Chala qovurilgan un. Chala qovurilgan un tayyorlanish usuliga ko’ra,
quruqlayin va yog’da qovurilgan, rangiga qarab qizartirlb va oq rangda
qovurilgan unga ajratiladi. Qizdirmasdan qovurish sovuqlayin chala qovurish deb ataladi. Qaylalar tayyorlash uchun 1-navdan past bo’lmagan un ishlatiladi.
Qizartirib chala qovurish ikki usulda bajariladi: yog’ bilan va yog’siz. Qurug’layin qizartirib chala qovurish uchun un elanib, tunuka tovaga yoki oddiy tovaga solinadi (3-5 sm qalinlikda) va uzluksiz aralashtirib turgan holda 150°C haroratda qizil-jigarrangga kirguncha qizdiriladi. Chala qovurilgan un osongma sochiladi va hidi qizdirilgan yong’oqnikiga оxshaydi. Un plita yuzasida yoki qovurish javonida qizdiriladi.Un yog’och kurakcha bilan aralashtiriladi. Quruqlayin qizartirib qovurilgan undan qizil qaylalar tayyorlash uchun foydalaniladi.
Unni ovqatbop yog’lar, margarinlar yoki sariyog’ bilan qizartirib chala qovurish mumkin. Buning uchun tagi qalin idishda yog’ eritilib, un qo’shiladi. U о’sha haroratda jigarrangga kirguncha qovuriladi. Tayyor bo’lgan, yog’da qovurilgan un osongina sochilib ketishi kerak. Bu usulda qovurilgan un qizil vajular tayyorlash uchun ishlatilatiladi, ammo quruqlayin qovurilgan unga qaraganda kam hollarda tayyorlanadi.
Unni oq rangli qilib chala qovurish ham yog’ bilan va yog’siz bajariladi. Idishda sariyog’ eritilib, elangan un to’xtovsiz aralashtirib turgan holda qo’shiladi va 120°C harotatda och sariq tusga kirguncha qizdiriladi. Ayrim hollarda bu ish quruqlayin yog’siz amalga oshiriladi. Bunda ham un qizartirib chala qovurish singari , ammo och sariq rаngli bo’lguncha qovuriladi. Chala qovurilgan un yaxshi sochilishi lozim.
Quruqlayin chala qovurilgan unni sovitgan holda 24 soat saqlash mumkin. Qizartirmasdan (oq) chala qovurilgan un oq qaylalar va ularning hosilalarini, sut va smetana vajularini tayyorlash uchun ishlatiladi.
Sovuq usulda (sovuqlayin) chala qovurish. Qaylalarni tez tayyorlash uchun elangan un sariyog’ bo’laklari bilan aralashtirilib quyuq-suyuqligi jihatidan bir xil bo’lgan moyli bo’lак hosil qilinadi. Un kam miqdorda (porsiyalab) chala qovuriladi.