O'quv dasturi. Mavzu: Bilish jarayonlari Psixodiagnostikasi Bajardi: Ahmedov. J tekshirdi: Atabayeva. N bilish jarayonlari psixodiagnostikasi


Rivojlanish darajasi haqida xulosa



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə13/22
tarix15.10.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#156023
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22
Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi Reja

Rivojlanish darajasi haqida xulosa
8-10ball – bola maktab ta'limiga tayyor, uning esda qoldirishi Yuqori va o‘rtacha dinamiklikka ega.
4-7 ball – o‘qishga etarli darajada tayyor emas.
0-3 ball – umuman maktab ta'limiga tayyor emas.


Meyli testi yordamida ko‘rish va eshitish xotirasini o‘rganish

R.Meili testi 1961 yilda ishlab chiqilgan bo‘lib, 7–14 yoshli bolalar va kattalarning ko‘rish va eshitish xotirasini o‘rganishda foydalaniladi. Tadqiqot ikki bosqichdan iborat (6-jadval).


Birinchi bosqichda rasmda tasvirlangan predmetlarni xotirada olib qolish va ko‘rish xotirasi o‘rganiladi. Ikkinchi bosqichda tadqiqotchi o‘qib bergan so‘zlarni – predmetlarning nomlarini eshitib, esda olib qolish qobiliyati o‘rganiladi. Bu tadqiqotlar bir kunda o‘tkazilmaydi, bu esa xotiraning o‘rganilayotgan xususiyatlarini yaxshilab tahlil qilishga imkon beradi.
Tajriba o‘tkazish uchun turli predmetlar tasvirlangan 60 ta so‘zlar to‘plami – 2 - qatorda kerak bo‘ladi. Ko‘rish xotirasi o‘rganilayotganda quyidagi qo‘rsatma beriladi: «Hozir men sizga turli predmetlar tasvirlangan rasmlarni ko‘rsataman, siz ularning nomini istalgan tartibda aytasiz». Rasmlarning har biri 2 soniya ko‘rsatiladi. 10 soniya tanaffusdan so‘ng sinaluvchi predmetlarni aytadi. Eksperimentator to‘g‘ri aytilgan predmetlarni ham, rasmda yo‘q bo‘lgan qo‘shib qo‘yilgan predmetlarning nomini ham yozib boradi. Rasmlarning 2-seriyasini boshqa kuni, so‘zlar qatori bo‘yicha tajribalar ham boshqa kunlari o‘tkaziladi.
6-jadval
Meyli testi uchun qo‘zg‘atuvchi material
tadqiqot bosqichlari



1 - bosqich

2 - bosqich

Rasmlarning
1-seriyasi

Rasmlarning
2-seriyasi

So‘zlarning
1-qatori

So‘zlarning
2-qatori

no‘xat

chig‘anoq

karton

jadval

eshak

krovat

vagon

hafta

kalit

truba

dehqon

so‘m

arava

nok

pianino

qarg‘a

qo‘ng‘iroqcha

supurgi

botinka

fleshka

stol

echki

karta

ari

olcha

buket

tepalik

ko ‘zoynak

etik

tramvay

ushoq

suv

vilka

arra

pero

ovchi

baliq

stul

ko ‘mir

qo‘y

bochka

bola

olmaxon

bulut

bosh

bolg‘a

qurol

terak

bufet

shisha

yigitcha

qalam

atirgul

g‘ildirakli arava

nok

velosiped

parovoz

taroq

dasturxon

botinka

kreslo

zambarak

sho‘rva

echki

bayroq

daraxt

plash

salon

xo‘roz

olma

mushuk

sohil

qaychi

kitobcha

pichoq

burun

zontik

shlyapa

bosma qog‘oz

po‘kak

vaza

uy

sirka

mehmonxona

sigir

it

gul

sovun

divan

skameyka

mehnat

ilon

kaptar

eshik

osmon

tova

soat

piyola

gugurt

qush

qariya

daryo

siyoh

salat

ko‘zoynak

pech

qulf

raketa

chiroq

skripka

qul

nonushta

oyoq

papiros quti

daraxt

qor

pianino

ot

yong‘in

truba



Eshitish xotirasini o‘rganish bo‘yicha tadqiqot ham shunday o‘tkaziladi. Sinaluvchiga quyidagi qo‘rsatma beriladi: «Hozir sizga so‘zlar qatorini o‘qib beraman, siz esa eshitib bo‘lganingizdan so‘ng, ularni istalgan tartibda menga aytib berasiz». Tadqiqotchi tadqiqot qaroriga sinaluvchi aytgan barcha so‘zlarni – takrorlaganlarini ham, yo‘q so‘zlarni qo‘shib qo‘yganlarini ham yozib boradi. Olingan natijalar foizlarda miqdoriy o‘lchash orqali tahlil qilinishi mumkin.



Ko‘rib esda olib qolingan narsani qayta tiklash
Ko‘rish xotirasi xususiyatlarini D.Wechsler (1945) taklif etgan metodika yordamida o‘rganish mumkin. Bu metodika xotira shkalasini o‘rganish subtestlaridan biridir. Sinaluvchiga turli geometrik figuralar tasvirlangan rasmlarga qarash taklif etiladi (6-ilova). Har bir rasm sinaluvchiga 10 soniya ko‘rsatiladi. Keyin sinaluvchi toza oq qog‘ozga ko‘rgan narsasini qayta esga tushirib, chizishi kerak. Tajriba natijalarini miqdoriy tahlil qilish mumkin.
Figura A: 1) ikki kesishgan chiziq va ikki bayroq – 1 ball; 2) to‘g‘ri joylashtirilgan bayroq – 1 ball; chiziqlar kesishganda to‘g‘ri burchak – 1 ball. Eng Yuqori baho – 3 ball.
Figura B: 1) katta kvadrat ikkita diametri bilan – 1 ball; 2) katta kvadrat 4 kichik kvadrat – 1 ball; 3) ichki diametr barcha ichki kvadratlar bilan – 1 ball; 4) kvadratchalardagi 4 ta nuqta – 1 ball; 5) aniq taqsimlanganlik – 1 ball. Sinaluvchi olishi mumkin bo‘lgan eng Yuqori baho – 5 ball.
Figura V: 1) ochiq to‘g‘ri to‘rtburchak – 1 ball; 2) markaz va o‘ng chap tomon to‘g‘ri esga tushirilgan – 1 ball; 3) bir noto‘g‘ri chizilgan qismni hisobga olmaganda, figura umuman to‘g‘ri – 1 ball; 4) figura to‘g‘ri esga tushirilgan – 1 ball; eng Yuqori baho – 3 ball.
Figura G: 1) katta to‘g‘riburchak ichida kichik to‘g‘riburchak – 1 ball; 2) ichki to‘g‘riburchakning hamma uchlari tashqi to‘g‘riburchak uchlari bilan birlashtirilgan – 1 ball; 3) kichik to‘g‘riburchak katta to‘g‘riburchakda aniq joylashtirilgan – 1 ball; eng Yuqori baho – 3 ball. Eng Yuqori natija – 14 ball.
Bu metodikadan maktabgacha ta'lim muassasalarining katta va tayyorlov guruhi bolalarini hamda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tekshirishda foydalanish mumkin. Bu topshiriqlarni bajarganlaridan so‘ng bolalarning nafaqat geometrik figuralarni xotirada olib qolish va uni esga tushirish qobiliyatlari haqidagina emas, balki xotira bo‘yicha rasm chizish malakalarining shakllanganligi, sensomotor faoliyat holati haqida ham bilib olish mumkin.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin