O’qiy nasoslar.
Reja:
1.O’qiy nasoslar haqida tushuncha.
2. Cho‘ktiriladigan monoblok shakldagi ОПВ nasoslar
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.O’qiy nasoslar haqida tushuncha.Suyuqlik oqimi ishchi g’ildiragi o‘qi
bo‘yicha harakatlanadigannasoslar o‘qiy nasoslar deb nomlangan (1-rasm). O‘qiy
nasoslar gorizontal, vertikal va qiya valli, bir va ko‘p g’ildirakli tuzilishda ishlab
chiqariladi. Respublikamiz va hamdo‘stlik davlatlari xalq xo‘jaligida, shuningdek,
suv xo‘jalik tizimlarida asosan bir g‘ildirakli o‘qiy nasoslar keng qo’laniladi. Bir
g’ildirakli o‘qiy nasoslami suv uzatishi Q = 0,072...54 𝑚
3
/ s va bosimi H = 2,5 ... 28
m chegaralarda bo’lib, tuzilishi bo‘yicha ikki xil turda tayyorlanadi:
1-rasm. 0 ‘qiy nasos tuzilishi (a), ishchi g‘ildiragi (b) va kuraklarini burish
mexanizmi (d): 1-ishchi g‘ildirak; 2-ish bo’linmasi; 3-to‘g‘rilovchi moslama; 4 va
9-pastki va yuqori podshipniklar; 5-diffuzor; 6-nasos qobig‘i; 7-val;
8-kuraklarini burish dastasi; 10-lappakli mufta.
-O turdagi nasoslar: ishchi gMldiragi diametri D<700 mm, kuraklari
payvandlangan va ish bo’linmasi silindr shaklida (O -
≪osevoy≫ ruscha so‘zning
birinchi harfi);
-ОП turdagi nasoslar: ishchi g’ildiragi diametri D> 870 mm, kurakiari
buriluvchan va ish bo’linmasi sfera shaklida (Ori-
≪osevoy, povorotnolopastnoy ≫).
Kuraklarini burish yo’li bilan nasosni ish ko‘rsatkichlarini (Q va H) keng chegarada
o‘zgartirish mumkin. Gorizontal valli nasostaming belgisida Г harfi keltirilib, ular
ishchi g‘ildiragi diametri D<700 mm, vertikal valli nasoslar ishchi gMldiragi
diametri D> 470 mm oichamlarda ishlab chiqariladi. Vertikal o‘qiy nasos kesimi 1-
rasmda tasvirlangan. Ishchi g‘ildirak (1) gubchak va unga mahkamlangan
nosimmetrik shaklli kuraklardan iborat bo‘lib, sfera shaklidagi (2) ish bo’linmasiga
joylashtirilgan. Ishchi g'ildirak aylanishida nosimmetrik profildagi kuraklami
suyuqlik oqib o‘tish jarayonida ko‘tarish kuchi paydo bo’ladi va oqimning o‘q
bo‘ylab harakati vujudga keladi. Ishchi g‘ildirakni aylanishi oqimning ilgarilanma-
aylanma harakatlanishiga sabab bo'ladi.
Aylanma harakatni to‘g‘ri chiziqli harakatga keltirish uchun 3 to'g'rilovchi moslama
o‘matiladi. Ishchi g‘ildirak (1) ichi bo‘sh (3) valning pastki qismiga mahkamlanadi.
Val ichida (8) dasta kuraklami burish mexanizmini uning uzatmasi bilan bog‘lab
turadi (1,d-rasm). To‘g‘rilovchi moslama (3) gubchagi ichiga joylashtirilgan pastki
(3) va (9) yuqori radial sirpanma podshipniklar (7) valning.tayanchi bo‘lib
hisobladi. Sirpanma podshipniklar rezina yoki lignofol (qatlangan yog‘och plastika)
materialdan tayyorlangan. Podshipniklarga tindirilgantoza SUV maxsus nasos bilan
berilib, moylab turiladi. Podshipniklarni moylash suvi sarfi ishchi g’ildiragi diametri
D=1100...2600 mm bo’lgan nasoslar uchun 0,5...2 1/s miqdorda bo’ladi. Yuqoridagi
(9) podshipnik ustida salnik o‘matiladi. Gidravlik o‘qiy kuchlarni va nasos rotori
(aylanadigan detallari) massasini elektr dvigatelning tayanch qismlari qabul qiladi.
Nasos ishchi g'ildiragi kuraklari soni 2 tadan 6 tagacha bo’lib, 1 ishchi g‘ildirak va
2 ish bo’linmasi orasidagi tirqish uning diametridan 0,1 % miqdorda qabul qilinadi,
ya’ni D=1 m bo’lganda, S=1 mm ga teng bo’ladi. ОП turdagi nasoslar ishchi g
‘ildiragi kuraklarini burish mexanizmiga ega bo’ladi (1, d-rasm). Ishchi g’ildiragi
diametri D=1100 mm gacha nasoslar elektr uzatma, D=1850...2600 mm gacha
nasoslar - elektrogidravlik uzatma va D=1450 mm li nasoslar har ikki turdagi
uzatmalar bilan jihozlangan bo’lishi munikin. Nasoslarning belgilariga ulaming
tuzilishi va foydalanish shartlarini ko‘rsatuvchi harflar kiritilishi mumkin. Masalan,
ОП2-110Е-УЗ, ОП2-110МКЭ, ОП10-Т85ЭГ, ОП5-87МБК belgili nasoslarda 2,
10, 5 - nasos andozasi tartibi, 110,185,87-ishchi g‘ildiragi diametri (sm), Э-
kuraklari elektr uzatma yordamida buriladi, ЭГ-kuraklari elektrogidravlik uzatma
yordamida
buriladi,
K-suv
≪kamera≫
ko'rinishida
keltiriladi,
M-
≪malogabaritniy≫ (ruscha so‘zdan olingan), МБ-monoblokli, y-iqlimga moslab
tayyorlangan, 3-joylashtirish toifasi.Nasosning vali, ish bo'linmasi, gubchak,
uzatkich, burilish qismi, ishchi g‘ildirak kuraklari-po’lat, diffuzor va to‘g‘rilovchi
moslamacho'yan, podshipniklarni sipralma qismi-rezina qoplangan po‘lat
materialdan tayyorlanadi.
700>700>