O’zaro pedagogik ta‘sir etish va uning vazifasi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta‘limiy va tarbiyaviy isloxotlarning maksadi -- komil insonni shakllantirishdir. Bu borada pedagogik tizimdagi fanlarning ahamiyati kattadir. Shu jumladan, «Pedagogik mahorat» fanini o’qitishda talabalarda mustakillik va ijodiy fikrlashni rivojlantirish masalasiga aloxida e‘tibor karatilgan.
O’z – o’zidan ayonki, pedagogik mahorat fanidan dars beruvchi oliy maktab o’qituvchisi, kuchli mahorat egasi o’z kasbining ustasi bo’lishi bilan birga keng dunyoqarashli, ichki va tashki madaniyati bir – birini tuldiradigan hamda boy pedagogik, xayotiy tajribaga ega bo’lishi lozim. Chunki bulajak mutaxassis o’qituvchi shaxsi va uning kasbiy sifatlariga aloxida e‘tibor karatadi. Shu bilan birga «O’qituvchining nutk mahorati», «Pedagogik jarayonda e‘tikod va ishontirish», «O’qituvchining ta‘lim jarayonidagi mahorati», «O’qituvchining tarbiyachilik mahorati», «Ota – onalar bilan ishlash mahorati» kabi mavzularni o’rganish chogida talaba – domla, o’qituvchi – o’quvchi, o’qituvchi – ota – ona, o’qituvchi – ma‘muriyat kabi munosabatlarga xos bo’lgan o’zaro ta‘sir, muomala, ularning yechimlari to’g’risida, munosabatlari to’g’risida daslabki kunikma va malakalarga ega bo’ladi. Ana shunday sharoitda tajribali, ijodkor, izlanuvchan o’qituvchi o’z shogirdlarini ijodkorlik ishlariga keng jalb kilib, zamonaviy metod va usullar asosida o’quvchida qaror topayotgan shaxsiy sifatlar usib borishini o’rganib boradi. Olingan ilmiy ma‘lumotlar bolani muayyan kasbga, mexnatga, oilaviy xayotga tayyorlash imkoniyatlarini beradi. «O’qituvchi – talaba» hamkorligiga xos kasbiy mahorat qirralarini yanada oydinlashtiradi.
O’zaro pedagogik ta‘sirda o’qituvchining o’quvchilar bilan muomala madaniyati. Bolada intizom – madaniy xulq, boshlangich kunikma va malakalari shakllanishi deb kabul qilish mumkin. Ma‘lumki, extiyojlar rivojlanib faoliyat motivlariga aylanadi. Bu yerda aytmokchi bo’lgan narsa intizom va madaniy xulq sifatlarining bola extiyoj motivlari sifati. Ular zaminida kelib chikadigan muxim faoliyat turlari bilan bog’liqligidir. Bolalar boskichma –boskich emotsional – xissiy, ijtimoiy, o’quv, foydali ish, yexnat faoliyatlarini utaydilar. Har bir ma‘lum yoshda yukorida zikr etilgan bir faoliyat turi muxim bo’ladi va bola shaxsi rivojlanishida xal kiluvchi ahamiyatsha ega bo’ladi. Bolalar dastlab faoliyat turi bilan shug’ullanishar ekan, natijalar samarali bo’lishi, xatti – harakatlar zarurligi, shuningdek ushbu faoliyat jarayonida bashqa tengdoshlari, kattalar bilan to’g’ri shaxslararo munosabatlarga qirra bilish bilan ham bog’liqligini amaliyotda o’zlashtirib oladi.
O’qituvchi o’quvchilari bilan shaxslararo intizom va madaniy xulq tarbiyasini muvaffakkiyatli amalga oshirish uchun o’qituvchi tashkaridan turib ta‘sir etish usullaridan emas, balki o’quvchining muxim faoliyati yakin rivojlanish chegarasi bilan bog’liq bo’lgan extiyoj – motivlar tizimi maksadlarini rivojlantirish uslublari asosida tarbiyalanuvchilar bilan hamkorlik qilish kerak. Bir so’z bilan aytganda, o’zaro munosabatlar va intizom madaniy xulq tarbiyasini tashkaridan emas, ichkaridan, o’quvchilarni extiyoj – motivlar tizimiga asoslanib amalga oshirish lozim.
Bizni urab to’rgan borlik hamda insoniyatning yashash tarzining o’zi ma‘lum o’zaro muomala, intizom, madaniy xulq koidalariga rioya qilish borlikka ma‘lum natijalarni ko’zlab ta‘sir etish imkonini beradi.
Bu urinda o’zaro muomala madaniyati va munosabati va intizom, madaniy xulq tarbiyasini takomillashtirib borishda asos bo’ladigan karama – karshilik mavjud: shaxs ruhiy sifatga ega bo’lganligi uchun, unda shakllangan o’zaro munosabat, muomala, intizom, madaniy xulq darajasi borlikka doimo to’g’ri kelavermaydi. Ikkinchidan esa, borlik takozo etayotgan koidalar doimo shaxs, moddiy, ma‘naviy manfaatlariga mos bulavermaydi.
Shaxs o’zaro munosabat va muomala, intizom, madaniy xulq tarbiyasini borlik (jamiyat) talablari darajasigacha rivojlantirishga faol harakat kiladi. Bu esa shaxsning o’z intizomi, muomala madaniyati, xulq kunikmasi ustida doimiy ravishda ishlashga olib keladi. Faoliyatdan maksad esa ko’zlangan natijalarga erishish bo’lib qolaveradi.
Yukorida aytilgan fikrlarimizdan kelib chikib, intizom va madaniy xulq tarbiyasiga quyidagicha ta‘rif berilishini maksadga muvofik deb bilamiz. O’zaro munosabat va muomala madaniyati, intizom va madaniy xulq tarbiyasi – bu shaxsning o’ziga xos sifati bo’lib, o’quv koidalari bajarilishidan o’quvchining faol ijodiy yondoshishda va shaxslararo muloqot munosabatlarida, ijtimoiy – ta‘limiy natijalarga erishishda o’qituvchi bilan hamkorlik qilish tushuniladi.
Bu berilgan ta‘rifda,
birinchidan, intizom va madaniy xulqning yakinlashtiruvchi xususiyati ta‘kidlangan.
Ikkinchidan, intizom va tartib koidalarni bajarishda o’quvchining faolligi ko’rsatilgan.
Uchinchidan, intizom va madniy xulqning faoliyat natijasiga karatilganligiga e‘tibor beriladi.
Turtinchidan, intizom o’quv faoliyati jarayonida namoyon bo’lishi, madaniy xulqning esa esa shaxslararo muloqot, munosabatlarda aks etishi ko’rsatilgan.
Beshinchidan, intizom, madaniy xulq tarbiyasi o’quvchi va o’qituvchi o’zaro hamkorligida amalga oshirilishi xisobga olingan.
Yukoridagi fikrlardan kelib chikib, pedagogika fani o’qituvchisi tor doiradagi ta‘limiy – tarbiyaviy fikrlar va axborotlar bilan cheklanmasdan, o’zining ma‘naviy olamini yanada boy va go’zal bo’lishi uchun : kadrlar tayyorlash Milliy dasturi vazifalari hamda fukarolar huquqi, mas‘uliyati va erkinligiga oid qonunlar, kontseptsiyalar va me‘yoriy xujjatlarga mos keladigan xaqqoniylikni aks ettiradigan axborotlar, ta‘lim samaradorligini oshirishga xizmat kiladigan kompyuter texnologiyasi, ko’rgazmali materiallar, kullanma va adabiyotlardan unumli foydalanishni kundalik xayot tarziga singdirib borishlari lozim.
Bugungi o’qituvchilar bundan un – un besh yil oldin ishlagan o’qituvchilardan o’zlarining dunyoqarashlari va madaniyatlarining yukoriligi bilan farq kiladilar. O’z navbatida ota – onalar ham farzandlarini ma‘oratli o’qituvchilar kuliga topshirishga harakat kiladilar. O’qituvchini bilib, surishtirib, kasbiga munosabati hamda obru – e‘tiboriga qarab sung bolalarini ishonib topshirishadi. Bunday o’qituvchilardan ota – onalarning kungli tuk bo’ladi.
Pedagogik mahoratga xos ijodkorlik hamkorlikni talab etadi : ota – ona, maxalla, oliy o’quv yurtlari, ilmiy tadkikot institutlari bilan yakindan alokada bo’lgan, izlanuvchan o’qituvchilarning ko’p kismi «Xalq maorifi a‘lochisi», «Xalq o’qituvchi», «Yil o’qituvchi», «Yil tarbiyachisi», «Metodist o’qituvchi», «SHuxrat» medali bilan takdirlanib, jamoatchilik e‘tiborini kozonadilar va o’z kasblariga sodik qoladilar.
Mahorat birdaniga yo’zaga kelmaydi. Yoki pedagogika fanini ukibok kasbiy – pedagogik mahorat soxibi bo’lib qolish qiyin. Bu jarayon o’qituvchilik kasbiga qiziqib, mehr kuyib, uni ongli va asosli ravishda tanlashdan boshlanadi. O’qituvchi tomonidan esa, ushbu kasbga yunaltirishning kanchalik ilmiy va metodik asosiga kuyilganligi bilan bog’liq. Kasbga bo’lgan barqaror qiziqishning, maylning shakllanishi sevimli o’qituvchisiga taxlid qilish va unga uxshashlikni istash, bolajonli bo’lish, fanga qiziqish, usha kasbning jamiyatda tutgan o’rnini kanchalik tushunib yetganligi bilan ham bog’liqdir. Bu jarayon maktabda kasb tanlashga yunaltirish deyilsa, oliy maktabda kasbiy tarbiya va bilimlarni egallash jarayoni deb yuritilib, bunda pedagogik turkum fanlarining, ayniksa, pedagogik mahorat fanining o’rni aloxida kasb etadi.
O’qituvchilar amaliyotida o’z pedagoglik vazifalarini xalol bajarishga intilsalarda ish sharoitlari turlicha bo’lganliklari uchun bir xil natijaga erishavermaydilar. Buninsh oqibatida maktab raxbarlari, o’qituvachilar va ayrim paytlarda ota – onalar bilan bo’ladigan muloqotda pedagogik nizo va kamchiliklar uchrab turadi. Bunday hollar kamrok uchrasa – da, umumiy ishga – o’quvchilar tarbiyasiga zarar yetkazadi. Ayrim hollarda muallim har kuni o’z bilimini oshirish ustida ishlashga, boshlagan ishini oxirigacha yetkazishga irodasi chidamaydi yoki o’zini usha ishga safarbar eta olmaydi. Natijada jamiyatni muallimga qo’ygan talabiga javob bulmaydi. Maktab raxbarlarini bunday vaqtda o’qituvchiga nisbatan talabchanligini oshirmaganligidan darak beradi.
Buyuk mutafakkirlarimiz utmishda ham o’qituvchining mexnatiga yuksak baxo berib, u juda katta, faxrli va olijanob vazifani bajaradi, deb xisoblaganlar. Alisher Navoiy madrasa muallimlari to’g’risida gapirib, ular har tomonlama kamol topgan kishilar bo’lishini orzu qilgan. O’qituvchilikni u olijanob va faxrli kasb deb xisoblagan. O’qituvchi mexnatining kadr – kimmati haqida quyidagi satrlarni yozgan:
Xak yulida kim senga bir harf o’qitmish ranj ila,
Aylamok oson emas xakkin ado ming ganj ila.
SHuning uchun o’qituvchi pedagogik mahoratli, har tomonlama bilili, sabr – tokatli bo’lishi kerak, chunki unga o’quvchilar har soxada murojaat qilishlari mumkin.
Pedagogik mahorat fani ayni paytda tarbiya san‘ati to’g’risidagi fan hamdir. O’qituvchining pedagogik faoliyatni nozik qirralarini kanchalik egallaganligi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta‘lim va tarbiya tizimiga tadbik eta olish qobiliyatida o’z ifodasini topadi. Demak, pedagogik mahoratni egallamagan o’qituvchida texnologik qobiliyatning yo’zaga chikishi qiyindir. Bunday o’qituvchi o’z kasbining ustasi darajasiga ham kutarila olmaydi. Shuning uchun ham zamon talablariga javob beradigan o’qituvchi pedagogik mahorat, pedagogik texnologiyalar, o’qitishning ilg’or usullari va kompyuter texnologiyalarini chuqur egallagan bo’lishi ta‘lim to’g’risidagi Qonun va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridir.
Mustaqil respublikamizning oldida turgan asosiy vazifalardan biri - yuqori malakali kadrlar tayyorlashdan iboratdir. Rsspublikamizda taraqqiyot va o'zgarishlarga boy hozirgi paytda yoshlarning har tomonlama kamol topishi davr talabi va ehtiyojidir. Maktablarimiz ma'naviy baquvvat, bilimli, o'z mustaqil Vatanimizdan faxrlanish tuyg’usiga boy kishilarni tarbiyalashi kerak. Bu esa ta'lim-tarbiya oldidagi murakkab, keng ko'lamli muammolardan biridir. Xalq ta'limi tizimida hal qiluvchi inson - o'qituvchidir. Agar o'qituvchi ijodkor va izlanuvchan bo'lsa, o'quvchi bilim darajasi ham baland bo'ladi. O'qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta'lim mazmunini egallagan bo'lishlari kerak. Pedagog xodimlar o'zlarining kasb ko'nikmalari, muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart, deb ta'kidlanadi «Ta'lim to'g’risida»gi Qonunda.
O’qituvchi kasbining nozikligi, mas'uliyatliligi va murakkabligi hamda sharafli ekanligi to'g’risida mulohazalar, muallimning mahorati, ularga qo'yiladigai talablar, fazilatlariga oid qarashlar, munosabatga kirshish mahorati, muomala madaniyati Shark mutafakkirlarining asarlarida o'z ifodasini topgan. Sharq ma'naviy-madaniyatining xilma-xil jihatlari, ayniqsa Uyg’onish davrida juda rivojlangan bo'lib, bu davrda yashab ijod etgan Abu Nasr Forobiy, Al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abdurahmon Jomiy, Jaloliddin Davoniy, Alisher Navoiy va boshqa ko'plab mutafakkirlarning ijodlari pedagogik tafakkur taraqqiyotida yosh murabbiylarning ma'naviy-axloqiy kamolotida muhim manba bo'lib xizmat qiladi.
Sharqning buyuk allomasi, qomusiy olim Forobiy (873-950) muallimning ijtimoiy hayotda tutgan o'rni va uning o'ziga xos xususiyatlari to'g’risida ibratli g’oyalarni ilgari surgan.
«O’qituvchi, - deydi Forobiy, - aql-farosatga, chiroyli nutqqa ega bo'lishi va o’quvchilarga aytmoqchi bo'lgan fikrlarni to’la va aniq ifodalay olishni bilmog’i zarur. Shu bilan birga o'z or-nomusini qadrlashi, adolatli bo'lishi lozim. Ana shundagina u insoniylikning yuksak darajasiga ega bo'ladi va baxt cho'qqisiga erishadi», -deb ta'kidlaydi. Mutafakkir o'qituvchi shaxsiga xos qator fazilatlarga xolisona, odilona, oqilona sharh berish imkoniyatiga erishgan buyuk zotdir. Shuning uchun mazkur sharhlar, ilmiy ilovalar, teran fikrlar, ibratli mulohazalar ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan.
Mazkur muammo yuzasidan mulohaza yuritgan atohli olim Abu Ali ibn Sino (980-1037)ning fikricha, «... O'qituvchi matonatli, sof vijdonli, rosggo'y va bola tarbiyalash uslublarini, axloq qoidalarini yaxshi biladigan odam bo'lmog’i lozim. O'qituvchi o'quvchining butun ichki va tashqi dunyosini o'rganib, uning aql qatlamlariga kira olmog’i lozim». Abu Ali ibn Sino mulohazasiga ko'ra tarbiyachi dastlab bolalarni yaxshi ko'rishi, hurmat qilishi, ular bilan xushmuomala bo'lishi shart. Agar bola ishni yaxshi bajarsa, uni o'z vaqtida rag’batlantirish, gohida maqtab qo'yish, aksincha bo'lganda esa, unga tanbeh berish kerak. Lekin, deydi Ibn Sino, tanbeh bolaning izzat-nafsiga tegadigan bo'lmasligi lozim, o'quvchiga murosasozlik qilish esa bolaning o'zboshimcha bo'lib qolishiga olib boradi, - deydi Ibn Sino.
Dostları ilə paylaş: |