O`qituvchisi Ostonova Dilafro`zning 7-sinflar uchun jismoniy tarbiya fanidan


Yugurib kelib uzunlikka sakrashga



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə3/4
tarix22.10.2023
ölçüsü0,55 Mb.
#159489
1   2   3   4
dars-ishlanma-1

Yugurib kelib uzunlikka sakrashga
va «jismoniy tarbiya va sport»ga oid savollar to’plami


1-bilet

  1. Yugurib kelib uzunlikka sakrash nechta fazadan iborat, ularning nomlanishini aytib bering?

  2. Futbol o’yininingg payda bo’lishi va O’zbekistonda futbol jamoasi qachon va qayerda tashkil topgan?

2- bilet

  1. Yugurib kelib uzunlikka sakrash musoboqa qoidasiga binoan yugurib kelish masofasi nechi metr bo’ladi? Masofa bo’ylab yugurish qoidasi haqida gapirib bering?

  2. Nima uchun kun tartibiga doimiy ravishda amal qilish kerak?

3-bilet

  1. Musoboqa qoidasiga binoan yugurib kelib uzunlikka sakrash uchun nechta urunish beriladi va sakrash uzunligi qanday o’lchaniladi?

  2. Suv muolajalarini qabul qilish qoidalari qanday, aytib bering?

4-bilet

  1. Uzunlikka sakrashda yerga «qo’nish» xandaqning o’lchami qancha bo’lish kerak hamda «qo’nish» fazasi texnikasini aytib bering?

  2. Olimpiya o’yinlari chempioni va sovrindori bo’lgan O’zbekistonlik sportchilarning nomlarini aytib bering? Ular kimlar qaysi sport turlari bo’yicha chempion va sovrindor egalari.

5-bilet
1. Yugurib kelib uzunlikka sakrashda depsinuvchi (kuchli) oyoqni depsinuvchi chiziqqa to’ғri tushishini ko’rsatib hamda tushuntirib bering?
2. Bolalar o’rtasida qanday musoboqalar o’tkaziladi?
Javoblar:
1-bilet
1. Yugurib kelib uzunlikka sakrash to’rtta jismoniy harakatdan ya’ni fazadan iborat bo’lib, ular quydagilardan iborat 1. Masofa bo’ylab yugurish. 2. Kuchli oyoqda depsinish. 3. Uchish. 4.Qo’nish.
2. Futbol inglizcha so’z bo’lib «oyoq to’pi» degan ma’noni anglatadi. O’zbekistonda futbol komandasi ilk bor 1912- yili Qo’qon shaxrida tuzulgan, u 1921 yildan turli musoboqalarda qatnasha boshlaganlar
2-bilet
1 Yugurib kelib uzunlikka sakrashda tezlik bilan yugurib kelish masofa yo’lakchasi musoboqa qoidasiga binoan depsinish joyining old tomonidan 40 metr bo’ladi. Masofada tez yugurib kelish holatida gavda, qo’l, oyoq xarakatlarini hamda nafas olish ritmini aniq bajarib depsinish chiziғiga 10-15 metr masofa qolganda tezlikni yanada oshirib belgilangan depsinish chiziғiga kuchli oyoqni aniq tushirib sakrash bilan bajariladi . Uzunlikka sakrash natijasini metr o’lchagich yordamida depsinish taxtasidan sakrovchining qo’ngan joyigacha bo’lgan masofasi orqali belgilanadi.
2 . Kun tartibi- bu mashғulot, aqliy va jismoniy mexnat hamda dam olishni tartibga solish shuningdek vaqtdan unumli foydalanishning oqilona yo’lidir.
3-bilet
1. Yugurib kelib uzunlikka sakrash musoboqalarda sakrash uchun 3 urinish berilib har bir urinish uchun qatnashuvchiga 1 minut vaqt beriladi.
2. Suv bilan chiniqish qo’yidagicha amalga oshiriladi; a) artinish - badan ho’l sochiq bilan yoki qo’lni suvga ho’llab ishqalab artish, b) ustidan suv quyish- bu bo’yinga, qo’llarga, belga, ko’krakka va oyoqqa tegishli bo’lishi mumkin; v) dush qabul qilish- bunda chiniqish uchun suv o’rtacha kuch bilan , bir me’yorda yoki yomғirga o’xshatib sachratib qabul qilinadi. Dastlab dush qabul qilishda suvning harorati +30 dan +35 gradusgacha, muolajaga ketadigan vaqt 1 minutni tashkil etish kerak. d) ochiq suv havzalarida cho’milish- bunda organizmda bir yo’la xavo, suv va quyosh nurining ta’siri yaxshi seziladi. Cho’milishni suvning harorati +18dan +20 gradusgacha bo’lganda boshlash lozim

Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin