O'quv dasturi. Mavzu: Bilish jarayonlari Psixodiagnostikasi Bajardi: Ahmedov. J tekshirdi: Atabayeva. N bilish jarayonlari psixodiagnostikasi



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə10/22
tarix15.10.2023
ölçüsü0,82 Mb.
#156023
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22
Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi Reja

Natijalarni baholash.
10 ball 8 yoki undan Yuqori birlikdan iborat qisqa muddatli xotira hajmiga ega bo‘lsa, bu hol 10–12 yoshli bolalarga tegishlidir.
Shunday 10 ballni qisqa muddatli xotirasi 7-8 birlikni tashkil etgan 6–9 yoshli bolalar ham qo‘lga kiritadilar.
8 ballni 6–9 yoshli bolalar 5-6 ta birlikni eslab qolsalar qo‘lga kiritadilar.
10–12 yoshli o‘quvchilar esa, qisqa muddatli xotira hajmida 6-7 birlikni esda qoldirishlari kerak.
6–9 yosh bo‘lgan, qisqa muddatli xotira hajmi, 3–4 birlikni tashkil etgan o‘quvchilar 4 ball oladilar. Shuncha ballni yoshi 10–12 da bo‘lgan, qisqa muddatli xotira hajmi 4-5 birlikni tashkil etgan o‘quvchilar ham oladi.
2 ball 6–9 yoshli bolalarga, agarda ularning qisqa muddatli xotira hajmi 1-2 birlikdan iborat bo‘lsa beriladi. Shuncha ballga yoshlari 11-12 da bo‘lgan bolalar qisqa muddatli xotira hajmi 2-3 birlikdan iborat bo‘lsa, ega bo‘ladilar.
0 ball bilan 6–9 yoshli, ko‘rsatkichlari nolga teng bo‘lgan bolalar baholanadi. Shu ball 10–12 yoshli qisqa muddatli xotira hajmining 0-1 birligiga ega bo‘lgan bolalarga beriladi.
Rivojlanish darajasi haqida xulosalar
6–7 yoshli bolalarning qisqa muddatli xotirasi hajmining baholari asosida maktabda o‘qishi uchun tayyorligi haqida xulosalar quyidagicha chiqariladi:
Maktab ta'limi uchun to‘liq tayyorlangan va qisqa muddatli xotirasi hajmi yaxshi rivojlangan deb, 10 ball to‘plagan bolalar qabul qilinadi.
Maktab ta'limi uchun umumiy tayyorlangan va qisqa muddatli xotira hajmi o‘rtacha rivojlangan deb 8 ball to‘plagan bolalar tan olinadi.
Qisqa muddatli xotira hajmi 4 balli bolalar o‘qitish uchun to‘liqsiz tayyorlangan deb hisoblanadilar.
Qisqa muddatli xotira hajmi 2 balli bo‘lgan bolalar maktab ta'limi uchun tayyor emas, deb xulosa chiqariladi.
Va nihoyat, qisqa muddatli xotira hajmi 0 ga teng bo‘lgan bolalar umuman maktabda o‘qitishga tayyor emas deb hisoblanadi.


«Eshitish xotirasini baholash»
Bu xotira turini aniqlash uchun bolaga 1 sekund oralig‘ida 4 ta so‘zlar to‘plami ketma-ket o‘qib beriladi.
I. Oy, daraxt, sakramoq, sariq, qo‘g‘irchoq, sumka;
II. Gilam, stakan, suzmoq, og‘ir, kitob, olma;
III. Divan, hazillashmoq, palto, telefon, sanchqi, dovYurak;
IV.Maktab, odam, uxlamoq, qizil, daftar, gul.
Shu so‘zlar to‘plamini eshitib bo‘lgandan so‘ng, sinaluvchiga taxminan sekund o‘tgach, keyingi 36 ta so‘zlar to‘plami shoshilmay, har bir so‘z 1 sekunddan oraliq bilan o‘qib eshittiriladi.
Stakan, maktab, sanchqi, tugma, gilam, oy, stul, odam, divan, sigir, televizor, daraxt, qush, uxlamoq, dovYurak, hazillashmoq, qizil, oqqush, surat, o‘g‘ri, suzmoq, to‘p, sariq, sakramoq, daftar, palto, kitob, gul, telefon, olma, qo‘g‘irchoq, sumka, ot, etmoq, fil, uy.
Bu 36 ta so‘z to‘plami tasodifiy ketma-ketlikda barcha qatordagi so‘zlardan iborat.Har bir to‘plamdagi so‘zlarni farqlash uchun ular turli chiziqlar bilan belgilanadi.
1-to‘plamdagi so‘zlar tagiga 1 ta to‘g‘ri chiziq chizilgan; 2-so‘zlar to‘plamiga 2 ta to‘g‘ri chiziq chizilgan; 3-so‘zlar to‘plamiga bitta uzun chiziq va oxirgi 4-so‘zlar to‘plamiga ikki qator uzun chiziq chizilgan.
Bola eshitgan 36 ta so‘z ichida qisqa to‘plamdagi so‘zlar bor yo‘qligini topib, bor bo‘lsa «ha», bo‘lmasa «yo‘q» deb javob berish kerak. Katta to‘plamdagi so‘zlardan kichik to‘plamni topishi uchun bolaga 5 sekund vaqt beriladi. Agar farqlay olmasa, tadqiqotchi keyingi so‘zga o‘tib ketadi.
Baholash natijalari
Tezkor eshitish xotirasi ko‘rsatkichi katta to‘plamdan 6 ta so‘zni topishi uchun ketgan o‘rtacha vaqtga qarab aniqlanadi. O‘rtacha vaqtni topish uchun bola topshiriqni bajarishga sarflagan umumiy vaqt 4 ga bo‘linadi.
O‘rtacha vaqtni xatolar soniga bo‘lib, 1 qo‘shilsa, operativ eshitish xotirasi hajmi aniqlanadi. Noto‘g‘ri topilgan topa olinmagan so‘zlar xato hisoblanadi.



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin