O'quv dasturi. Mavzu: Bilish jarayonlari Psixodiagnostikasi Bajardi: Ahmedov. J tekshirdi: Atabayeva. N bilish jarayonlari psixodiagnostikasi


«Esda qoldirish jarayonining dinamik xususiyatlari»



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə12/22
tarix15.10.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#156023
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi Reja

«Esda qoldirish jarayonining dinamik xususiyatlari»

Bolaga 10 ta so‘zdan tarkib topgan qator bir necha marta qaytarish orqali eslab qolish uchun tavsiya etiladi.


Har bir takrorlashdan so‘ng, bola tomonidan eslab qolingan so‘zlar soni aniqlanadi.
Quyidagi so‘zlar qatorining birortasidan foydalaniladi:
1. Uy, parta, oq, yaxshi, nok, bo‘r, kuchli, piyola, sham, stol.
2. Mushuk, ruchka, qizil, yomon, olma, pol, kuchsiz, sanchqi, chiroq, qalam.
3. Qo‘g‘irchoq, qoshiq, qizil, mashina, baland, cho‘tka, ona, kitob, tovuq, anor.
4. It, deraza, gul, gilam, konvert, osmon, harf, uyqu, quyi, pichoq.
5. Soat, shamol, baliq, yulduz, fil, qand, qog‘oz, stul, arqon, shaftoli.


Eslatma: Bolalarning esda qoldirish dinamikasini diagnostika qilishda, maktabgacha va kichik maktab yoshidagi bolalar uchun so‘zlar qatorini shunday tuzish kerakki, birinchi so‘z ikkinchi so‘zga, ikkinchi so‘z uchinchisiga aloqador, ma'nodosh bo‘lmasligi lozim.
Bolaning eslab qolishi va qayta aytib berishi uchun tadqiqotchi so‘zlar qatorini 6 martagacha qaytarishi mumkin (undan ko‘p emas).
Har bir qaytarishdan so‘ng to‘g‘ri va xatosiz eslab qolingan
so‘zlarni belgilab borib, grafikda aks ettiriladi.


4-rasm.

Grafik asosida:
a) Eslab qolish dinamikasi,
b) Eslab qolish mahsuldorligi aniqlanadi.
Grafikda har bir takrorlashdan so‘ng eslab qolgan so‘zlarining soni ortib borsa – eslab qolish dinamikasi yaxshiligini bildiradi.
Agar ko‘rsatkich o‘zgarmasa, o‘rtacha darajadaligidan dalolat beradi.
Agar har bir takrorlashdan so‘ng ham eslab qolgan so‘zlar soni kamayib borsa, bu eslab qolish dinamikasining sustligini bildiradi.


Natijalar tahlili
Olingan natijalar bo‘yicha bolaning eslab qolish dinamikasi quyidagicha baholanadi: etarli darajadagi yaxshi dinamik esda qoldirish jarayoni – a'lo.
Esda qoldirish o‘rtacha dinamik jarayoni – qoniqarli.
Esda qoldirish dinamik jarayon emas – qoniqarsiz. Shuningdek, bu jarayon quyidagi ballar mezoni bo‘yicha ham baholanadi.
10 ball — bola 10 ta so‘zni xatosiz to‘g‘ri eslab qolib, ayta olgan va bunga 6 marta takrorlash shart bo‘lmagan. 8-9 ball – 6 marta takrorlashdan so‘nggina 10 ta so‘zni to‘g‘ri eslab qolsa.
6-7 ball — 6 marta takrorlashdan so‘ng 7–9 ta so‘zni esda qoldirsa.
4-5 ball – 6 marta takrorlashdan so‘ng 4–6 tagacha so‘zni eslab qolsa.
2-3 ball – 6 marta takrorlashdan so‘ng faqat 2-3 ta so‘zni eslab qolib aytsa.
0-1 ball – 6 marta takrorlashdan so‘ng ham 1 ta so‘zni eslasa umuman esda qoldira olmasa.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin