Oqsillarning burilishida ribosomaning ahamiyati. Reja: О


Оddiy oqsillar eruvchanligiga ko’ra quyidagi guruppalarga bo’linadi



Yüklə 126,96 Kb.
səhifə6/9
tarix10.03.2023
ölçüsü126,96 Kb.
#87232
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Oqsillarning burilishida ribosomaning ahamiyati.

Оddiy oqsillar eruvchanligiga ko’ra quyidagi guruppalarga bo’linadi:
Albuminlar suvda eruvchi oqsillar bo’lib, qizdirilganda cho’kmaga tushadi. Ular barcha hujayralar tarkibida uchraydigan eng ko’p tarqalgan oqsillardir Eritma ammoniy sulfat to’yingan eritmasi bilan to’yintirilganda cho’kmaga tushadi. Bunday oqsillar boshoqlilar, dukkaklilar unidan, sut, go’sht, tuхum, zardob va boshqa biomateriallardan ajratib olinadi.
Globulinlar tuzlarning 10% li eritmalarida eriydi, hujayra va to’qimalar tarkibida doim albuminlar bilan birgalikda uchraydi, suvda erimaydi, qizdirilganda koagulyatsiyalanadi, suyultirilgan tuz eritmalarida eriydi, tuz kontsentratsiyasi ortishi bilan darhol cho’kmaga tushadi.
Glyutelinlar kuchsiz ishqoriy muhitda eruvchi oqsillar bo’lib, neytral erituvchilarda erimaydi, ammo suyultirilgan ishqorlar va kislotalarda eriydi. Ular donlar (bug’doy, arpa, qora bug’doy, sholi va boshqalar) tarkibida uchraydi. Guruchdan olinadigan orizenin, bug’doydan olinadigan glyutenin shu gruppaga kiradi.
Prolaiminlar va gliadinlar, bular 70—80% etil spirtida eruvchi oqsillar bo’lib, suvda, tuz eritmalarida va mutloq spirtlarda erimaydi. Ularning asosiy vakili – gliadin bug’doy donining endospermasida uchraydi. Prolaminlar qatoriga yana arpa tarkibidagi gordein va makkajuhori doni tarkibidagi zein oqsillari kiradi. Ular tarkibida nisbatan ko’p miqdorda prolin aminokislotasi bo’ladi.
Gistonlar suvda eriydi, lekin suyultirilgan ammiakda erimaydi. Boshqa oqsillar eritmasi gistonlarni cho’ktiradi. Ular qizdirilganda paydo bo’lgan cho’kmalar suyultirilgan kislotalarda eriydi. Gistonlar kuchsiz ishqor tabiatiga ega ekanligi bilan boshqa oqsillardan keskin farq qiladi.
Bu hususiyat gistonlar tarkibida diaminomonokarbon ribosomaning haddan tashqari ko’p ekanligini bilidiradi. Ularning izoelektirik no’qtalari ham ishqoriy muhitga to’g’ri keladi.

Yüklə 126,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin