2.3.3..Er ishlarini suv yordamida bajarish Suv yordamida gruntni qazish, tashish va to’kish ishlarini bajarish mumkin.
Suv yordamida er ishlarini bajarishning afzalligi quyidagilar:
1. Qurilmaning soddaligi.
2. Ish unumdorligining yuqoriligi.
3. Gruntni suv ostidan qaza olishi.
Asosiy kamchiliklari 1. Ko’p miqdorda suv talab qilishi.
2. Grunt sharoitining qisman chegaralanganligi, ya’ni bu usul asosan bog’lanmagan va kam bog’langan gruntlarda ishlatilishi.
3. Ko’p miqdorda suv sarf qilish (1m3 gruntga 10m3 atirofida).
4. Kam hajmli ishlarda bu usulni ishlatishning murakkabligi.
Bu usul yordamida quyidagi ishlarni bajariladi.
1. Havzalar va kanallarda gruntni qazib to’kmaga to’kish.
2. Kanallarda gruntni qazib inshoot qurilishi uchun to’kish (to’g’on, damba).
3. Kanallarni va tindirgichni tozalash.
4. Tog’ va daryo o’zani sharoitda qum va shag’allarni qazish, tashish va joylashtirish kabi ishlar.
1-rasm Gidromexanizatsiya usuli bilan er ishlarini bajarishning texnologik sxemasi: a-gidromonitor usuli; b-suv ostidan qazish; 1-gruntni to’kish; 2-daryo; 3-nasos; 4-bosimli quvur; 5-elektr tarmog’i; 6-gidromonitor; 7-kon; 8-aralashmani yig’ish kanali; 9-qazilma; 10-grunt surgich qurilmasi; 11-quvur; 12-taqsimlash quvuri; 13-tashlama quduqlar; 14- zemsnaryad; 15-suzib yuruvchi quvur; 16-magistral quvur.
Yer ishlarini suv yordamida bajarishni qo’llash mumkinligi birinchi navbatda
iqtisodiy ko’rsatkichiga so’ng suvning mavjudligiga va gruntning xossasiga
bog’liq. Bu usul va vositani tanlashda yuqorida ko’rsatilgandan tashqari gruntning
bir tarkiblik (E = d60/d10) ko’rsatkichini hisobga olish kerak.
2-rasm. Gruntni gidromonitor yordamida qazish sxemasi.
Gruntning yo’naltirilgan bosimi (15kg. k/sm2 gacha), o’rtacha bosimli (15-50 atm)
va yuqori bosimli (50 atm. dan ko’p) bo’ladi.
Suv chiqarish teshigining diametri 30-140mm, va masofadan boshqariladigan
20(50) atm bosimli va chiqarish teshigi 26-220 mm bo’ladi.
Gruntni yuvish uchun suvning tezligi:
Qum uchun 10-12m/s, soz va uchirindi tuproq uchun 12-20m/s, bo’z tuproq 18-
25m/s, loy(glina) – 25-35m/s bo’ladi.
Gidromonitorda uchlikdan bo’ladigan suvning otilish tezligi
Yer ishlarini suv yordamida bajarishni qo’llash mumkinligi birinchi navbatda
iqtisodiy ko’rsatkichiga so’ng suvning mavjudligiga va gruntning xossasiga
bog’liq. Bu usul va vositani tanlashda yuqorida ko’rsatilgandan tashqari gruntning
bir tarkiblik (E = d60/d10) ko’rsatkichini hisobga olish kerak.