2. Cho‘ktiriladigan monoblok shakldagi ОПВ nasoslar. Keyingi yillarda
o‘qiy nasos va dvigatel bitta valga o‘rnatilib, bir butiin monoblokni tashkil etuvchi
suv cho‘ktiriladigan ОПВ va ОМПВ turdagi agregatlar ham ishlab chiqarilgan (bu
erda O-osevoy, П- pogrujnoy, B-vodyanoy, M-monoblochniy kabi ruscha
so‘zlaming birinchi harflari). Cho‘ktiriladigan monoblok nasos agregatining suv
manbasi qirg‘og‘iga o‘rnatilish tasviri 2-rasmda keltirilgan.
2.17-rasm.Cho‘ktiriladigan
monoblok shakldagi ОПВ
nasoslarining o‘matilish
tasvirlari: а-sirpanuvchi;
b-sharnirli; 1 -elektronasos;
2-bosimli quvur; 3 va
8-manometrlar; 4-boshqarish
stansiyasi; 5-tiragich;
6-ushIagich;7-tortgich;
9-sharnir.
Cho‘ktiriladigan monoblokli agregatlarda elektr dvigatel nasos oldidagi
≪quruq≫ qobiqqa joylashtiriladi va quruq saqlash uchun uning ichiga qisilgan havo
haydab turiladi. Ushbu turdagi nasos agregatlari qo’llanganda qurilish bahosi ancha
arzon tushadi, chunki stansiya binosini qurishga zarurat bo’lmaydi. O’qiy nasoslar
markazdan qochma nasoslardan quyidagi afzalliklari bilan farq qiladi: FIK yuqori,
suv uzatishiga nisbatan massasi kam, ish ko’rsatkichlarini o’zgartirish oson.
Xulosa:
Xulosa qilib shuni aytish joizki Respublikamiz va hamdo‘stlik
davlatlari xalq xo‘jaligida, shuningdek, suv xo‘jalik tizimlarida asosan
bir g‘ildirakli o‘qiy nasoslar keng qo’laniladi. O‘qiy nasoslar gorizontal,
vertikal va qiya valli, bir va ko‘p gildirakli tuzilishda ishlab chiqariladi.
Nasosning vali, ish bo'linmasi, gubchak, uzatkich, burilish qismi, ishchi
g‘ildirak kuraklari-po’lat, diffuzor va to‘g‘rilovchi moslama
cho'yan, podshipniklarni sirpanma qismi-rezina qoplangan po‘lat
materialdan tayyorlanadi bu esa nasosning chidamliligini oshiradi va uzoq
muddat foydalanilinishini taminlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.Азизов С. Каршинский магистральный канал. -Гидротехника и
мелиорация, 1970,
2.Бабенко Ю.М., Коваленко Ю.В. Насосы. Учеб.пособие. Ростов
н/Д. (Ростов н/Д Гос. Акад.с-х. машиностр.).
3.
MAMAJONOV MAHMUDJON
Nasoslar va nasos stansiyalari
TDTU elektor kutobxosasi.
Internet saytlar:
www.ziyonet.uz
www.c-o-k.ru