O’qituvchilik kasbi, uning huquqiy, demokratik jamiyatdagi o’rni



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/22
tarix02.01.2022
ölçüsü0,64 Mb.
#37489
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус

          

PEDAGOGIK QOBILIYAT VA MAHORAT.

 Muvaffaqiyatli ishlash uchun har 

bir  o`qituvchi  pedagogik  mahoratga  ega  bo`lishi  zarur.  Pedagogik  mahorat  egasi 

oz  mehnat  sarf  qilib,  katta  natijaga  erishadi.  Ijodkorlik  uning  hamisha  hamkori 

bo`ladi.  Pedagogik  ish  qobiliyatli,  istehdodli  kishidagina  pedagogik  mahorat 

bo`lishi mumkin. 

 

Qobiliyat faoliyat jarayonida paydo bo`ladi va rivojlanadi. Qobiliyat malaka 



va  uddaburonlikdan  farq  qiladi.  Malaka  va  uddaburonlik  mashq,  o`qish  natijasi 

hisoblansa,  qobiliyatning  rivojlanishi  uchun  esa  yana  istehdod,  layoqat  va  zehn, 

yahni  inson  nerv  tizimida  anatomo-fiziologik  xususiyat  bo`lishi  ham  zarur.  Ana 

shu  tabiiy  zaminda  qobiliyat  deb  ataluvchi  ruhiy  xususiyat  taraqqiy  etadi. 

Pedagogik  faoliyatning    samarali  bo`lishi  uchun  o`qituvchida  qobiliyatning 

quyidagi turlari mavjud bo`lmog`i va tarbiyalab yetishtirilmog`i lozim. 

 

1.  Bilish  qobiliyati  –  fanning  tegishli  sohalariga  oid  (matematika,  fizika, 



biologiya,  adabiyot  va  hokazolarga  doir)  qobiliyatdir.  Bunday  qobiliyatga  ega 

bo`lgan  o`qituvchi  fanni  o`quv  kursi  hajmida  emas,  balki  ancha  keng  va 

chuqurroq  biladi,  o`z  fani  sohasidagi  kashfiyotlarni  hamisha  kuzatib  boradi, 

materialni  ipidan  ignasigacha  biladi,  unga  nihoyatda  qiziqadi,  oddiy  tadqiqot 

ishlarini ham bajaradi. 

 

2.  Tushuntira  olish  qobiliyati  –  o`quv  materiallarini  o`quvchilarga 



tushunarli  qilib  bayon  eta  olish,  o`quvchilarda  mustaqil  ravishda  faol  fikrlashga 

qiziqish  uyg`otish  qobiliyatidir.  o`qituvchi  zarur  hollarda  o`quv  materialini 

o`zgartira  olishi,  qiyin  narsani  oson,  murakkab  narsani  oddiy,  noaniq  narsani 

tushunarli qilib o`quvchilarga yetkaza olishi darkor. 

 

O`quvchilar  ruhiyatini  hisobga  olish  zarur.  Qobiliyatli  pedagog 



o`quvchilarning  bilim  va  kamolot  darajasini  hisobga  oladi,  ularning  nimani 

bilishlari,  hali  nimani  bilmasliklarini,  nimani  unutib  qo`yganliklarini  tasavvur 

etadi. Bahzi o`qituvchilarga, ayniqsa tajribasi kam o`qituvchilarga o`quv materiali 

oddiy,  tushunarli  va  qandaydir  alohida  talab  etmaydigandek  tuyuladi.  Bunday 

o`qituvchilar  o`quvchilarni  emas,  balki  o`zlarini  nazarda  tutadilar.  Qobiliyatli, 

tajribali  o`qituvchi  o`zini  o`quvchining  o`rniga  qo`ya  oladi,  u  kattalarga  aniq  va 




 

50 


tushunarli  bo`lgan  narsalarning  o`quvchilarga  tushunarsiz  qiyin  va  mavhum  bir 

narsa  bo`lishi  mumkinligiga  asoslanib  ish  tutadi.  SHuning  uchun  u  bayon 

etishning xarakter va shaklini alohida o`ylab chiqadi, hamda rejalashtiradi. 

 

Qobiliyatli 



o`qituvchi 

dars 


materialini 

bayon 


etish 

jarayonida 

o`quvchilarning  qanday  o`zlashtirayotganliklarini  qator  belgilar  asosida  payqab 

oladi  va  zarur  hollarda  bayon  qilish  usulini  o`zgartiradi.  SHuningdek  qobiliyatli 

o`qituvchi  o`quvchilarning  saboq  o`zlashtirib  olishlari  uchun  zamin  tayyorlab, 

ularni  dam  olishdan  ishga  o`tishlari, bo`shashish,  lanjlik,  loqaydliklariga  barham 

berish  uchun  minimal  darajada  vaqt  ajratish  zarurligini  hisobga  oladi.  o`  tegishli 

vaziyat  yuzaga  kelmagunga  qadar  ish  boshlamaydi.  Masalan,  darsning  haddan 

tashqari  zo`riqish  bilan  va  kuchli  boshlanishi  o`quvchilarda  muhofaza  qiluvchi 

tormozlanish  deb  atalmish  holatga sabab bo`ladi, miya  faoliyati tumanlashadi va 

o`qituvchining so`zlari yetarli darajada idrok qilinmaydi. 

 

3.  Kuzatuvchanlik  qobiliyati  –  o`quvchining,  tarbiyalanuvchining  ichki 



dunyosiga  kira  olish  qobiliyati,  o`quvchi  shaxsi  va  uning  vaqtinchalik  ruhiy 

holatlarini  juda  yaxshi  tushuna  bilish  bilan  bog`liq  bo`lgan  psixologik 

kuzatuvchanlikdir.  Bunday  o`qituvchi  o`quvchining  ruhiyatidagi  ko`z  ilg`amas 

o`zgarishlarni  ham  fahmlab  oladi.  o`quvchilar  bunday  o`qituvchi  haqida: 

«Qaramayotganga  o`xshaydi-yu,  hamma  narsani  ko`rib  turadi!»,  «o`quvchining 

xafa bo`lganligini yoki dars tayyorlamayotganligini ko`zidan biladi!», deydilar. 

 

4. Nutq qobiliyati – nutq yordamida shuningdek, imo-ishora vositasida o`z 



fikr  va  tuyg`ularini  aniq  va  ravshan  ifodalash  qobiliyati.  Bu  o`qituvchilik  kasbi 

uchun juda muhimdir. 

 

O`qituvchining  nutqi  darsda  hamisha  o`quvchilarga  qaratilgan  bo`ladi. 



o`qituvchi yangi saboqni tushuntirayotgan, o`quvchining javobini tahlil qilayotgan 

yoki  tanqid  qilayotgan  bo`lsa  ham  uning  nutqi  hamisha  o`zining  ichki  kuchi, 

ishonchi,  o`zi  gapirayotgan  narsaga  qiziqqanligi  bilan  ajralib  turadi.  Fikrning 

ifodasi o`quvchilar uchun sodda, tushunarli bo`ladi. 

 

O`qituvchining  bayoni  o`quvchilar  fikri  va  diqqatini  maksimal  darajada 



faollashtirishga  qaratilgan:  o`qituvchi  o`quvchilar  oldida  savollar  qo`yib,  ularni 


 

51 


asta-sekin  to`g`ri  javob  berishga  undaydi,  o`quvchining  diqqatini  kuchaytiradi 

hamda  fikrini  faollashtiradi.  («Mana  bu  yerga  alohida  e`tibor  bering!»,  «o`ylab 

ko`ring!»  kabi.)    SHunindek,  o`rinli  qochiriq,  hazil,  yengilgina  istehzo  nutqni 

jonlantirib yuboradi va uni o`quvchilar tez o`zlashtiradilar. 

 

O`qituvchining  nutqi  aniq,  jonli,  obrazli,  talaffuzi  jihatdan  yorqin,  ifodali, 



his-hayajonli  bo`lib,  unda  stilistik,  grammatik,  fonetik  nuqsonlar  uchramasligi 

lozim. Bir xildagi cho`ziq, zeriktiradigan nutq o`quvchilarni juda tez charchatadi, 

ularni lanj, loqayd qilib qo`yadi. Ayrim o`quvchilar tez gapirishga, boshqasi sekin 

gapirishga  moyil  bo`ladilar.  Biroq  o`quvchilarning  o`zlashtirishlari  uchun 

o`rtacha,  jonli  nutq  yaxshi  natija  berishini  esdan  chiqarmaslik  lozim. 

SHoshqaloqlik  saboqni  o`zlashtirishga  xalaqit  beradi  va  bolalarni  tez  charchatib 

qo`yadi. Haddan tashqari keskin va baqiroq nutq o`quvchilarning asabini buzadi, 

toliqtirib  qo`yadi.  o`qituvchining  zaif  ovozi  yomon  eshitiladi.  Nihoyatda  ko`p 

takrorlanadigan  bir-xildagi  imo-ishoralar  va  harakatlar  kishining  g`ashini 

keltiradi. 

 

5.  Tashkilotchilik  qobiliyati  –  birinchidan,  o`quvchilar  jamoasini 



uyushtirish,  jipslashtirish,  muhim  vazifalarni  hal  etishga  ruhlantirishni, 

ikkinchidan, o`z ishini to`g`ri uyushtirishni nazarda tutadi. 

 

O`z ishini tashkil etish deganda ishni to`g`ri rejalashtira olish va uni nazorat 



qila  bilish  nazarda  tutiladi.  Tajribali  o`qituvchilarda  vaqtni  o`ziga  xos  his  etish-

ishni  vaqtga  qarab  to`g`ri  taqsimlay  olish,  belgilagan  muddatda  ulgurish 

xususiyati hosil bo`ladi. 

 

Dars  davomida  kutilmaganda  ortiqcha  vaqt  sarflash  hollari  bahzan  uchrab 



turadi. Ammo tajribali o`qituvchi zarur hollarda darsning rejasini o`zgartira oladi. 

 

6.  Obro`  orttira  olish  qobiliyati  –  o`quvchilarga  bevosita  emotsional-



irodaviy  tahsir  ko`rsatish  va  shu  asosda  emas,  balki  o`qituvchining  fanni  yaxshi 

bilishi,  mehribonligi,  nazokatliligi  va  hokazolar  asosida  ham  qozoniladi.  Bu 

qobiliyat  o`quvchi  shaxsiy  sifatlarining  butun  bir  yig`indisiga,  chunonchi  uning 

irodaviy  sifatlariga  (dadilligi,  chidamliligi,  qathiyligi,  talabchanligi  va 

hokazolarga),  shuningdek,  o`quvchilarga 

ta`lim  hamda  tarbiya  berish 




 

52 


mashuliyatini  his  etishga,  o`zining  haq  ekanligiga  ishonishga,  bu  ishonchni 

o`quvchilarga yetkaza olish kabilarga ham bog`liq. 

 

O`quvchilar  qo`pollik  qilmaydigan,  qo`rqitmaydigan,  to`g`ri  talab  qo`ya 



oladigan  o`qituvchini  juda  hurmat  qiladilar.O`qituvchining  bo`shangligi, 

laqmaligi, sabotsizligi va irodasizligini yoqtirmaydilar. 

 

7.  To`g`ri  muomala  qila  olish  qobiliyati  –  bolalarga  yaqinlasha  olish,  ular 



bilan  pedagogik  nuqtai  nazaridan  juda  samarali  o`zaro  munosabatlar  o`rnata 

bilish, pedagogik nazokatning mavjudligi bildiriladi. 

 

8.  Kelajakni  ko`ra  bilish  qobiliyati  –  o`z  harakatlarining  oqibatini  ko`ra 



bilishda  o`quvchining  kelgusida  qanday  odam  bo`lishini  taavvur  qila  olishida, 

tarbiyalanuvchida  qanday  fazilatlarni  taraqqiy  ettirish  lozimligini  oldindan  bera 

olishda  ifodalanadi.  Bu  qobiliyat  pedagogik  optimizga,  tarbiyaning  qudratiga 

bog`liqdir. 

 

9. Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati – o`qituvchi uchun  diqqatning barcha 



xususiyatlari-hajmi,  kuchi,  ko`chuvchanligi,  iroda  qilina  olishi,  safarbarligi 

kabilarning taraqqiy etilishi bilan izohlanadi.

12

 

 



Diqqatni  ayni  bir  vaqtda  taqsimlash  qobiliyati  o`qituvchilik  uchun  alohida 

ahamiyat  kasb  etadi.  Qobiliyatli,  tajribali  o`qituvchi    saboqni  bayon  qilish 

mazmuni  va  formasini  o`z  fikrini  (yoki  o`quvchining  fikrini)  diqqat  bilan 

kuzatadi,  ayni  vaqtda  barcha  o`quvchilarni  ko`rib  turadi,  toliqish,  e`tiborsizlik, 

tushunmaslik  alomatlarini  hushyorlik  bilan  kuzatadi,  intizomsizlik  hollarini 

e`tibordan  qochirmaydi,  nihoyat  o`z  hatti-harakatini  ham  kuzatib  boradi. 

Tajribasiz  o`qituvchi  ko`pincha  saboqni  bayon  qilishga  berilib  ketib, 

o`quvchilarni  e`tibordan  chetda  qoldiradi,  nazorat  qilmay  qo`yadi:  bordi-yu 

o`quvchilarni diqqat bilan kuzatishga harakat qilsa, fikr kalavasini yo`qotadi. 

 

O`qituvchi yuqorida ko`rsatilgan qobiliyatlardan tashqari, bir qancha ijobiy 



sifatlarga-aniq  maqsadni  ko`zlash,  qathiylik,  mehnatsevarlik,  kamtarinlik  kabi 

sifatlarga ham ega bo`lishi kerak. Bunday xususiyatlar bo`lmasa, o`rta pedagogik 

darajasidan yuqoriga ko`tarila olmaydi. 

                                                 

12

 M.T.Davletshin «Zamonaviy maktab o`qituvchisining psixologiyasi». T., 1999 y.



 


 

53 



Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin