14-mavzu. Sifat so‘z turkumining leksik-grammatik xususiyatlari
(2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
Sifatning umumiy grammatik xususiyatlari. Sifat so‘z turkumining yasalishi. Sifatning lug‘aviy-grammatik guruhlari, asliy va nisbiy sifatlar. Sifat darajalari. Sifatlarning otlashuvi.
15-mavzu. Son so‘z turkumi va uning turlari
(2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
Son kategoriyasi va uning shakllari. Son kategoriyasi va shakllarining umumiy grammatik ma’nosi. Son so‘z turkumining turlari. Sonlarning tuzilish jihatdan turlari. Sonnig otlashuvi. Hisob so‘zlar.
16-mavzu. Olmosh so‘z turkumi va uning turlarilari
(2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
Olmoshning o‘ziga xos ishoraviy tabiati, o‘ziga xos grammatik xususiyatlari. Olmoshning ma’no turlari. Olmoshning tuzilish jihatdan turlari. Olmoshlarning matndagi o‘rni, sintaktik imkoniyatlari.
17-mavzu. Fe’l so‘z turkumining grammatik kategoriyalari va funktsional shakllari(4 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
Fe’lning mustaqil so‘z turkumi sifatidagi umumiy grammatik xususiyatlari. Fe’lning yasalishi. Fe’lning umumiy grammatik ma’nosi, lug‘aviy-grammatik guruhlari, o‘timli va o‘timsiz fe’llar, tuslangan va tuslanmagan ko‘rinishlari, tuzilish turlari, to‘liqsiz fe’llar, nisbat va mayl kategoriyasi, fe’l zamonlari, bo‘lishli-bo‘lishsiz fe’llar, fe’l shakllari: sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi va h. To‘liq va to‘liqsiz fe’l. Ko‘makchi fe’l.
18-mavzu. Ravish so‘z turkumi va uning leksik-grammatik xususiyatlari
(2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
Ravishning o‘ziga xos grammatik xususiyatlari. O‘zgarmaslik ravishning grammatik belgisi sifatida, ravishning lug‘aviy-grammatik guruhlari. Ravishning yasalishi. Ravishda daraja.
19-mavzu. Yordamchi so‘z turkumi va ularning grammatik-funktsional xususiyatlari (2 soat ma’ruza, 2 soat laboratoriya ishi)
Yordamchi so‘zlar: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama. Ko‘makchi, uning o‘rganilish tarixi, xususiyatlari, tiplari va turlari. Bog‘lovchi, uning o‘rganilish tarixi, xususiyatlari, tiplari va turlari. Yuklama, uning o‘rganilish tarixi, xususiyatlari, tiplari va turlari.
Dostları ilə paylaş: |