O’qituvchining pedagogik mahorati



Yüklə 77 Kb.
səhifə1/5
tarix05.12.2022
ölçüsü77 Kb.
#72471
  1   2   3   4   5
Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tasnifi


Pedagogik qobiliyatning turlari va ularning tasnifi
Reja:

  1. O’qituvchining didaktik va akademik qobiliyatlari.

  2. O’qituvchining perseptiv va nutqiy qobiliyatlari.

  3. O’qituvchining tashkilotchilik, avtoritar va kommunikativ qobiliyatlari.

  4. O’qituvchining pedagogik xayoli, diqqatni taqsimlay olish qobiliyati.



1.O’qituvchining didaktik va akademik qobiliyatlari.
Uzoq yillar olib borilgan tadqiqotlar pedagogik qobiliyatlar murakkab va ko’p qirrali psixologik bilimlardan iboratligini ko’rsatib berdi. Ana shu tadqiqot ma’lumotlaridan foydalani, pedagogik qobiliyatlar tuzilishida muhim o’rin egallaydigan qator komponentlar /tarkibiy qismlar/ ni ajratib ko’rsatish mumkin:
Didaktik qobiliyatlar – bu bolalarga o’quv materialini aniq va ravshan tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqsh uyg’otib, ularda mustaqil faol fikrlashni uyg’ota biladigan qobiliyatlardir.
Didaktik qobiliyatga ega bo’lgan o’qituvchi zarurat tug’ilganda qiyin o’quv materialini – osonroq, murakkabrog’ini soddaroq, tushunish qiyin bo’lganini tushunarliroq qilib o’quvchilarga moslashtirib bora oladi.O’qituvchining manna shu xislatlarini bilib olgan o’quvchilar odatda: «O’qituvchining eng muxim tomoni ham uning hamma narsani aniq-ravshan va tushunarli qilib berishidada. Bunday o’qituvchining qo’lida maza qilib o’qiging keladi»; «Unisi esa hyech narsaga yaramaydigan o’qituvchi, hyecham aniq tushuntirib bera olmas edi»; «O’quv materialini oldida tirik odamlar emas, balki qandaydir mexanizmlar bordek, zerikarli va noaniq – mujmal qilib tushuntiradi. Biz bunday o’qituvchilarni yoqtirmaymiz»-deydilar.
Hozirgi tushunchamizdagi kasbiy maxorat shunchaki bilimlarni osonroq, hammabob va tushunarli qilib o’quvchilar ongiga yetkazib berish qobiliyatinigina emas, balki shu bilan birga o’quvchilarning mustaqil ishlarini, ularning bilish faolligini oqilona va moxirlik bilan boshqarib, ularni kerakli, tomonga yo’naltirib turishdan iborat qobilyatni ham o’z ichiga oladi.
Mana shu qobiliyatlar asosida o’quvchilar psixologiyasiga xos doimiy ustanovka /yo’naltirish/ yetadi. Qobiliyatli pedagog o’quvchilarning tayyorlik darajasini, ularning taraqqiyot darajasini hisobga olgan holda bolalarning nimani bilishi va nimani bilmasligini, nimalarni allaqachon esdan chiqarganliklarini tasavvur qila oladi.
Ko’pchilik o’qituvchilarga, ayniqsa xafsalasiz o’qituvchilarga, o’quv materiali oddiygina va hyech qanday aloxida tushuntirish hamda izoh berishni talab qilmaydigandek tuyuladi.
Bunday o’qituvchilar o’quvchilarni emas, balki birinchi galda o’zlarini nazarda tutib ish olib boradilar. Shuning uchun ham o’quv materialini o’ziga qarab tanlaydilar. Qobiliyatli, tajribali o’qituvchilar esa o’zlarini o’quvchi o’rniga qo’yib, kattalar uchun aniq-ravshan va tushunarli bo’lgan material o’quvchilar uchun noaniq va tushunarsiz bo’lishi mumkin degan nuqtai nazarda bo’ladila. Materialni bayon etish jarayonida qobiliyatli o’qituvchi turli o’quvchilarning qanday tushunayotganliklari va zarur bo’lganda dars bayonotiga alohida e’tibor berishga intilayotganliklari kabi qator belgilariga qarab to’g’ri tasavvur qilib, xulosa chiqara oladi.
Ana shunday pedagogik qobiliyatni aniqlash uchun psixolog N.F.Gonobolin juda qulay test tavsiya etadi. Bu testga ko’ra bilish xarakteridagi matnda o’qituvchining fikri buyicha ayrim sinfo’quvchilari uchun qiyin deb hisoblangan qismlarni alohida ko’rsatib, nima uchun bu qismlarning qiyinligini tushuntirib berish, shundan so’ng esa matnni o’quvchilarga yengil va ularning o’zlashtirishlari uchun qulay qilib qayta tuzish tavsiya etiladi.
Qobiliyatli o’qituvchi shu bilan bir qatorda materialni o’zlashtirish, o’quvchilarga biroz nafas olib o’zlariga kelib olishlari va o’z diqqat -e’tiborlarini bir joyga qo’yib, ayrim qo’zg’alishlarni «sundirib» boshqalarini esa jadallashtirib, ularning bushashganligni, sustligini va loqaydliligini yengishlari uchun zamin tayyorlash zarurligini ham nazarda tutadi. Bunday o’qituvchi zarur sharoit yaratilmaguncha darsni boshlamaydi. Haddan tashqari shiddat bilan boshlangan dars o’quvchilarda himoya qiluvchi tormozlanishni vujudga keltirib, miya faoliyati tormozlanadi, o’qituvchining so’zlari yetarlicha idrok qilinmaydi.

Yüklə 77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin