O'quv adabiyoti m. D. Ahmedova, X. A. Abduqodirov, sh sh. Shovahobov, M. T. Karimova, S. T. Inomova



Yüklə 0,72 Mb.
səhifə23/31
tarix28.03.2017
ölçüsü0,72 Mb.
#12670
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31

KO'K YO'TAL

Ko'k yo'tal - bosqichli kechadigan, biroz intoksikatsiya hamda spazmatik yo'tal hurujlari bilan namoyon bo'luvchi o'tkir yuqimli kasallik.



Etiolagiyasi. Kasallikni qo'zg'atuvchisi – Brdetella bertussis mayda grammanfiy, harakatsiz, sport hosil qilmaydi, kapsulasi bor, yaxshi bo'yaladi. Borde-Jangu ozuqasida yaxshi o'sadi. 12 xil antigin aniqlangan, faqat endotoksin ajratadi. Bakteriya tashqi muxitda juda chidamsiz 56 S qizdirilganda 10-15 min, kuyosh nuri tahsirida bir necha daqiqada nobud bo'ladi.

Epidemiologiyasi. Kasalik manbai bemor odam, u kasallikning 1 kunidan boshlab, to 4-b-xaftasigacha atrofdagilar uchun xavflidir. Ayniqsa kasallikning yengil va noaniq tularini o'tkazayotgan bemorlar, shuningdek, kam bo'lsada, bakteriya tashib yuruvchi bolalar epidemiologik jixatdan xavflidirlar.

Kasallik asosan havo-tomchi yo'li bilan yuqadi. Sog'lom bola, yo'talayotgan bemor bilan yaqin muloqotda bo'lgan taqdirdagina yuqish sodir bo'ladi. Ko'k yo'talga moyillik yuqori (kontagiozlik indeksi 0.7-0.75).

Ko'k yo'tal bilan asosan 1-5 yoshdagi bolalar kasallanish, 0.3-0.9 % kattalarda ham kuzatilishi mumkin.

Kasallikdan keyingi immunitet umrbod saqlanadi, qayta kasallanish faqat 1% hollarda bo'lishi mumkin.

Ko'k yo'talga qarshi aktiv immunizatsiya qilish boshlangandan (1956-1959 y) keyin kassalanish keskin kamaydi.

Klinikasi. Yashirin davri 3-15 kun, o'rtacha 5-8 kun. Kasallikning kichishida: kataral, spazmatik va tuzalish bosqichlari farqlanadi.

Kataral davri- quruq yo'tal, ba'zan tana hroratining biroz ko'tarilishi hamda yuqori nafas yo'llarida biroz kataral belgilar bilan namoyon bo'ladi. Keyinchalik yo'tal kundan-kunga zo'rayib boradi va kasallikning 10-12-kunlariga kelib, spazmatik davri boshlanadi. Bunda bola vaqti-vaqti bilan qisqa-qisqa biroq tez-tez va ustma-ust yo'taladi va ohirida talvasanib chuqur shovqinli nafas oladi (repriz) yo'tal paytida yopishqoq balg'am ajraladi va ba'zan bola qusadi.

Kasallik og'ir kechganida bunday spazmatik yo'tal xurujlari tez-tez takrorlanib turadi, bola qiynalib, tilini og'izdan chiqarib yo'taladi, huruj ohirida nafasi ichiga tushib ketadi, ya'ni qisqa muddatga nafas to'xtab qolib, bemor ko'karib ketadi. So'ngra xushtaksimon shovqin bilan chuqur nafas oladi va nafasi tiklanadi. Hurujlar oralig'ida bolalar o'zlarini yaxshi his qilsalarda, huruj takrorlanishidan juda qo'rqib qoladilar. Bemorning yuzi va qovoqlari kerikkan, bazan terisiga va ko'z sklerasiga qon quyilgan bo'ladi. Yo'talganda tilni chiqaraverishi oqibatida tishi bor bolalarda til osti yaralanadi va bu yara oq karash bilan qoplangan bo'ladi.

Periferik konda-leykotsatoz. ECHT esa ortmagan, ba'zan hatto sekinlashgan bo'ladi.

Spazmatik davri 2-8 hafta, bazan ortiqroq davom etadi. Tuzalish bosqichida hurujlar kundan-kunga kuchsizlanib va kamayib boradi va bola sog'ayib ketadi.

Kasallik odatdagi yengil, o'rta-og'irlikda va og'ir kechadigan hollari bilan bir qatorda noaniq va abortiv turlari ham kuzatiladi. Bunda yo'tal juda kuchsiz, kam yoki onda-sonda bo'lib, spazmatik bosqichga yetmasdan to'lib qoladi.

Kichik yoshdagi bolalarda kasallik ko'pincha pnevmoniya yoki nerv sitemasining jarohatlanishi (ensefalopatiya) bilan asoratlanadi. Pnevmoniya odatda mayda o'choqli bo'lib, uzoq davom etadi yoki huruji so'ngida nafas to'xtab qolgandan keyin to'satdan bola xushini yo'qotishi va unda tutqanoqsimon talvasi bo'lishi bilan namoyon bo'ladi. Ko'k yo'talda nerv sistemasini jarohatlanishi tufayli bo'ladigan asoratlar ko'proq bosh miya nervlarining parezi bilan bog'liq bo'lib, hatto karlik, soqovlik, ko'zi ojizlikgacha olib kelishi mumkin.

Hozirda ko'k yo'talga qarshi emlash o'tkazilayotganliga tufayli kasallik ko'pincha yengil o'tib, o'lim juda kam kuzatilmoqda. O'lim asosan o'pka yoki nerv sistemasi tomonidan bo'ladigan og'ir asoratlar tufayligina bo'lishi mumkin.

Tashxisi. Kasallikning boshlangich — kataral bosqichida va ayniqsa yengil, noaniq kechganida aniqlash ancha qiyin. Bunda bemorni ko'k yo'talli, yoki uzoq vaqt yo'talib yurgan shahslar bilan muloqotda bo'lganligi, kasallik belgilarini asta-sekin rivojlanib borishi, isitma va intoksikatsiya belgalari yo'qliga, tumov belgilari unchalik oshkor bo'lmagani holda yo'talning kundan-kunga zo'rayib hamda leykotsitoz ortib boriyotganligini hisobga olish kerak.

Kasallik tashxisi, qo'zg'atuvchisi aniqlash, ya'ni bakteriolagik usul bilan uzul-kesil hal etiladi. Bu maqsadda "yo'tal plastinkasi" yoki pastali tampon usullaridan foydalaniladi. Flyuoressensiyalanuvchi antitelolarni aniqlash usulidan foydalanish barvaqt tashxis qo'yish imkoning beradi. Bularga qo'shimcha ravishda o'pkani rentgenologik tekshirish va kasallikni keyingi bosqichlarida serologik tekshiruvlar (komplement biriktirish, bilvosita gemaglyutinatsiya va agglyuginatsiya reaksiyalari) dan foydalanishi mumkin.



Davolash. Ko'k yo'talni davolashda bolaning doimiy toza havoda bo'lishi, yo'tal qo'zg'otishi mumkin bo'lgan noxush omillardan saqlanishi ko'p uhlashi va to'g'ri ovqatlanishini ta'minlash juda katta ahamiyatga ega. Bolani ko'proq kiziqarli o'yin, yoki mashg'ulotlar bilan band bo'lishi yo'tal hurujlarini ancha kamaytiradi.

Bevosita kasallik qo'zratuvchisiga qarshi ishlatiladigan antibiotik dorilar (ampitsillin, streptomitsin, levomitsetin va boshqalar) xastalikning boshlang'ich davrida yaxshi samara beradi. Bu dorilar odatdagi dozada 8-15 kun davomida beriladi. Ko'k yo'talga qarshi spetsifik immunoglobulinni 3 ml dan 1-2 kun oralatib 3-4 marta yuborish xam yaxshi natija beradi. Kasallik og'ir kechganida yo'tal hurujlari, qusish, talvasa kuchli bo'lib, bemorning uyqusi buzilganda aminazin, yoki propazin singari dorilar qo'llanadi. Asoratlar oldini olish bilan birga, ular rivojlangan taqdirda darhol davolash choralarini ko'rish kerak. Kasallik cho'zilgan taqdirda, ayniqsa quvvatsiz bolalarda albatta umumiy quvvatlantiruvchi parhyez va dorilar qo'llanmog'i zarur.



Oldini olish. Tashxisi aniqlangan, yoki ko'k yo'talga shubha qilingan bemor darhol alohidalanadi. U bilan muloqotda bo'lgan bolalar 14 kungacha tibbiy kuzatuv ostida bo'ladilar. Kasallik aniqlangan bolalar muassasalarida kichik yoshdaga bolalar uchun alohida karantinlangan guruhlar tashkil etiladi. Bemor bilan muloqotda bo'lgan 6 oylikgacha bolalarga gammaglobulin yuboriladi.

Ko'k yo'talga qarshi spetsifik emlash O'zbekistonda qabul qilingan taqvimiy rejaga ko'ra AKDS (adsorbirlangan ko'k yo'tal, difteriya, qoqshol vaksinasi) bilan o'tkaziladi. Bunday vaksinatsiya 70-90% bolalarda samara beradi.

Bemor kasallik boshlangan kunidan 30 kun davomida alohidalanadi. Kasallik o'chog'ida dezinfeksiya ishlari o'tkazilmaydi, faqat xonalarni tez-tez shamollatib, ho'l latta bilan artib turiladi.


Yüklə 0,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin