5-AMALIY MASHG’ULOT
Nazariyma`lumotlar
O`ziga yutib oluvchi moddalarga, adsorbent (sorbent) deyiladi.
Adsorbsiya-suvdagi qo`shilmalarni qattiq jismlar (adsorbentlar) sirtiga yoki g’ovak hajmlarida yutib olish jarayonidir. Sanoatda adsorbentlar sifatida ko`mir va torf zarrachalardan, qum zarrachalaridan, minerallardan tabiiy va sintetik seolitlardan, polimer plyonkalari va kukunlaridan, sintetik sorbentlardan va boshqa moddalardan keng qo`llaniladi.
Adsorbentlar bir qator standart ko`rsatkichlar bilan baholanadi: yeyilishga va siqilishga mustahkamligi, umumiy g’ovakligi, yutish (sorbsion) sig’imi va qayta ishlanuvchanligi (ya`ni, dastlabki xossalarini qayta tiklash imkoniyatlari) bilan baholanadi.
Materialning asosiy sorbsion xossalari va moddalarning unga adsorbsiyalanish xarekteri to`g’risida adsorbsiya izotermalari ma`lumot berishi mumkin, ya`ni adsorbsiyalangan modda miqdori A [mg/g, mol’/g] ning sistemadagi konsentrasiyasi C [mg/l, mol’/l] ga bog’liqlik grafigi beradi (1-rasm).
1-rasm. Organikmoddalarningfaollashtirilganko`mirgaadsorbsiyalanishizotermasi.
UshbuizotermaFreyndlix empiriktenglamasiorqalitavsiflanadi:
bu yerdaA- adsorbsiyalanganmoddamassasiningadsorbentmassasiganisbati, mg/g, mmol/g
Cp-muvozanatkontsentrasiya, mg/l, mmol/l
Kva n- o`zgarmaskattaliklar.
Tozalash inshootlar (absorberlar) ni hisoblash va adsorbentlarni tanlab olish uchun amaliyotda, odatda, quyidagi usullardan olinadigan tajriba natijalardan qo`llaniladi.
Ishnibajarishtartibi
A-variant.Faollashtirilganko`mirgaorganikkislotalarningadsorbsiyalanishini aniqlash.
Reaktivlar va materiallar: tarkibida organik kislotalar saqlangan oqova suv namunalari, fenolftaleinning spirtli eritmasi, 0,1n NaOH eritmasi, faollashtirilgan ko`mir, filtr qog’ozi.
Dostları ilə paylaş: |