12-jadval
Bavosita eslab qolish tajribasining qarori
Eslab qolish uchun berilgan so‘zlar
|
Rasmni tanlash vaqti (soniya)
|
Rasmni tanlash motivi
|
Qayta esga tushirish
|
|
|
|
|
Turli yordamchi vositalardan foydalanib to‘g‘ri qayta esga tushirilgan so‘zlar bolada eslab qolish qobiliyatining kuchli rivojlanganligidan dalolat beradi (A.N.Leontev, 1928).
Piktogramma metodi
Bevosita eslab qolish xususiyatlarini piktogramma, ya'ni rasmli assotsiatsiyalar metodi orqali ham o‘rganish mumkin. Piktogramma eksperimental-psixologik tadqiqot usuli sifatida birinchi marta L.V.Zankov (1935) tomonidan qo‘llanilgan. Sinaluvchi aniq so‘zni rasmdagi tasvir orqali eslab qolishi kerak. Sinaluvchi so‘z va tasvir o‘rtasidagi aloqani o‘ylab topishi kerak, bu esa keyinchalik so‘zni qayta eslashiga imkon beradi.
Rasm va so‘z o‘rtasidagi assotsiativ aloqani shakllantirish jarayonida inson shunday mazmunli aloqalarni tanlaydiki, uning fikricha, bu rasmlar so‘zni eslab qolish uchun yaroqli bo‘ladi. (A.R.Luriya, 1967). Shuning uchun ham bu metodika orqali tadqiqot o‘tkazish faqatgina assotsiativ, bevosita xotira xususiyatlarinigina emas, fikrlash faoliyati xarakteri, mantiqiy tafakkurning rivojlanish darajasi haqida ham bilish imkonini beradi. (S.V.Longinova, S.Ya.Rubinshteyn, 1972, B.G.Xersonskiy, 1988).
Metodikaning mazmuni shundan iboratki, sinaluvchi aniq bir so‘zni – tushunchani eslab qolish uchun o‘zi mustaqil rasm sxema chizadi. Bu chizilgan rasm sxema keyinchalik so‘zni – tushunchani esga tushirishga yordam berishi kerak. Alohida harf so‘zlarni yozish tavsiya etilmaydi. Tajriba o‘tkazish uchun oldindan tayyorlangan toza varaq va qalam kerak bo‘ladi.
Sinaluvchiga quyidagi ko‘rsatma beriladi: «Men sizga so‘zlarni aytaman, siz ularni eslab qolish uchun kichikroq rasm chizib oling. Rasm chizish tezligi va rasmning sifati sizni xavotirlantirmasin. Asosiysi, siz keyin rasmga qarab, eslab qolgan so‘zlaringizni aytsangiz bo‘ldi».
So‘zlar ( yoki so‘z birikmalari) quyidagilar bo‘lishi mumkin:
Bayram Ko‘zi ojiz bola Taraqqiyot
Mehribon buvi Qorong‘u tun G‘amgin
Urush Og‘ir ish Hokimiyat
Qattiqqo‘l o‘qituvchi Sovqotayotgan qiz Qo‘rqinch
Qorni och odam Bemor ayol Do‘stlik
Bola qanchalik yosh bo‘lsa, topshiriqni bajarishga u shunchalik qiynaladi. Bu ularda tafakkurning aniq uslubi, mexanik xotira ustunligi, rasm chizish malakalarining etarlicha rivojlanmaganligi bilan bog‘liq. Lekin bolalar 11-12 yoshdan materialning qismlari o‘rtasida bog‘lanishlar (assotsiatsiya) o‘rnatishda ko‘rinadigan anglangan operatsiyalar asosida eslab qola boshlaydilar.
Tadqiqot mobaynida quyidagi qismlarni o‘z ichiga oladigan qaror to‘ldiriladi (13-jadval).
Dostları ilə paylaş: |