ilmning kalitini qo`lga olibsiz. Endi to`xtovsiz o`qing
demoqchiman...
Oyimxon boshini liqillatib Gulsumga nasihat qildi:
— Bu gaplarni yaxshilab qulog`ingga quyib ol. Sizlar hali ochilmagan
g`uncha.
— Savodli bo`lib olganingiz uchun sizni tabriklash kerak. Lekin bu narsani
«sir» saqlash yaramaydi. Hammaga yoyib na`muna qilish kerak.
— Voy o`lay!—deya Gulsum uyalib yoniga qaradi.
— Yo`q, yo`q. Xuddi shunday qilish kerak. Sizning ishingizga
hammaning havasi kelsin!
— O`zim ham qilgan ishimni ichimda saqlay olmay yuribman, — dedi
Gulsum jiddiy,— shuning uchun ham ammamga aytyapmanki, o`zimizga
o`xshagan o`qishga ixlosmand ayollarni yig`ib o`zlari o`qitib qo`ya qolsalar...
— Juda soz,— dedi Elmurod quvonib. — Sinfning bittasini sizlarga
bo`shatib beraman. Qay vaqtda desalaringiz o`qita berasizlar.
— U yoqqa: «Erkaklardan uyalamiz» deb bormaydilar-da. — dedi Oyimxon.
— Yo`q, u yoq bo`lmaydi,— dedi Gulsum,
34
— Bo`lmasa kaerda to`planasizlar? Abdurasul aka bilan maslahatlashaylik
bo`lmasa...
— Shunday bo`lsa koshki edi, otam.
—- Uzoqdagi quyrug`dan yakindagi o`pka yaxshi. Qachon joy olamiz, deb qarab
o`tiramizmi? Sizdan bo`r olamiz, anavi katta patnusni doska qilamiz,— dedi
Elmu-rodning tepasidagi tokchada suyog`lig` turgan qizil patnusga ishora qilib.—
Ayollarni shu yerning o`zidayoq o`qita beramiz.
Elmurod uning gapini yaxshi anglay olmay kipriklarini pirpiratdi, dam
tokchaga, dam Gulsumga qaradi:
— Xo`sh, xo`sh, qaysi patnusni nima qilaman deysiz? Doska?
— Ko`rsatib ber, tur,— dedi Oyimxon iljayib. Gulsum o`rnidan irg`ib
turdi. Tez borib, Elmurod o`tirgan yerdan yuqoriroqda — tokchada suyog`liq
turgan katta patnusni oldi-da, Elmurodning ro`parasidagi tokchaga qo`ydi.
Patnusning orqasi qop-qora edi.
— Mana doska,— dedi Gulsum Elmurodga burilib.
— Qani, qani, endi nima qilasiz?—dedi Elmurod ajablanib.
— Endi siz bo`r bersangiz, yozib beramiz. Elmurod cho`ntagini kavlab
qurtday yumaloq bo`rni chiqarib, Gulsumga uzatdi.
— Mana bo`r!
— Nima yozay? — dedi Gulsum bo`rni qo`liga olib. Elmurod xuddi
sinfda o`qitgandagiday, uyning ko`rpalar taxlog`liq turgan taxmonigacha
borib-kelib turib, so`zlarini aytib turdi. Gulsum, patnusni qitirlatib, o`xshovsiz
harflarni engi bilan o`chirib, ancha ovora bo`ldi, Elmurod taxmon bilan sandal
o`rtasida o`n martacha borib keldi. So`ngra, patnusning taqirlamay qolganidan
Gulsumning yozib bo`lganini sezib, qaradi va — Ofarin,— dedi Elmurod,—
ofarin! O`qituvchi o`zimizdan chiqib qolibdi-yu, men rayonga borib
bekorga janjallashib yuribman,— dedi va muloyim iljayib turgan Oyimxonga
qaradi.
Kishi savodli va g`ayratli bo`lsa qo`lidan har narsa keladi.
— Biz endi Qamishkapada shundan ortiq nima bo`lar-» dik! — dedi Gulsum.
35
— Salpal xat o`rgangandan keyin kitob o`qiy berib olim bo`lib, yozuvchi
bo`lib, nomlari dunyoga tanilgan odamlar yo`q deysizmi?,
Gulsum Elmurodga tikildi. U davom etdi:
— Shunday odamlardan bittasi parovozni o`ylab chiqargan, bittasi telefonni
topgan, bittasi bizning eng sevikli yozuvchimizdir.
9
Shunday qilib qishloq ayollari ham savod chiqara boshladilar. Bu esa ilm
o`rganaman degan har qanday sharoitda ham o`rgana olishi va ta`lim beraman
degan muallim har qanday sharoitda ham ta`lim bera olishligini yaqqol isbotidir.
Buning uchun esa ozgina istak bo`lsa bas.
Dostları ilə paylaş: |